|
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash Pdf ko'rish
|
bet | 255/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash,
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
Quyosh va Oyning atrofimizdagi tabiat va inson uchun ahamiyatini tushunadi.
Tun va kun, yil fasllari almashinishi kuzatadi;
o‘lkamizda, o‘zi yashaydigan joyda kuz faslida dala va bog‘larda hosillarning
yig‘ib-terib olinishi, kishilar mehnatini, dala va bog‘larda, xonada o‘sadigan
o‘simliklarning fasllarda o‘zgarishini, hayvonot olami, uy hayvonlari va
parrandalarning fasllarga moslashishini, yashashini kuzatadi va ayta oladi;
o‘zi yashaydigan joy tabiati, tog‘lar, qir-adirlar, tekisliklar, daryolar, ko‘llar,
ariqlar, ichimlik suvlari, suvdan oqilona foydalanishga oid ma’lumotlarni
tushunadi va aytib bera oladi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
o‘zi yashaydigan mamlakat, viloyat, shahar, qishloq, mahallasi nomini va
maktabi joylashgan ko‘chalarning nomlanishini to‘g‘ri aytib bera oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
maktab, sinfxonalari, kutubxona, maktab bog‘i, mahallasi, ko‘chasini toza
saqlashda olib boriladigan ishlarda o‘z hissasini qo‘sha oladi; o‘zi yashaydigan
joy, tuproq, suv manbalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish borasida
olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
222
2-SINF
ATROFIMIZDAGI OLAM
(34 soat, haftasiga 1 soat, A1+: haftasiga 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
mavzuni ravon gapirib berish , muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish.
|
| |