Insoniy munosabatlarni motivlashtirish modelini quyidagicha ifodalash mumkin:
Shuhrat topish
Ijro
Ishdan qoniqish
Ijroni yaxshilash
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish
Bu modelning muallifi amerikalik ruhshunos Emirson Mayo bo’lib, uning negizida quyidagi g’oya yotadi: Ichki omillar: shuhrat topish, ijroni yaxshilash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ishdan qonikishga olib keladi. Ishdan qoniqish esa mehnat unumdorligini oshiradi. Bunday yondashuv eng muhim tashqi omilni, ya’ni ish haqini inobatga olmaydi. Unga ko’ra "mamnun (ehtiyoji qondirilgan) kishi» — bu unumli (samarali ishlaydigan) kishidir.
O’z-o’zini mukammallashtirishni motivlashtirish modelini quyidagicha ifodalash mumkin.
Ichki omillar:
Ishdan qoniqish
Ijroni yaxshilash
Tashqi omillar:
Bu model Maslou va Xetsberg yondashuvlariga asoslangan bo’lib, uzoq, muddatli motivlashtirishni ta’minlovchi omillar sifatida nafaqat ichki omillar, shuningdek, tashqi omillar ham muhim deb qaraladi.
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondashuv mavjud:
Rag’batlantirish va jazo strategiyasi, ya’ni, kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar: kim ko’p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi to’lanadi; kim undan ko’p ishlasa shunchalik ko’p to’lanadi; kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi.
Ish orqali motivlashtirish: o`quvchiga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish sifati yuqori bo’ladi.
|