|
Konstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni
|
bet | 64/169 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #242452 |
Bog'liq Umumiy psixologiyaKonstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni.
Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida jamg‘argan tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida amalga oshadi. Ta’lim bolaning psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol’ o‘ynaydi. Ta’lim tabiiy iste’dod, ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta’lim usullariga asoslanadi. SHunday qilib, shu narsani ko‘rish mumkinki, go‘daklikda ko‘rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-obrazli, og‘zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar ichidan nisbatan umumiy va belgilovchi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o‘zgarishi, murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o‘qish, anglash, atrofdagilar bilan munosabat),
2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob’ekt)
3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi.
SHunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish mumkin:
ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi,
2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi,
3) shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo‘naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi, anglash va fikrlash).
Ko‘rsatilgan rivojlanish yo‘llarining har biri o‘ziga xos. Bu yo‘llarning barchasi o‘zaro bog‘liqlik va faqat birgalikdagina psixik rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi o‘zgarishlar jarayonini tashkil etadi.
|
| |