231
Ekologik xavfsizlik, ifloslangan havo va suvdan himoyalanish, oddiy filtrlar.
34-mavzu: Takrorlash. (1 soat, A1+:1 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun- (33 soat, A1+: 66 soat)
Takrorlash uchun – (1 soat, A1+: 2 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash,
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A1
jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat
hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning
tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi. Ob-havodagi
o‘zgarishlarni kuzata oladi, uni mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; yog‘in
turlarini aytib bera oladi. Foydali qazilmalar qayerdan qazib olinishini, yoqilg‘i
sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar eritib olinishini,
qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni, ularning ishlatilishini
hayotda kuzatadi va tushunadi. O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari
haqida aytib bera oladi.