• K o ‘ p bos q ich l i l ik
  • A m aliylas h tirish
  • In d ivid u al l a shti r ish
  • Umumiy pedagogika




    Download 1.95 Mb.
    bet3/6
    Sana26.02.2024
    Hajmi1.95 Mb.
    #162513
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5 MAVZU
    3) Дискрет тузилмалар Sillabus, MathType, Rus iqtisod, 210-23 guruh, IbraimovaA.Kartografiya.O\'quv qo\'llanma-2019, Buyruq 4-ilovasi Maktab amaliyoti, CAR-T limfomalar uchun Innovatsion Tereapiya, Нервная ткань, Многопроцессорные системы и параллельное программирование, pT9fyR0ymR0C2gEvFpd24qiK4okcsKan, GN, 5e2a4c7069aedddba10e4dab8f208cc1
    Standartlashtirish – bu majburiy o‘quv fanlari to‘plamining soatlari aniq belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida ta’lim muassasalarida o‘quv ishlarining normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilar bilimlarini baholashning yagona mezonlari ishlab chiqiladi.
    Kop bosqichlilik bu ta’limning har bir bosqichida o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim darajasiga erishish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli ta’lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Turli bosqichlarning har birida o‘qitishning yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.
    Amaliylashtirish – shaxs (o‘quvchi)ni ijtimoiy faoliyatiga nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan holda ularni amaliyotda faol qo‘llay olishga tayyorlash. Ya’ni, shaxsda maktab ta’limi jarayonidayoq o‘rta maxsus yoki oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimi, o‘quv rejasi, fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli o‘zlashtira olishga imkon beruvchi dastlabki ko‘nikmalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi.
    Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o‘n yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-radiotexnika va kompyuterlarning ta’lim tizimida qo‘llanilishi mumkin bo‘lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.
    Individuallashtirish ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hamma turlaridan foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish demakdir.
    Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o‘zgarib borishi odamni doimiy ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon mohiyatini anglatadi.


    Download 1.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.95 Mb.