|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 256/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTSA1+
tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarni nomlanishini ma’nosini
aytib bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A1
televizor, radio va boshqa manbalardan tabiat va undagi hodisalarga oid zarur
ma’lumotlardan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.
A1+
tabiat va undagi hodisalarga doir kichik albomlar tayyorlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish; fan
to‘garaklariga qatnashish, kitoblar, jurnallar yordamida mustaqil o‘rganish orqali
bilimini oshirib borish.
A1+
o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
o‘zining fuqarolik burch va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, maktabda,
ko‘chada, uyda o‘zidan katta va kichiklarga yordam berish.
A1+
tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarda ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
o‘z o‘lkasi, uyi, mahallasi, maktabi, yashash joyini qadrlash; do‘stlariga,
yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
A1+
orasta kiyinish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
maishiy texnika jihozlaridan foydalana olish, tejamkorlikka, ehtiyotkorlik va
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
A1+
maktabda, uyda suv, elektr manbalaridan foydalanishda tejamkor bo‘lish.
223
1-BOB. ATROFIMIZDAGI OLAMNI O‘RGANAMIZ
(2 soat, A1+: 4 soat)
|
| |