|
Ultra qisqa to’lqinli radiatsiya
|
bet | 56/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Ultra qisqa to’lqinli radiatsiya (<0,1027 mkm) atmosferaning 100-200 km. balandlikdagi qatlamlarigacha kirib keladi va molekulalarni ionlashishiga olib keladi.
Uzunroq to’lqinlar (0,1027-0,24 mkm) atmosferaning 70-80 km balandlikdagi qatlamigacha tushib keladi va molekulyar radiatsiyalarni hosil bo’lishiga olib keladi, natijasida radikal ionlar vujudga keladi.
Olis ultrabinafsha to’lqinlar (0,2424-0,2900 mkm) 15-25 km balandlikda ozon qatlami tomonidan to’la yutiladi. Mazkur nurlar molekulyar kislorodni dissosiasiyani keltirib chiqaradi, ozon hosil bo’lishiga olib keladi va stratosferani qizitib yuboradi. Ular ionosfera va ozonosferani hosil qiladigan asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
Yaqin ultrabinafsha to’lqinlar (0,029-0,40 mkm), yorug’lik nurlari va infra qizil nurlari Yer yuzasiga bevosita yetib keladi va geografik qobiqdagi fotoximik va termoximik reaksiyalar hamda radio to’lqin nurlanishni keltirib chiqaradi.
Geografik qobiqqa Quyoshdan tushayotgan issiqlik miqdori nurlarning tushish burchagiga, Quyoshning sutka davomida yoritish davrining uzunligiga va fasllarga bog’liq.
Yerning shakli sharsimon bo’lganligi tufayli turli kengliklarda Quyosh nurlarining Yer yuzasiga tushish burchagi turlicha. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning miqdori nurlarning tushish burchagi qancha katta bo’lsa shuncha ko’p bo’ladi. Quyosh nurlari tik tushadigan hududlarda, issiqlik tushayotgan nurlarning ko’ndalang kesimi maydoniga teng maydonda tarqaladi.. Quyosh nurlari qiya tushgan hududlarda ma’lum miqdordagi issiqlik kattaroq maydonda (v) taraladi, shuning uchun maydon birligiga to’g’ri keladigan issiqlik miqdori kam bo’ladi.
Quyosh issiqligining sur’atini nurlarni tushish burchagiga bog’liqligini quyidagicha ifodalash mumkin.
S1Co Sinh
So – nur tik tushgan paytdagi Quyosh radiatsiyasining sur’ati (intensivligi). S1- Quyosh nurlarini ma’lum bir burchak ostida tushgan paytdagi radiatsiya sur’ati. Quyosh nurlari faqat tropik kengliklardagina (23o271 shimoliy kenglikdan 23o271 janubiy kenglikkacha) 90o burchakda Yer yuzasiga tushadi. Boshqa kengliklarda esa u doimo 90o dan kam. SHuning uchun turli kengliklar turlicha miqdorda Quyosh issiqligini oladi.
Turli kengliklarda teng kunlik va Quyosh turish davrlarida Quyoshning ufqdan balandligi
Kengliklar
|
21 mart
|
22 iyun
|
23 sentyabr
|
22 dekabr
|
SHimoliy qutb
|
0
|
23,5
|
0
|
-
|
SHimoliy qutb doirasi
|
23,5
|
47
|
23,5
|
0
|
SHimoliy tropik
|
66,5
|
90
|
66,5
|
43
|
Ekvator
|
90
|
66,5
|
90
|
66,5
|
Janubiy tropik
|
66,5
|
43
|
66,5
|
90
|
Janubiy qutb doirasi
|
23,5
|
0
|
23,5
|
47
|
Janubiy qutb
|
0
|
-
|
0
|
23,5
|
Quyoshdan kelayotgan issiqlik miqdori Quyosh nurlarini yoritish davriga ham bog’liq. Sutkaning yorug’lik qismi qancha uzun bo’lsa, maydon birligiga tushadigan issiqlik miqdori ham yuqori bo’ladi. Qutbiy hududlar yozda Quyosh tomonidan to’xtovsiz yoritilib turgani uchun ko’p miqdorda issiqlik oladi. 40-50o kengliklarda ham yozda juda ko’p Quyosh issiqligini kuzatilishi sutkaning yorug’ qismini uzun ekanligi uchundir.
Yer yuzasiga atmosfera orqali sochilmasdan keladigan radiatsiya to’g’ri radiatsiya deb ataladi. Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning bir qismi atmosfera tomonidan tarqatib yuboriladi. Bunday radiatsiyani sochma radiatsiya deb ataladi. Yer yuzasiga yetib keladigan to’g’ri va sochma radiatsiya miqdori yalpi radiatsiya deb ataladi. Bulutlik yuqori bo’lsa sochma radiatsiya to’g’ri radiatsiyadan ko’p bo’ladi, atmosefra tiniq bo’lsa to’g’ri radiatsiya sochma radiatsiyadan ko’p bo’ladi.
Tropik cho’llarda (Sahroi Kabirning sharqi, Arabiston yarim orolining markaziy qismlari) yalpi radiatsiya miqdori yuqori bo’ladi, mazkur hududlarda ekvator tomon yillik radiatsiya miqdori maydon birligiga (1 sm2) 120-160 kkal. ga kamayadi. Mo’’tadil kengliklarda yillik Quyoshdan keladigan radiatsiya miqdori 80-100 kkal, Arktikada 60-70 kkal, Antarktidada esa atmosfera tiniq bo’lganligi uchun yalpi radiatsiya 100-120 kkal. ni tashkil qiladi.
Yozda (iyun oylarida) SHimoliy yarim shar eng katta miqdorda yalpi radiatsiya oladi, ayniqcha bu miqdor tropik va subtropik kengliklarning ichki quruqlik qismlarida juda yuqori bo’ladi. Mo’tadil va qutbiy kengliklar oladigan yalpi radiatsiya miqdori bir-biridan kam farq qiladi, chunki Ushbu davrda kunning uzunligi katta. Ekvator kengliklarida havoning namligi va bulutlik yuqori bo’lganligi uchun yalpi radiatsiya miqdori kam.
Qishda (dekabr oyida) Janubiy yarim shar ko’p issiqlik oladi. Antarktida SHimoliy yarim sharning yozida Arktika oladigan issiqlikdan ko’proq issiqlik oladi, chunki Antarktidada havo juda ham tiniq bo’ladi. Bu yerda ham tropik cho’llar ko’p issiqlik oladi (Kalahari, Katta Avstrliya, Ichki tekisliklar), ammo shimoliy yarim shardagi cho’llardan kam issiqlik oladi, chunki janubiy yarim sharning katta qismi suvlikdan (okeanlardan) iborat bo’lganligi uchun namlik yuqori bo’ladi.
yuzasiga kelgan yalpi radiatsiyaning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Yer yuzasidan qaytarilgan radiatsiyani Yerga tushgan radiatsiyaga nisbati albedo deb ataladi.
Albedo har qanday yuzani Quyosh nurlarini qaytarish qobiliyatini ifodalaydi va foizda yoki kasr sonlarda ifodalanadi.
Yer yuzasida o’rtacha albedo 0,35 ga teng. Alьbedo Yer yuzasining xususiyati va holatiga bog’liq.
|
| |