|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 153/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS106-mavzu. Boychechak. Qo‘shiq (1 soat).
Bahordan darak beruvchi boychechakni quyosh nuridan bahramand bo‘lishi.
Bog‘, qir-adirlarga chiroy ochishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar, topishmoqlar.
Ongli va ifodali o‘qish.
107-mavzu. Bayramingiz muborak. Yusuf Shomansur (1 soat).
Onajonlar bayrami. Onalar har bir ishni mohirona, mardona bajarishi.
Dunyoda yagona ekanligi. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar.
Ongli va ifodali o‘qish.
108-mavzu. Quyoncha. Nosir Fozilov (1 soat).
Bektosh va Xoshimjon bobosiga ovqat olib borishi. Shudgor chekkasidagi
butazorga kesak otishi. Butazordan quyoncha hurkib sakrab chiqishi. Bolalar uni
bobosiga ko‘rsatishi va iniga qaytarib olib borib qo‘yishi. Mavzu mazmuniga doir
maqollar, topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Mavzu. Kim sindirdi niholni. Po‘lat Mo‘min (1 soat).
She’rda ekilgan yangi niholni kim sindirganligi. Singan nihol o‘sib, mevaga
kirishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
109-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
110-mavzu. Varrak. Yo‘ldosh Shamsharov (1 soat).
Qir-adirlarda bolalar varrak uchirishi. Rashid akasiga iltimos qilib chiroyli
varrak yasattirishi. Bu varragi bilan respublika ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni
egallashi. Ongli va ifodali o‘qish.
111-mavzu. Qaldirg‘och. Sulton Jabbor (1 soat).
Bahor kelishi bilan qaldirg‘ochlar uchib kelishi. Yaxshi odamlar mehri
uchun rizq izlab kelishi. Uyda uni asrab-avaylashlari. Mavzu mazmuniga doir
topishmov va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
112-mavzu. Navro‘z – bahor bayrami. Muzayyana Alaviya. Yurtim
|
| |