Nazorat va tahlil (2 soat). A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 60-61-mavzular. So‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar (2 soat). -ning, -ni, -ga, -da, -dan so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar,
ularning vazifasi, so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lashda bu qo‘shimchalardan to‘g‘ri
foydalanish.
62-63-64-mavzular. So‘z yasovchi va so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar (3 soat). So‘z yasovchi va so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalarning farqi, ayni
bir asosga so‘z yasovchi va so‘zalarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalarni qo‘shish
va so‘zlarning ma’nosidagi farqlarni aniqlash, so‘zlardan foydalanib gaplar tuzish
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 65-66-mavzular. So‘z tarkibi. Mustahkamlash (2 soat). So‘zlarning
tarkibi yuzasidan tahlil qilish, so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalardan to‘g‘ri
foydalana olish. A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va
topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;
nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
so‘zlardan gap tuza oladi, gapning bosh bo‘laklarini o‘z o‘rnida qo‘llay
oladi, gapning asosini aniqlab, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari, ularning
kesim yoki egaga bog‘lanib kelishini hamda gap bo‘laklarini tahlil qila oladi,
gapda so‘zlarning mazmunan bog‘lanishini biladi;
so‘zlarning bog‘lanishini so‘roqlar yordamida aniqlaydi, berilgan so‘zlardan
birikmalar va gaplar tuza oladi, ega va kesimdan iborat gaplarga ikkinchi darajali
bo‘laklarni qo‘shib gaplarni kengaytira oladi, chizmaga mos gaplar tuza oladi;
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ajrata oladi;
52
asos va asosdosh so‘zlarni farqlay oladi, so‘z yasovchi qo‘shimchalarning
qo‘llanishi va imlosini biladi;
bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi;
rasmlar asosida 5-6 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi, matndagi
gaplarni mazmunan o‘zaro bog‘lay oladi, matnga sarlavha topish va matn
mazmunini yozma qayta hikoya qila oladi;
reja asosida matnni yozma bayon qila oladi, xatboshiga, imlo va husnixat
qoidalariga amal qilgan holda tabriknoma, qisqa xatlar yoza oladi.