• Kalit so’zlar
  • FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO’YXATI
  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika fanini o’quvchilarga samarali o’qitishda axborot texnologiyalarining ahamiyati




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana26.04.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #53832
    Bog'liq
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika fanini o’quvchilarg
    1-maruza, Fizika fanidan mustaqil ish, 274617, конституционная реформа, Fe’llardagi nisbat kategoriyasi


    194
    UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKA FANINI 
    O’QUVCHILARGA SAMARALI O’QITISHDA AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 
     
    Turdiyeva Laylo Niyozovna 
    Navoiy viloyati Karmana tumani 9-maktab
    Informatika fani o’qituvchisi 
     
    Annotatsiya: 
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar ta‘lim jarayonida 
    axborot texnologiyalarning o’rni hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari haqida 
    ma‘lumotlar beriladi. 
    Kalit so’zlar: axborot kommunikatsiya texnalogiyalari, muammoli metodi, 
    tadqiqotchilik metodi.Interfaol metodlar. 
    Respublikamizdagi Umumta’lim maktablarida informatika fanini o’quvchilarga 
    samarali o’qitish,o’rgatish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirib 
    kelinmoqda.Zamonaviy fan ta‘limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va 
    rivojlantirish 
    uchun 
    tegishli 
    sharoitlami 
    yaratish 
    ta‘lim 
    mazmunini 
    takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Zamonaviy ta‘lim tizimining 
    asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va 
    rivojlanishi tex
    nik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta‘lim tizimini 
    takomillashtirishga, ta‘lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnoiogiyalarini joriy 
    etishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy 
    axborot vositalari keng joriy etilgan jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez 
    yangilanib borishi, ta‘lim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir 
    qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash vazifasini qo’ymoqda. 
    Bu vazifani amalga oshirishda o’qitishning to’rtta asosiy metodidan foydalanish 
    maqsadga muvofiqdir. Bular: 
    - tushuntirish; 
    - reproduktiv; 
    - muammoli; 
    - kreativlik. 
    Birinchi metod-
    tushuntirish illyustratsiyalash o’quvchi bilan ta‘lim tizimi 
    o’rtasida aks aloqaning mavjudligni ko’zda tutmagani bois uni kasbiy kompyuter 
    (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) dan foydalaniladigan tizimlarda qo’llash 
    befoyda. O’qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalaniladigan, reproduktiv 
    metodi o’quvchiga o’qituvchi va axborot kommimikatsiya texnologiyalari tomonidan 


    195
    xabar qilinadigan bilimlami o’zlashtirishni hamda ta‘lim oluvchining o’rganilgan 
    materialni qayta yaratish, uni o’xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid 
    faoliyatni tashkil qilishni kozda tutadi.Mazkur metodni axborot kommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalanish bilan qo’llash ta‘lim jarayonini tashkil qilish sifatini 
    jiddiy yaxshilash imkonini bersada, biroq 
    о’quv jarayonini an‘anaviy qollanadigan 
    sxemadan (axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan 
    tubdan o’zgartirishga imkon bermaydi.Bu jihatdan muammoli hamda tadqiqotchilik 
    metodlaridan foydalanish ko’proq o’zini oqlaydi. O’qitishning muammoli metodi 
    axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 
    о’quv jarayonini qandaydir muammoni 
    qo’yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid 
    imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta‘lim oluvchining bilish faolligini 
    oshirishga maksimal darajada k
    о’maklashishdan iborat. Ta‘lim jarayonida 
    olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, 
    qo’yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo’shimcha bilimlami 
    olish va tahlil ko’zda tutiladi. Bunda axborotni to’plash, tartiblashtirish, tahlil va 
    uzatishga oid ko’nikmalami egallashga alohida e‘tibor qaratiladi.O’qitishning axborot 
    kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta‘lim 
    oluvchining ma‘lum darajada ilmiy texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil 
    ijodiy faoliyatini ko’zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta‘lim faol tadqiqot
    kashfiyot va o’yin natijasi sanaladi, buning natijasida, odatda, yuqorida sanab 
    o’tilgan metodlardan foydalanilganidan ko’ra yoqimliroq va muvaffaqiyatliroq 
    boiadi.
    О’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo’yicha dastlabki tajribalar 
    hisoblash texnikasidan foydalanish ta‘lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada 
    oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal 
    qilishda o’qituvchining har bir ta‘lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini 
    ta‘minlashi, yangi kurslami yaratish va qo’yishni osonlashtirish kabi imkonyatlarni 
    berishini ko’rsatdi.Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta‘limning 
    boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta‘limning turli 
    m
    odellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek har bir ta‘lim oluvchining xatti-
    harakatlariga yakka tartibda ta‘sir qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan 
    foydalanish ta‘lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va 
    izlanuvchanlik x
    arakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Axborot kommunikatsiya 
    texnologiya vositalari o’quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida 
    ahamiyatga egadir: 

    individual 
    o’qitish 
    jarayonini 
    tashkil 
    qilishi;
    -
    o’qish jarayonini baholash, teskari aloqa bogiashi; - o’zini-o’zi nazorat qilish va 
    tuzatib borishi; - 
    o’rganilayotgan fanlami namoyish etishi va ulaming dinamik 


    196
    jarayonini ko’rsatishi; - fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz 
    kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanishi- 
    o’quvchi talabalarga 
    fanni o’zlashtirish uchun strategik ko’nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, 
    axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining amaliy tomoni ulardan 
    о’quv 
    jarayonida foydalanish va keigusida ta‘lim tizimida o’quv jarayoni uchun ma‘lumotlar 
    bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin 
    hozirlaydi.Bugungi kunda nafaqat ta‘lim tizmini balki boshqa soha tizimlarini ham 
    axborot texnalogiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ta‘lim tizmida axborot 
    texnalogiyalaridan foydalanish ta‘lim sifatini yanada oshirishga darslarni yanada 
    qiziqarli va maroqli bo‘lishiga yordam beradi. O‘z navbatida o‘quvchida bu 
    texnalogiyalar yordamida turli amallar va topshiriqlar bajarishda o‘zining yangicha 
    keri
    ativ g’oyalardan foydalanib amallar bajarishi mumkin. Yuqoridagi innovatsion va 
    interfaol metodlar orqali o’quvchilar infomatika fanini o’rganishi va tushunishi 
    ancha yaxshilanadi va amaliyotda qo’llashida yaxshi samara bera oldi. 
     
    FOYDALANILGAN ADABIY
    OTLAR RO’YXATI: 
     
    1. A.Xoliqov. -Pedagogik mahorat. -
    Т.: Iqtisod-moliya. 2010. 
    2. R.Mavlonova va boshqalar. -Pedagogika. -
    Т.: O’qituvchi, 2008. 
    3. . R.Mavlonova, N.Raxmanqulova, N.Vohidova. -Pedagogika nazariyasi va 
    tarixi. Darslik.-
    Т.: Fan va texnologiyalar. 2010. 
    4 H.T.Omonova boshqalar -Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat .
    Darslik Toshkent - 2007 
    5.. Elektron ta‘lim resurslari 
    www.Uzedu.uz 

    Download 0.55 Mb.




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika fanini o’quvchilarga samarali o’qitishda axborot texnologiyalarining ahamiyati

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish