• UMUMIY QOIDALAR
  • Umumiy qoidalar




    Download 414.03 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/19
    Sana18.04.2024
    Hajmi414.03 Kb.
    #200007
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
    ~$Nurmuhammad Falsafa, natija, Computer for lab, Amali TDS 4, Дарс машғулоти , 7 uzb o\'zbekiston tarixi 2017 yil, davriy, “Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari” mavzusini o‘qitishda Case texnologiyasidan foydalanish, . Sharq va G‘arb adabiy-nazariy tafakkuri tarixidan, Iqtisodiy tahlildan loyiha, Dinamika qatorlari-fayllar.org, Bolaning rivojlanish xaritasi-fayllar.org, english course work, Презентация 4, 1-mavzu.Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli


    KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI 
    (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda; 
    O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 15-son, 150-modda) 
    UMUMIY QOIDALAR 
    O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning 
    ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon 
    hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik 
    jamiyati qurmoqda. 
    Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini 
    ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va 
    ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan 
    islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi 
    va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va 
    texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 
    O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 
    Kadrlar 
    tayyorlash 
    milliy 
    dasturi 
    «Ta’lim 
    to‘g‘risida»gi 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi Қонунининг qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning 
    tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak 
    umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda 
    mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari 
    surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. 
    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol 
    topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda 
    tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik 
    va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his 
    etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 

    Download 414.03 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 414.03 Kb.
    Pdf ko'rish