• Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari, o‘quv-metodik majmua.
  • Taya n ch tushunchala r
  • Umumiy pedagogika




    Download 1.95 Mb.
    bet1/6
    Sana26.02.2024
    Hajmi1.95 Mb.
    #162513
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5 MAVZU
    3) Дискрет тузилмалар Sillabus, MathType, Rus iqtisod, 210-23 guruh, IbraimovaA.Kartografiya.O\'quv qo\'llanma-2019, Buyruq 4-ilovasi Maktab amaliyoti, CAR-T limfomalar uchun Innovatsion Tereapiya, Нервная ткань, Многопроцессорные системы и параллельное программирование, pT9fyR0ymR0C2gEvFpd24qiK4okcsKan, GN, 5e2a4c7069aedddba10e4dab8f208cc1






    UMUMIY PEDAGOGIKA

    5-MAVZU: TAʼLIM MAZMUNI. DAVLAT TA’LIM STANDARTI

    Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari, o‘quv-metodik majmua.



    5-MAVZU: TAʼLIM MAZMUNI. DAVLAT TA’LIM STANDARTI


    Reja:
    1. Ta’lim mazmuni haqida tushuncha.
    2. Hozirgi davrda ta’lim mazmunini aniqlashning asosiy g‘oyalari
    3. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmunini shakllantirish tamoyillari va ta’lim mazmunini tanlash mezonlari.
    4. Taʼlim mazmunini belgilab beruvchi meʼyoriy hujjatlar.
    5. Davlat ta’lim standarti.

    Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari, o‘quv-metodik majmua.
    Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi.
    Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
    Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
    jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi; jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;
    ta’limninq maqsad va vazifalari; innovatsion rivojlanish darajasi; axborotlarning hajmi va ko‘lami; o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.
    Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo‘qoladi.
    Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta’lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda.
    Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma -Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi -Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.
    Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim -Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi.
    Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o‘quvchisi hali ma’lum bir
    kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
    Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqelikning aniq belgilangan ob’yektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma’no-mazmun) yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir.

    Download 1.95 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.95 Mb.