|
Simmetriya va disimmetriyalar
|
bet | 24/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaSimmetriya va disimmetriyalar.
Geografik qobiqda ob’ektlarning joylanishida simmetriya va disimmetriya namoyon bo’ladi. Simmetriya grekcha so’z bo’lib, fazodagi nuqtalarni joylanishidagi bir xillikni bildiradi.
Geografik qobiq sharsimon simmetriyaga ega. SHarsimon simmetriklik sayyoramizning og’irlik kuchi maydonida shakllanadi. Yerning sutkalik harakat natijasida Yer o’qqa va ekvatorga ega. Geografik qobiqning juda ko’p qismlari ekvatorga nisbatan simmetrik joylashgan. Masalan, yoritish mintaqalarining, havo va suv oqimlarining joylanishi, bosimning, haroratning, namlikning taqsimlanishi va x.k. Ammo yirik umumsayyoraviy rel’ef shakllarini joylanishida bunday xususiyat kuzatilmaydi.
Simmetriklikning buzilishi disimmetriya deb ataladi. Masalan, shimoliy qutubdagi suvlikka janubiy qutbdagi quruqlikni to’g’ri kelishi.
Geografik qobiqdagi eng keng tarqalgan umumiy simmetriya shakli bilaterial, ya’ni juft simmeriyadir. Juft simmetriya daraxtlarning bargi uchun xos (barglarnig ikki tomoni va ikki qirrasi). Okeanlar ham juft simmeriyatga ega (ikki qirg’oq, tubi va suv yuzasi). Materiklar shaklida ham simmetriya namoyon bo’ladi: Janubiy Amerikaning turtib chiqqan joyi Afrikadagi Gvineya qo’ltig’iga to’g’ri keladi, Afrikaning sharqiy qirg’oђini Madagaskar orolining g’arbiy qirg’og’iga mos kelishi, Katta Avstraliya qo’ltig’iga Antraktidaning turtib chiqqan qismining to’g’ri kelishi (Uilks yeri).
Materik qiyofalarining ana shunday bilaterial tuzilishini tahlili asosida nemis olimi A.Vegener materiklarni siljishi haqidagi nazariyani ishlab chiqdi.
Mintaqaviy (regional) darajada geografik qobiqda bilaterial (juft) va konussimon (konik) simmetriyalar namoyon bo’ladi. Juftsimmetrik tuzilish daryo vodiylari (ikki qirg’og’i, o’zani va suv yuzasi), tog’ tizmalari uchun xos. Konik simmetriya esa vulkanlar, alohida tog’lar, karst va tektonik botiqlar uchun xos.
Simmetrik tahlil geografik qobiqni tuzilishini muhim qonuniyatlarini ochib berishga imkon beradi va ularni rivojlanish tarixini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi.
|
| |