|
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishi
|
bet | 59/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishi.
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishida quyidagi qonuniyatlar mavjud (S.V.Kalesnik bo’yicha):
- har ikkala yarim sharda qishda ham yozda ham harorat ekvatordan qutblarga tomon borgan sari pasaya boradi;
- janubiy yarim sharda izotermalar yo’nalishi shimoliy yarim shardagidek egri-bugri emas, chunki shimoliy yarim shardagiga qaraganda janubiy yarim sharda okean juda katta maydonni egallagan;
- bir xil geografik kengliklardagi materiklar shu kengliklarda joylashgan okeanga nisbatan yozda issiqroq, qishda esa sovuqroq bo’ladi, bunga sabab shuki suvning issiqlik sig’imi katta, quruqlikning issiqlik sig’imi esa kichik, shuning uchun suv sekin isib sekin sovuydi;
- Atlantika okeani bilan Tinch okeanining shimoliy qismlarida, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerikaning, Afrikaning va Avstraliyaning g’arbiy qirg’oqlarida izotermalar biroz shimolga burilgan. Buning asosiy sababi dengiz oqimlaridir (shimoliy yarim sharda iliq, janubiy yarim sharda sovuq oqimlar) janubga tomon oqib keladigan sovuq oqimlar ta’sirida Pireney yarim oroli yaqinida va SHimoliy Amerikaning g’arbiy qirg’og’i bo’ylab izotermalar janubga buriladi;
- okean yuzasida quruqlik yuzasiga nisbatan havo kam o’zgaradi;
- tropiklarda qish va yoz orasidagi haroratlar farqi juda kam bo’ladi. Tropik mintaqadan har ikala tomonga qarab haroratlar farqi ortib boradi. Har ikala yarim sharda ham yozda eng yuqori harorat ekvatorda emas, balki tropiklarda (cho’llarda) kuzatiladi, chunki tropiklarda Quyosh zenitda turadi.
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishiga geografik kenglik, dengiz oqimlari, relyef, balandlik va boshqa omillar ta’sir qiladi.
MAVZU: ATMOSFERADAGI HARAKATLAR
Reja:
Yer yuzasida issiqlikning notekis taqsimlanishi va u bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar.
Issiqlik mashinalari.
Yer yuzasida bosimning taqsimlanishi va shamollari.
Atmosfera harakatlarining turlari.
Atmosferadagi harakatlarning asosiy manbai yer yuzasida issiqlikni, namlikni va bosimni notekis taqsimlanishi hisoblanadi. Buning oqibatida atmosferada turli xil harakatlar (jarayonlar) sodir bo’ladi va ular geografik qobiqni rivojlanishida muhim o’rin tutadi.
|
| |