Jadvalni tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin




Download 1,98 Mb.
bet65/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86

Jadvalni tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin:


  • suvning juda tez almashinishi organizmlarda sodir bo’ladi. Organizmlarda suv bir necha soat davomida almashinishi mumkin;

  • suvning tez almashinishi daryolarda va atmosferada sodir bo’ladi. Mazkur suv havzalarida suv bir necha kun davomida to’la almashadi;

  • suvning almashinishi tezligi o’rtacha bo’lgan havzalar. Bularga ko’llar, botqoqlar va tuproqdagi nam kiradi. Bu yerda suv bir necha yil davomida to’la almashinadi;

  • sekin va juda sekin suv almashinadigan suv havzalariga ko’p yillik muzloqlardagi muzlar, qutbiy muzliklar, tog’ muzliklari va dunyo okeani suvlari kiradi.

Geografik qobiqda suvning aylanma harakatini uch guruhga bo’lish mumkin: quruqlik, okean va atmosferadagi suvning harakatlari.


Quruqlikda suvning aylanma harakati.
Atmosfera yog’inlari Yer yuzasiga tushgandan so’ng ularning bir qismi Yer yuzasi bo’ylab oqib daryo, botqoq va ko’llarni hosil qiladi, bir qismi esa Yerga shimilib Yer osti suvlarini hosil qiladi. Baland tog’larga va qutbiy o’lkalarga yoqqan qorlar esa tog’ va materik muzliklarini hosil qiladi.
Yerga shimilgan suvlar qisman o’simliklarning ildizlari orqali va tuproq kapilyarlari orqali ko’tarilib bug’lanadi va atmosferaga o’tadi. O’simliklarning barglari orqali suvlarning bug’lanishi transpirasiya deb ataladi. Yerga shimilgan suvlarning bir qismi yer osti suvlarini hosil qiladi. Mazkur suvlar tog’ yonbag’irlarida Yer yuzasiga chiqib buloqlarni hosil qiladi.
Muzlar ham murakkab harakat qilishadi. Muzlarda chuchuk suvlarning juda katta qismi to’plangan, ayniqsa qalinligi 4 km.cha bo’lgan materik muzliklarida. Materik muzliklari Antarktida va Grenlandiyada tarqalgan. O’z og’irlik kuchi ta’sirida muzlar atrofga tomon harakat qila boshlaydi. Natijada muzliklarda dinamik munozanat vujudga keladi: yoqqan qorlar asta-sekin zichlashib firnli muzlarga aylanadi, natijada muzlikning og’irligi ortib ketadi va u atrofga tomon harakat qila boshlaydi. Qirg’oqqa yaqinlashganda ular okean yoki dengizga ulkan palaxsalar shaklida sinib tushadi va aysberglarni hosil qiladi. Muzlarning tezligi yiliga markazda bir necha santimerni, chekkada bir necha kilomerni tashkil qiladi.
Tog’ muzliklari to’yinish joyidan ablyasiya (erish) joyi tomon harakat qiladi. Muzning quyi chegarasida yoqqan qor erigan qor miqdoriga teng. Mazkur chegara qor chizig’i deb ataladi. Ularning tezligi yiliga yirik muzliklarda bir necha kilometrga, mayda muzliklarda bir necha metrga yetadi.
Muzliklarning miqdori geologik tarix davomida o’zgarib turgan. Muz bosish davrlarida suvlarning juda katta qismi muzga aylangan va qutblarda to’plangan. Muz bosish davrlari muzsiz davrlar bilan almashinib turgan.
Geografik qobiqda muzlarning miqdorini o’zgarib turishi tabiatda juda muhim o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Agar Antarktida va Grenlandiya muzlari eriydigan bo’lsa Dunyo okeani sathi 60 m.ga ko’tarilish mumkinligi hisoblab chiqilgan. Bu esa quruqlikni 20 mln. km2 maydonini suv ostida qolib ketishiga olib keladi.



Download 1,98 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jadvalni tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin

Download 1,98 Mb.