• Lingvistik kompetensiya
  • Ijodiy matn.
  • Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    A1+ 
    Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
    sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn 
    mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 
    7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida ijodiy matn tuza oladi.
    Lingvistik kompetensiya:
    so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; 
    gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli 
    qo‘llay oladi.
    NUTQ O‘STIRISH 
     Nutq, matn va gapni farqlash; og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishni to‘g‘ri 
    shakllantirish; matn mazmunini qayta hikoyalatish; matndagi asosiy fikrni aniqlay 
    olish; matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish; ular orasidagi 
    bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish.
    Bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri 
    elementlari qatnashgan bayon yozish; matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash 
    asosida bayon yozish; tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.
    Bayon va kichik hikoyalarga tasvir va muhokama tufayli hosil bo‘lgan 
    fikrlardan asta-sekin ikki-uch jumladan qo‘shib borish.
    Ijodiy matn. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta 
    rasmda ifoda etilgan ko‘rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan, 


    75
    eshitilgan, ko‘rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu 
    asosida kichik hikoya yozish; bayon rejasini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil 
    fikrlashga yo‘llash.
    O‘z ishlari va hayotlari haqida do‘stlariga xat yozish. Ota-onasi, ustozi 
    hamda o‘rtoqlariga og‘zaki va yozma tabriknoma tayyorlash. 
     
    HUSNIXAT 
    Ona tili darslarida “Husnixat daqiqa”lari uchun 5-8 daqiqa vaqt ajratiladi. 
    Chiroyli yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap matnni husnixat 
    qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; 
    matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; so‘zlar orasidagi 
    masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga 
    diqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik 
    tahlil qila olish kabi malakalari takomillashtiriladi.
    O‘quv yili oxiridagi takrorlash o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali 
    sistemaga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bir darsda 
    bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn, 
    gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, asos, 
    so‘z yasovchi, gapda so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha 
    o‘tkaziladi. O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu 
    o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini 
    ta’minlaydi. O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan
    o‘quvchilarning lug‘at boyligiga qo‘shilgan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atda 
    berilgan. Darslikda notanish so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni 
    o‘zlashtirish talab qilinadi.

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish