|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 146/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS68-mavzu. Yangi yil archasi. Dilfuza Komiljonova (1 soat).
Yangi yil archasi turli o‘yinchoqlar bilan bezatilishi. Qorbobo bilan bolalar
o‘yin-kulgu qilishi. She’r mazmuniga oid maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli
va ifodali o‘qish.
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Mavzu. Tarbiya. Xabibulla Qodiriy (1 soat).
Yozuvchi otasi Qodiriy farzandining kitob o‘qishiga va pulni to‘g‘ri
sarflashga e’tibori haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
69-mavzu. Ayamajiz. Qudrat Hikmat (1 soat).
Ayamajiz qishning oxirgi haftasi ekanligi. Anhorlarda muz, tarnovlarda
sumalaklar chirsillashi. Sovuqlikni huddi yalmog‘iz kampirga qiyoslanishi. She’r
mazmuniga doir topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
70-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
71-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
“Kumush qish” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash
va umumlashtirish.
Nazorat ishi (1 soat).
A1+
Mavzu. Yangi yil archasi. Erkin Vohidov ( 1 soat).
Yangi yil kelishi bilan archa bezatilishi. O‘rmondan ko‘m-ko‘k archaning
maktabga keltirilishi. Archaga turli o‘yinchoqlar osilishi. Kelinchakdek bezangani
ko‘rsatilganligi. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. To‘g‘rining ko‘ngli to‘q. Hikoya (1 soat).
Hikoyada egrilikning yomon odatlari va to‘g‘rilikni yaxshi xislatlari haqida
gapirilganligi ikki sichqon timsolida tasvirlanishi. Ongli va ifodali o‘qish
mashqlari. Mavzu mazmuniga doir maqollar.
VI bo‘lim. VATAN HIMOYACHILARI
(6 soat, A1+: 2 soat)
72-mavzu. O‘zbekiston posbonlari. Mirazim A’zam (1 soat).
Uch bola harbiy bo‘lishi. Qurolli kuchlar. Vatanni himoya qilishi va
tinchlikni saqlashligi. Mavzu mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. Ongli va
ifodali o‘qish.
|
| |