Mavzu. Tok.Tolib Yo‘ldosh (1 soat). Bola tok ekishi. Uni yaxshilab parvarishlash orqali yaxshi meva berib,
dasturxonga ko‘rk qo‘shishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish. 82-mavzu. Zamonaviy oila. Muazzam Ibrohimova (1 soat). Behruzning oilasi. Oila a’zolari kitobni sevishi. Aka-opasi chet tillarini
yaxshi bilishi. Mahallada bu oilani zamonaviy oila deyilishi. Mavzu mazmuniga
doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish. Nazorat ishi (1 soat). 83-84-mavzular. Bahs. Sunnatilla Anorboyev (2 soat). Halim, Salim va Karim bahslashishi. Karim yaylovda cho‘ponlik qilishi.
Halim hisobchi va Salim omborchi bo‘lishi. Har bir kasbning mashaqqati va
foydasi. Karimning o‘z xatosini tushunishi. Mavzu mazmuniga doir maqol,
topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish. 85-mavzu. Sovg‘a. Farhod Musajon (1 soat). Abdulaziz dadasi bilan gul ekishi. Uni parvarishlashi. O‘stirgan gulidan
Fayozaga taqdim etishi. Mavzu mazmuniga oid maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Shoir bo‘lmoqchiman. Mirza Axad (1 soat). She’rda bola yoshligidan ko‘p kitob o‘qishi. O‘zi ham kichik she’rlar yozib
turishi. Katta bo‘lganda shoir bo‘lishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
86-mavzu. Jigarlarga tilaklarim. Maqsud Shayxzoda (1 soat). Yurt farzandlarining tilaklari. Bilim olishi. Hunar va dunyoning sir-
sinoatlarini barchasini o‘rganishi. Tarbiyali va vijdonli inson bo‘lishlik. Ongli va
ifodali o‘qish.
87-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 88-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
128
“Orzular qanotida” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish,
takrorlash va umumlashtirish.