113-mavzu. Sulton Mahmud va Beruniy. Rivoyat (1 soat). Abu Rayxon Beruniyning bilimdonligining sinalishi. Beruniyning o‘z
taqdirini bashorat qilishi. Sulton Mahmudga Beruniyning donishmandlarcha
bergan fikri. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
114-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Munosib avlodlar. Raim Farhodiy (1 soat). Hayotimizning farovonligi. Yoshlarni ulug‘ maqsadlar bilan vatanga
munosib farzandlar bo‘lish yo‘lidagi xatti-harakatlarning o‘tmish avlodlardan
meros ekanligining kuylanishi. Ongli va ifodali o‘qish. Mavzu. Anzur Piyoz. Olmos (1 soat). Sadriddin Ayniy bilan G‘.G‘ulomning o‘zaro do‘stligining barcha
avlodlarga namuna ekanligining hikoya qilinishi. Ongli va ifodali o‘qish.
115-mavzu. Tanbeh. Xondamir (1 soat). Alisher Navoiyning Mirak naqqoshga qo‘llagan chorasi. Alisher Navoiy –
yuksak ma’naviyat egasi ekanligi. Halollik va mehnatsevarlik sifatlariga ega
bo‘lishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
116-mavzu. Navoiy bobomlar. Tursunboy Adashboyev (1 soat). Navoiy – she’riyat sultoni. Alisher Navoiyning xislatlari. Matn mazmuniga
doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish. 117-mavzu. Hidi, tili, mazasidan. Rivoyat (1 soat). Boburshohning Hindistondagi ishlari. Boburshohning ko‘ngli buzilishi.
Vatanparvarlik, ona zaminning muqaddasligi. Matn mazmuniga doir maqollar.
Ongli va ifodali o‘qish.
154
118-mavzu. Rivoyat. Naim Karimov (1 soat). Usmon Nosir – qatag‘on qurboni. Usmon Nosir otasining ruhi bilan suhbati.
Otasining maslahati. Ongli va ifodali o‘qish.