|
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari Pdf ko'rish
|
bet | 142/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1
rivoyat, hikoya, ertak, latifalar, maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy
matnlarni, ixcham audio va video materiallarini tinglab tushuna oladi;
ularni tushunib ongli, to‘g‘ri (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi;
matnlarni qisqartirib, qayta aytib bera oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari, ularning
asarlari nomini yoza oladi;
o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi.
darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi.
A1+
matnlarning mazmunini to‘liq bayon qilib bera oladi;
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A1
o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va
o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
matndagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini hamda gaplarni tushuna
oladi.
A1+
asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.
IV bo‘lim. O‘TMISHNI O‘RGANISH – BURCHIMIZ
(12 soat, A1+: 4 soat)
48-mavzu. Toshkent. Erkiin Malikov (1 soat).
Toshkent so‘zining kelib chiqish tarixi. Shahar darvozalari. Toshkentning
savdo markazi. Undagi madrasalar. Ongli va ifodali o‘qish.
49-mavzu. Jaloliddin Manguberdi. Mirkarim Osim (1 soat).
Chingizxonning hiyla ishlatilishi. Jaloliddin lashkar to‘plashi. Dushman
ustidan g‘alaba qozonishi. Chingizxon lashkarboshilariga Jaloliddindan o‘rnak
olishga davat etishi. Vatani uchun o‘z jonini fido qilganligi. Mavzu mazmuniga oid
maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
|
| |