|
Havo haroratining balandlik bo’yicha ortib borishiga inversiya (inversio (lot) testkari) deb ataladi. B
|
bet | 61/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Havo haroratining balandlik bo’yicha ortib borishiga inversiya (inversio (lot) testkari) deb ataladi. Balandlik ortgan sari harorati ko’tariladigan qatlam inversiya qatlami deb ataladi.
Atmosferadagi namlar va ularni yer yuzasida taqsimlanishi bilan quyidagi harakatlar (jarayonlar) vujudga keladi: bug’lanish, kondensasiya va sublimasiya, tuman, bulut, chaqmoq, yog’inlar va h.k.
Yer yuzasidan (quruqlik, suv, muz, qor yuzasidan) ko’tarilayotgan namning bug’ holatiga o’tishi bug’lanish deb ataladi. Suv bug’lari atmosferaga Yer yuzasini bug’lanishi (fizik bug’lanish) va transpirasiya natijasida o’tadi. Fizik bug’lanish deganda suv molekulalarini bug’lanish kuchini yengib, Yer yuzasidan ko’tarilib atmosferaga o’tishiga aytiladi. Bug’lanadigan yuza harorati qancha yuqori bo’lsa molekulalarni harakati shuncha tez sodir bo’ladi atmosferaga shuncha ko’p suv o’tadi. Havo suv bug’lariga tuyinishi bilanoq bug’lanish to’xtaydi. Bug’lanish uchun ma’lum bir miqdorda issiqlik sarflanadi. 1 g. suvni bug’lanishi uchun 597 kall. issiqlik sarflanadi. Okean yuzasidan quruqlikka nisbatan ko’p suv bug’lanadi.
Har qanday yuza birligidan (1 sm2) bug’lanishi mumkin bo’lgan namlik bug’lanuvchanlik deb ataladi. Quruqlikda har qanday joyda ham bug’lanuvchanlik ko’rsatkichi bilan bug’lanish miqdori bir-biriga mos kelavermaydi. Okean yuzasidan esa bug’lanuvchanlik va bug’lanish miqdori bir-biriga teng.
Havodagi namning bug’ holatdan suyuq holatga o’tishiga kondensasiya deb ataladi. Tuyingan havoda shudring nuqtasigacha havo haroratini pasayishi natijasida kondensasiya jarayoni sodir bo’lib suv ajralib chiqadi.
Yer yuzasini issiqlik taratishi natijasida havo harorati pasayadi, oqibatda Yer yuzasida va turli xil narsalar yuzasida hamda o’simliklar barglarida nam hosil bo’ladi.
Havodagi namni bug’ holatdan qattiq holatga o’tishi sublimasiya deb atladi. Kechasi havo harorati 00 dan past bo’lsa, suv bug’lari qattiq holatga o’tadi va qirov hosil bo’ladi.
Tumanlar turli sharoitlarda hosil bo’ladi: nurlanish, havoni kuchishi, havoni siljishi, havoni bug’lanishi natijasida.
Yerni nur taratishi natijasida uning harorati pasayadi, oqibatda yer yuzasi atrofidagi havodan nam ajralib chiqadi va tumanga aylanadi. Buni radiasion tuman deb ataladi. Iliq havoni sovuq havo tomon ko’chishi natijasida advektiv tuman hosil bo’ladi. To’yinish holatiga yaqin turli haroratga ega bo’lgan havo massalalarini siljishi natijasida siljish tumani hosil bo’ladi. Kech kuzda iliq suv havzalari yuzasidan namning bug’lanishi natijasida bug’lanish tumanlari hosil bo’ladi.
Agar havoning kondensasiyasi Yer yuzasidan ma’lum bir balandlikda hosil bo’lsa bulutlar vujudga keladi. To’p-to’p va yomg’irli bulutlarning yuqori qismi manfiy zaryadlangan bo’ladi. Natijada ular o’rtasida chaqmoq hosil bo’ladi, chaqmoqlar juda katta shovqin bilan bo’lsa momoqaldiroq deb ataladi.
Atmosferada yorug’lik nurlarini bulutlarning tomchilari va muz zarralari tomonidan qaytarilishi, sinishi va difraksiyasi natijasida galo, tojlar va kamalaklar hosil bo’ladi.
Yuqorida joylashgan patsimon-qat-qat sovuq bulutlarda rangsiz va rangli yorug’ dog’lari, doiralar va yoylarga galo deb ataladi.
Bulutlarini Quyosh tomonidan yoritilishi natijasida kamalaklar hosil bo’ladi. Atmosferadagi eng muhim jarayonlardan biri yog’inlardir. Yog’in deb atmosferadan Yer yuzasiga tushadigan qattiq yoki suyuq holdagi suvlarga aytiladi. Ularga qor, yomg’ir va do’l kiradi.
|
| |