• Temperament tipi, oliy nerv faoliyati tipi va temperament.
  • Temperament xususiyatlari, temperament tiplari.
  • -Mavzu: Temperament - shaxs tuzulmasi sifatida




    Download 1,44 Mb.
    bet64/108
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #254762
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108
    Bog'liq
    Umumiy psixologiya

    7-Mavzu: Temperament - shaxs tuzulmasi sifatida.


    REJA:

    Temperament - shaxs tuzulmasi sifatida
    Temperament haqida tushuncha. Temperament tiplari va ularning tavsifi. Psixologiyada xarakter muammosi. Shaxs va xarakter. Xarakterning tuzilishi. Xarakterga turlicha yondoshuvlar. Qobiliyatlar haqida tushuncha. Umumiy va maxsus qobiliyatlar. Qobiliyat turlari. Pedagogik qobiliyatlar.



    Temperament tipi, oliy nerv faoliyati tipi va temperament.
    I.P.Pavlovning ta’rificha: “Temperament har bir odamning ham, har bir ayrim hayvonning umumiy xarakteristikasidir, nerv sistemasining har bir individ butun faoliyatga muayyan qiyofa beruvchi asosiy xarakteristikasidir”.
    I.P.Pavlovning nerv sistemasi turlari to`g`risidagi ta’limoti yoki shuning o`zi kabi oliy nerv faoliyatining turlari-temperamentlari tabiiy-ilmiy o`rganish tarixida chinakamiga keskin o`zgarish yasadi. Bu ta’limotni fiziologik ilmiy faoliyatning yakunlovchi bosqichida ifodalab bergan edi.
    I.P.Pavlovning laboratoriyalarda bosh miya katta yarim sharlari qobig`ining individualligi bilan bog`liq bo`lgan nerv faoliyatidagi farqlari kashf etadi. Itlarda tajriba o`tkazildi. It xatti-haraktining o`ziga xosligi (masalan: ziyraqlik va sustlik, dadillik yoki qo`rqoqlik) asosiy nerv jarayonlarining ayrim xususiyatlari hayajonlanish va tormozlanishga qonuniy ravishda mos kelganligi kuzatiladi.
    Ko`p yillik tadqiqotlar natijasida o`rganiladigan individual farqlar asosida quyidagi nerv sistemasining uchta asosiy xususiyatlarini nerv, sistemasining kuchi, qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlar o`rtasidagi muvozanatli hamda nerv jarayonlarining harakatchalik xususiyatlari aniqlangan.
    Temperament xususiyatlari, temperament tiplari.
    I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining ana shu uchta xususiyati asosida nerv sistemasining to`rtta tipi bo`linishi mufassal tavsiflab bergan. Olim kuchli va kuchsiz tiplarning bir-biridan farq qilishini asoslab berishga alohida e’tibor bergan.
    Oliy nerv faoliyatining tiplari: nerv protsesslari (qo`zg`alish va tormozlanish)ning muayyan individ oliy nerv faoliyatini sifatlaydigan muhim va barqaror xususiyatlar yig`indisi. Bu xususiyatlarga nerv protsesslarining kuchi, muvozanatligi, harakatchanligi kiradi. Shu 3 ta xususiyatning ma’lum tartibda bir - biri bilan qo`shilishidan. Oliy nerv faoliyatining quyidagi to`rt asosiy tipi hosil bo`ladi:
    1. Kuchli, muvozanatli harakatchan (chaqqon) tip.
    2. Kuchli, muvozanatli, inert (osoyishta) tip:
    3. Kuchli, muvozanatsiz, shiddatli tip.
    4. Kuchsiz tip oliy nerv faoliyatining bu tipologiyasi hayvonlarga ham insonlarga ham xosdir.

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108




    Download 1,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Temperament - shaxs tuzulmasi sifatida

    Download 1,44 Mb.