• 2. Hozirgi d avrda ta’lim m az m u n i n i a n i q l a s h ni n g asos i
  • Dif f erensatsiyalash
  • Umumiy pedagogika




    Download 1.95 Mb.
    bet2/6
    Sana26.02.2024
    Hajmi1.95 Mb.
    #162513
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5 MAVZU
    3) Дискрет тузилмалар Sillabus, MathType, Rus iqtisod, 210-23 guruh, IbraimovaA.Kartografiya.O\'quv qo\'llanma-2019, Buyruq 4-ilovasi Maktab amaliyoti, CAR-T limfomalar uchun Innovatsion Tereapiya, Нервная ткань, Многопроцессорные системы и параллельное программирование, pT9fyR0ymR0C2gEvFpd24qiK4okcsKan, GN, 5e2a4c7069aedddba10e4dab8f208cc1
    O‘quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal(orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o‘quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi.
    Umumta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng asosiy - fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.

    2. Hozirgi davrda ta’lim mazmunini aniqlashning asosiy g‘oyalari.
    Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
    Ijtimoiy tajriba quyidagi to‘rt element bilan tavsiflanadi: - inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari
    - faoliyatning ko‘nikma, malaka va usullari;
    - yangi vazifalarni hal etish bo‘yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
    - atrofdagilar bilan o‘zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli munosabatlar tajribasi.
    Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g‘oyalariga ko‘ra ta’lim mazmunining tarkibida quyidagilar o‘z aksini topadi:
    olam haqidagi bilimlar;
    faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; ijodiy faoliyat tajribasi;
    atrof-muhitga hissiy-qadriyatli munosabat tajribasi.
    Bilim va ko‘nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo‘lib qolishi mumkin, lekin faoliyatga tayyorlik uchun kafolat bo‘la olmaydi. Atrof-muhitga hissiy munosabatda bo‘lish u haqida bilish, lekin ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaslikni nazarda tutadi. Shaxsda atrof-muhitga hissiy munosabatni rivojlantirish uchun ta’lim jarayonida muntazam ravishda majmuaviy tadbirlarni tashkil etish zarur.
    Ilmiy asoslangan ta’lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta’lim mazmuniga nima ta’sir ko‘rsatadi? U nimaga bog‘liq bo‘ladi?
    Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo‘ladi: - fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
    - ta’limning maqsad va vazifalari;
    - o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari; - o‘quvchi shaxsining ehtiyojlari.
    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmuni o‘quvchilarda atrof-muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o‘zlarining amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo‘llashga o‘rgatishi kerak. Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi,
    XX asr 80-yillarida amaliy qo‘llanilgan o‘rta umumta’lim maktabi namunaviy o‘quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil qilishga mos kelmas edi. Bu o‘quv rejasining eng asosiy kamchiligi – uni shakllantirishning haddan tashqari markazlashtirilishidir, bu esa maktablarning hammasi bir xil
    bo‘lishi, taklif etilayotgan ta’lim idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning turli ta’limiy talablari hisobga olinmaydi; ko‘p predmetlilik, o‘quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og‘irlik qiladi va ta’lim mazmunining sun’iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu ta’limning texnokratik yo‘nalishi uning insonparvarlik va madaniy, badiiy-yaratuvchilik rolini yo‘qotishiga olib keladi. O‘quv rejasining ana shu va boshqa ko‘plab kamchiliklari didakt olimlar va amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
    1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtishrishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta’lim, yangi demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma’naviy tiklanish, demokratik jamiyat va bozor munosbaatlari shakllanishi, milliy fan va texnikaning rivojlanishini dunyo standartlari talablari darajasiga ko‘tarishning asosi bo‘lib qolishi kerak.
    Ta’lim mazmunida quyidagi ikki jihat ko‘zga tashlanadi: milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi sharoitda o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ta’lim
    mazmuni (o‘quv rejalari)ni ishlab chiqishda ta’lim mazmunida quyidagi g‘oyalar yetakchi o‘rin tutadi:
    1) insoniylashtirish;
    2) insonparvarlashtirish;
    3) integratsiyalashtirish;
    4) standartlashtirish;
    5) ko‘p bosqichlilikka asoslanish;
    6) amaliylashtirish;
    7) axborotlashtirish;
    8) individuallashtirish;
    9) uzluksizlik.
    Ta’lim mazmunini insoniylashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsining ustuvor o‘rin tutishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilish, birinchi navbatda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil hayotda o‘z yo‘llarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko‘zda tutadi. Insoniylashtirish gumanitar va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo‘lishi, matematik, biologik, texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni ko‘zda tutadi. Ta’lim mazmunida insonparvarlik g‘oyalarining aks etishi o‘quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam beradi.
    Ta’limni insoniylashtirish bu ta’lim tizimi va butun ta’lim jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o‘rtasida o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy qadr-qimmatlarining his etishlarini ta’minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Ta’limni insonparvarlashtirish yangi tayanch o‘quv rejasining ikkinchi muhim g‘oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o‘quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirishda o‘z ifodasini topadi (50 % dan ko‘proq). Bu xususan estetik tarbiyani tashkil etishga o‘quv vaqtini ikki barobar ko‘paytirishga imkon beradi. Gumanitarlashtirish – bu ta’limning bosqichi va turidan qat’iy nazar asosiy ijtimoiy muammo - inson farovonligi muammosini hal etishga imkon beruvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirishdir.
    Ta’lim yangi mazmunini ishlab chiqishning uchinchi g‘oyasi – ta’limni differensiyalashtirish. Bu yo‘nalish majburiy kurslar bilan birga katta sinflarda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan o‘qitish, fanlarni tanlash asosida olib borishni ko‘zda tutadi. Sinfda, sinflar o‘rtasida hamda turli yoshdagi o‘quv guruhlarida fakultativ kurslarni individual, guruhli mashg‘ulotlar hamda qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarni rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Differensatsiyalash – bu zamonaviy sharoitda ta’limni rivojlantirish umumiy yo‘nalishi hisoblanadi. Respublikada o‘tgan asrning 90-yillarida ta’limni differensatsiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar (fizika, ximiya, matematika, chet tillarini chuqur o‘rganish bilan) litseylar, gimnaziyalar ochildi.
    Kurslarni integratsiyalashtirish ta’limning yangi mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan yana bir g‘oya o‘quvchilarda, dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini rivojlantirishda
    umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yangi yagona (tayanch) o‘quv rejasida integratsiyalash hisobiga o‘quv fanlari soni kamaytirildi, soatlarning umumiy hajmi ixchamlashtirildi. Xususan, “Tarix” fani umumiy tarix va O‘zbekiston xalqlari tarixiga asoslanadi.

    Download 1.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.95 Mb.