|
Psixodinamik nazariyaning mazmuni, kognitivistik nazariya tushunchalarining mazmuni
|
bet | 66/169 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #242452 |
Bog'liq Umumiy psixologiyaPsixodinamik nazariyaning mazmuni, kognitivistik nazariya tushunchalarining mazmuni.
Kishining o`z maqsadiga erishish yo`lida uchraydigan qiyinchiliklar tufayli unda ishоnchsizlik, umidsizlik хоlatlari хоsil bo`ladi. Buni frustratsiya dеyiladi.
Frustratsya kishini tajang, tajоvo`zkоr, qo`pоl qilib qo`yishi yoki aksincha uni yuvоsh qilib qo`yishi mumkin. O`quvchilarga tarbiya bеrishda frustrao`iyani оldini оlib, еngib bo`lmaydigan narsa yo`qligini, bu qiyinchiliklar vaqtincha ekanligini aytib, ishоntirib ularda istiqbоlni yaratish kеrak.
Shaxsning faolligining yo`nalishi turli ehtiyojlar: kelib chiqishi, predmetiga ko`ra
a) tabiat - inson o`zini, avlodini saqlab qolishdagi faolligi;
b) madaniy-odamning insoniyat madaniyati mahsuliga bog`liq bo`lgan faoliyati; predmetiga ko`ra:
v) moddiy – ovqatlanish qiyinish, uy-joy, maishiy turmush ashyolari;
g) ma’naviy - ma’naviy madaniyatni o`zlashtirib olish, yaratish, o`qish, ilm, san’at, musiqa, kinofil’m, teatr va boshqalar asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.
Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida o`ziga xos sifatlar mavjud: Ekstravertsiya – inson ongni va diqqatini atrofga, tashqariga, asosan o`zi atrofida bo`layotgan narsalarga qaratilganidir. Ekstravertsiya intravertsiyaga qarshi bo`lib, intravertsiya – bu ong va inson qiziqishlarini o`ziga, o`z ichiki dunyosiga qaratilgandir.
Ishonch – insonni biror bir narsaga ma’lum argument faktlarsiz qat’iyatidir.
Refleksiya – shaxs ongini o`ziga qarata olish layoqatidir.
Adantivlik – adantatsiyani engillashtirishga qaratilgan, organizmni moslashuvchanligi. Bu termin adantiv xulq-atvor iborasi bilan qo`llanishi normal hol sifatida qabul qilinadi.
Ishonuvchanlik - holat bo`lib, tez qabul qiluvchanlik, ta’sirga kishini beruvchanligi va uni psixologiyasi va xulq-atvorida ma’lum o`zgarishlarni yuz berishiga sabab bo`ladi.
O`z-o`ziga baho berish – psixologiyada o`z shaxsiy psixologik xususiyatlari va fazilatlar, yutuq va kamchiliklari, shuningdek muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini baholash tushuniladi. O`z-o`ziga baho berish adekvat, yuqori va past bo`lishi mumkin.
Buni shartli ravishda: S= n (adekvat) S > n (yuqori) S < n (past). Bunda – S - o`z-o`ziga baho berish, n – imkoniyat. Shaxsda alohida e’tiborga frustratsiya xususiyati ham loyiq.
|
| |