Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari




Download 1,98 Mb.
bet22/86
Sana18.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#241761
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Bog'liq
Umumiy tabiiy geografiya

Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari.
Yerning havo qobig’i (asosan troposfera), Yer po’sti, suv qobig’i (okean va quruqlik suvlari) va hayot qobig’i (o’simlik va xayvonlar) geografik qobiqning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ulardagi moddalar esa komponentlarni hosil qiladi.
Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geotarkibli, geosferali va geotizimli.
Geotarkibli yoki eng oddiy tuzilish darajasi. Geotarkiblar – bu Yer yuzasidagi nisbatan bir xil xususiyatga ega bo’lgan moddiy hosilalar birlashmasidir. Asosiy va ikkinchi darajali geotarkiblar ajratiladi. Asosiy geotarkiblarga tog’ jinslari, havo, suv, o’simlik va hayvonlar kiradi. Ikkinchi darajali geotarkiblarga esa tuproq, muz, muzloq gruntlar kiradi.
Geotarkiblar hosil bo’lishi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Geografik qobiqda ilgari aytganimizdek, notirik, tirik va aralash moddalar ajratiladi Aralash (tirik va notirik moddalar birlashmasi) moddalarga tuproq, muz va muzloq grunt kiradi. Notirik (noorganik) moddalarga asosan tog’ jinslari kiradi, ular Yer po’stida keng tarqalgan. Tirik moddalarga o’simliklar, hayvonotlar va mikroorganizimlar kiradi. Ular biosferada keng tarqalgan.
Geosferali tuzilma darajasi. Geosfera deb, asosan ma’lum bir geotarkibdan tuzilgan Yerning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) konsentrik bir-birini ichiga kirgan qatamlarni tashkil qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat. Litosfera zichligi yuqori bo’lgan va qattiq moddalardan iborat tog’ jinslaridan tuzilgan. Gidrofera esa suyuq moddalardan, ya’ni suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat. Biosfera esa tirik moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera to’xtovsiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudodlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit qobiqni hosil qilmaydi, u boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Mazkur geoqobiqlar orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil qilmaydigan ikkinchi darajali qobiqlar ajratiladi. Ikkinchi darajali qobiqlarga krisofera (sovuqlik qobig’i), tuproq (pedosfera) va boshqalar kiradi.
Asosiy qobiqlardan faqat gidrosferagina geografik qobiqqa to’la kiradi. Atmosferaning yuqori qismi va litosferaning quyi qismi Yerda sodir bo’ladigan jarayonlarda qatnashmaganligi uchun ko’p olimlar tomonidan geografik qobiqqa kiritilmaydi. Ular Yerda bo’ladigan jarayonlarga bevosita emas, balki bilvosita tashqi muhit sifatida ta’sir etadi. SHuning uchun atmosferaning yuqori qismi va litosferaning quyi qismi geografiya fani tomonidan chuqur o’rganilmaydi. Demak, geografiyada atmosfera va litosfera haqida gapirilganda atmosferaning quyi qismi va litosferaning yuqori qismi tushuniladi.
Geografik qobiqda geosferalar (geoqobiqlar) moddalarning zichligiga qarab qatlamsimon joylashgan. Zichligi yuqori bo’lgan moddalar pastda, zichligi kam bo’lgan moddalar yuqorida joylashgan. Ular Yerdagi moddalarni og’irligiga qarab tabaqalanishi oqibatida vujudga kelgan va geografik qobiqni bo’ylama (vertikal) tuzilishini tashkil qiladi.
Geotizimli tuzilma darajasi. Geotizimlar- geotarkiblarning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan majmuali hosilalardir. Notirik geotarkiblarning o’zaro ta’siri natijasida oddiy geotizimlar hosil bo’ladi. Masalan, muzliklar, daryo vodiylari va x.k. Muzliklar atmosfera va gidrosferaning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Daryo vodiylari esa litosfera va gidrosfera hamda atmosferaning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
Yer yuzasi uchun ko’proq turli xil geotarkiblarning o’zaro ta’sir natijasida vujudga keladigan tabiiy hududiy va tabiiy akval majmualar xosdir.
Geotizimlilar hozirgi paytda faqat tabiiy tarkiblarni emas, balki antropogen omillarni ham o’z ichiga oladi. Natijada geografik qobiqda geotexnogen tizimlar vujudga kelmoqda. Geotexnogen tuzilmalar tabiiy tarkiblardan va kishilik jamiyatidan iborat (shaharlar, sanoat markazlari, qishloq xo’jalik yerlari, gidrotexnik inshoatlar va h.k.)
Geotizimlar bir-biri bilan gorizontal (yuzalama) yo’nalishda almashadi. Ular geografik qobiqning gorizontal (yuzalama) tuzilishini hosil qiladi. Geotizimlar o’lchamlariga qarab uchga bo’linadi: planetar, regional, lokal.
Umumiy tabiiy geografiya geografik qobiqning bo’ylama va yuzalama tuzilishini o’rganadi. Ammo geografik qobiqning yuzalama tuzilishini faqat planetar darajada o’rganadi.
Geografik qobiq gorizontal (ko’ndalang) yo’nalishda issiqlik mintaqalariga, iqlim mintaqalariga, tabiat zonalariga va landshaftlarga bo’linadi.


Download 1,98 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari

Download 1,98 Mb.