|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 177/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTSMavzu. Sarupo. Erkin Malik ( 1 soat).
Odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibat boshga og‘ir kulfatlar tushganda, ayniqsa,
sezilishi. Uy yonib ketgan Mirzaaxmadga qo‘ni-qo‘shnilarining beg‘araz yordami
ko‘rsatilishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
Takrorlash (1 soat).
74-mavzu. Yaxshi bo‘ldi. Nosir Fozilov (1 soat).
Husanning dadasi o‘g‘li haqida Iso boboga gapirib berishi. Iso bobo Safarni
maqtashi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
75-mavzu. Sharq hikoyasi. Abdulla Oripov (1 soat).
Ota eshakka minib, o‘g‘li piyoda borishi va o‘g‘li otga minib, ota piyoda
yurishi haqida qishloqdagilarning gap-so‘zlari. Matn mazmuniga doir maqollar.
Ongli va ifodali o‘qish.
76-mavzu. Saxiy. Muhammad Avfiy (1 soat).
Hotamtoyning mo‘ysafid bilan suhbati. Mo‘ysafidning sahiyligi. Xayr-
sahovat, bag‘rikenglikning insonni ulug‘lashi. Matn mazmuniga doir maqollar.
Ongli va ifodali o‘qish.
77-mavzu. Chumchuq bilan chumoli. Aziz Abdurazzoq (1 soat).
Chumchuqning
iltimosi.
Chumolining
javobi.
Ularning
fikrlari.
Maqtanchoqlik va tekinxo‘rlik boshga kulfat keltirishi. Matn mazmuniga doir
maqol va topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Mavzu. Yurtim qancha boy bo‘lsa. Anvar Obidjon (1 soat).
Ajdodlarga munosib farzand bo‘lishini istasa, yurtni boy qilish. Vatan
obodligi va ellar farovonligiga erishish mumkinligining kuylanishi.
78-mavzu. Yolg‘onchining izza bo‘lishi. Rivoyat (1 soat).
Yolg‘onchilikning rostgo‘ylik va to‘g‘rilikka zidligi to‘g‘risida tushuncha
berish. O‘z xatti-harakatini baholash, o‘zini o‘zi nazorat qila bilish, halollik,
to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
|
| |