|
VIII bo‘lim. ULUG‘LARDAN O‘RGANMOQ – OQILLIK Pdf ko'rish
|
bet | 150/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS
VIII bo‘lim. ULUG‘LARDAN O‘RGANMOQ – OQILLIK
(16 soat, A1+: 6 soat)
89-90-mavzular. Zehni o‘tkir bola. Mirkarim Osim (2 soat).
Zehni o‘tkir Muhammad ismli bolani xorazmlik donishmand Abu Nasr ibn
Iroq o‘ziga shogirdlikka olishi. Muhammadning oilasi qashshoqlikdan qutulishi va
uni bilim olishga yo‘llashi. Mavzu mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali
o‘qish.
A1+
Mavzu. Bizning buyuk bobolarimiz (1 soat).
Har bir bola takrorlanmas bir dunyo. Ular olamida mo‘jizalar yaratishi.
Buyuk ajdodlarga o‘xshagisi kelishi. Kashfiyotlar qilgisi kelishi haqida. Mavzu
mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. Kitob o‘qish qanday yaxshi. Olqor Damin (1 soat).
Kitob o‘qigan odam aqlli, bilimdon bo‘lishi. Ko‘p o‘qigan zehni ortib,
kuchga to‘lishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
91-mavzu. Ibn Sinoning shogirdlari. Rivoyat (1 soat).
Ibn Sino og‘ir xastalanishi. Shogirdlariga vasiyati. Beshta tabibga amal
qilishi. Bular: tozalik, parhez, badantarbiya, kayfiyat va mijoz kayfiyati. Mavzu
mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat).
92-93-mavzular. Elim deb, yurtim deb yashagan inson. Bo‘riboy
Ahmedov (2 soat).
Amir Temurning bolaligi. Temurbek 7 yoshga to‘lganda bilim olishi. 9
yoshga yetganda madrasadagi bolalardan o‘zib ketishi. 12 yoshida bolalar bilan
o‘ynashni kamaytirishi. 15 yoshga kirganda ot minib, ov qilishni o‘rganishi. Bu
kasbga bog‘lanib qolishi. Atrofidagi xalqni yig‘ib, mo‘g‘ul bosqinchilari ustidan
g‘alaba qozonishi. Ongli va ifodali o‘qish.
94-mavzu. Sohibqiron Temur bobo. Rivoyat (1 soat).
Rivoyatda Temurga otasi ming oltinga bitik yozilgan qog‘ozni olib berishi.
Bu bitikka rioya qilishi. Alloma va shoir Kamol Xo‘jandiyning suhbati. Ongli va
ifodali o‘qish.
|
| |