• Moddalarning fizik xossalari Moddalarning ximik xossalari
  • Географик қобиқнинг чегаралари




    Download 1,98 Mb.
    bet19/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Географик қобиқнинг чегаралари
    Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari.
    Geografik qobiq murakkab tizim bo’lib, juda uzoq vaqt davomida shakllanib hozirgi holatini olgan. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    1. Geografik qobiq moddiy tarkibining va tuzilishining o’ziga hosiligi va xilma-xilligi. Geografik qobiqda moddalar uch agregat holatda uchraydi (qattiq, suyuq, gaz). Ularning fizik xossalari (zichlik, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik sig’imi, yopishqoqlik, darzlanganlik darajasi, Quyosh nurlarini qaytarish xossasi va x.k) juda katta oraliqlarda o’zgaradi. Moddalarning ximik hossalari turlicha. Bundan tashqari geografik qobiqda moddalar tuzilishiga ko’ra noorganik, organik va aralash turlarga bo’linadi. Moddalarning har bir ajratilgan turi o’z navbatida yana yuzlab va minglab hillarga bo’linib ketadi. Tirik organizimlarning turlari esa 1,5 mln. dan 2 mln. gacha yetadi.

    Moddalarning fizik xossalari

    Moddalarning ximik xossalari

    zichlik

    Noorganik

    issiqlik o’tkazuvchanligi

    Organic

    issiqlik sig’imi

    Aralash

    yopishqoqlik




    darzlanganlik darajasi




    Quyosh nurlarini qaytarish xossasi




    2. Geografik qobiqqa kelayotgan issiqlikning va uning o’zgarishining nihoyatda xilma-xilligi. Geografik qobiqqa issiqlik koinotdan va Yerning ichki qismidan keladi. Ular nihoyatda xilma-xildir. Ularning o’zgarishi ham turlicha. Issiqlik o’zgarishining turlari ichida uni organik modda sifatida to’planishi katta ahamiyatga ega. Quyoshdan kelayotgan issiqlik yog’och, ko’mir, neftь, torf, yonuvchi slanes kabi organik moddalarga aylanadi. Ular yoqilganda Quyosh issiqligi yana qaytib chiqadi.


    3. Yerning sharsimonligi Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishiga sabab bo’ladi, bu esa geografik qobiqda muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur muvozanatsizlikni kelib chiqishiga Yer yuzasida quruqlik va suvlikni, muzliklar, qor qoplamini, relefni, murakkab taqsimlanishi ham keltirib chiqaradi. Geografik qobiqdagi muvozanatsizlik turli xil harakatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bunday harakatlarga issiqlik oqimi, havo harakatlari, suv oqimlari, tuproq eritmalari, ximik elementlar migrasiyasi, ximiyaviy reaksiyalar va x.k kiradi. Modda va issiqlikning harakati geografik qobiqning hamma qismlarini bir-biri bilan bog’laydi va uni bir butunligi va yaxlitligini ta’minlaydi.
    4. Geografik qobiqning moddiy tizim sifatida rivojlanishi davomida uning tuzilishi murakkablasha borgan, undagi moddalarning turlari va issiqlik gradientlar orta borgan. Geografik qobiq rivojlanishining ma’lum bir bosqischida unda hayot vujudga kelgan. Hayot bu moddiy jism harakatining eng yuqori shaklidir. Hayotning vujudga kelishi-bu geografik qobiq rivojlanishining qonuniy natijasidir. Tirik mavjudodlarning faoliyati esa Yer yuzasi tabiatini sifat jihatdan o’zgarishiga olib keldi.
    5. Geografik qobiqning shakllanishi va rivojlanishida fazoviy omillarning ahamiyati ham ulkandir. Fazoviy omillarga quyidagilar kiradi: Yerning og’irligi, Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa, Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanish tezligi, magnitosferaning mavjudligi. Magnitosferaning mavjudligi Yer uchun qulay termodinamik sharoitni keltirib chiqaradi. Faqat Yerdagina juda murakkab moddiy tizmining vujudga kelishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan.
    6. Geografik qobiq mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega. Atmosferaning, okeanning, muzliklarning tarkibi va og’irligi, Yer yuzasida quruqlik va suvlikning taqsimlanishi, turli xil relyef shakllarining joylanishi va qiyofasi juda katta ahamiyatga ega. CHunki ular mustaqil o’lchamlarga ega. Yer yuzasi qanday tabiiy ofatlar natijasida tabiat o’zgarmasin ma’lum vaqt o’tishi bilan asta-sekin qayta tiklanadi. Masalan, to’rtlamchi davrdagi muz bosish davrlarida SHimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy hududlarida tabiat komplekslari tamoman nobud bo’lgan. Ammo muz qaytgandan keyin mazkur joylardagi o’rmon, o’rmontundra va tundra landshaftlari qaytadan tiklangan. Geografik qobiq rivojlanishining eng yuqori bosqichida tabiiy hududiy va tabiiy akval majmualar vujudga kelgan.



    Download 1,98 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Географик қобиқнинг чегаралари

    Download 1,98 Mb.