|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 52/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Balandlik mintaqalari
Geografik zonallikning asosida quyosh issiqligini issiq mintaqadan qutblar tomon va tropiklardagi okean sathidan xionosfera tomon kamayib borish qonuniyati yotadi. Tog’larga ko’tarilgan sari hovoning zichligi kamayadi. Quyosh radiatsiyasining faolligi esa har bir kilometr balandlikda taxminan 10% ga ortadi, effektiv nurlanish kuchayadi. Bu esa haroratni balandliklar bo’yicha kamayishiga va uning sutkalik farqini ortishiga olib keladi. Troposferaning quyi 4 km.lik qismida harorat har 100 m. balandlikda 0,50Sga pasayadi, 4 km.dan balandda esa 0,60Sga pasayadi.
Tropopauzada esa 0,7-0,80Sga pasayadi. O’rmonlarning chegarasi tekisliklarda qutblar hisoblanadi, yuqorida esa faol haroratlar yig’indisi 500-9000Sga bo’lgan chegaradan o’tadi. Mo’tadil mintaqaning asosiy tog’ tizmalarida har 100m.ga ko’tarilganda faol haroratlar yig’indisi 1700Sga, quruq tropiklarda 2500Sga(And tog’ida 3000ga) kamayadi. Yonbag’irlar ekspozisiyasi va asosiy shamollar balandlik mintaqalarini joylanishini 300-800 m.ga o’zgartirib yuboradi. Tog’larda yog’in miqdori ma’lum bir balandlikkacha ortib boradi. Mo’tadil kengliklarda va nam tropiklarda 2000-3000 m.ga, quruq tropiklarda 4000 m.ga va undan yuqori, qutbiy kengliklarda 1000 m. Balandlik ortgan sari yuza oqim 3-4 marta ortadi, eroziya kuchayadi va qattiq oqim 5-10 marta ko’payadi. Tog’larda flora va faunaning turlari tekislikka nisbatan 2-5marta ortiq. Endemik o’simlik va hayvonlar tog’larda 30-50%ga yetadi. Bularni hammasi balandlik mintaqalarini kenglik zonalaridan farqlanishidan darak beradi.
Balandlik mintaqalarining tuzulishi tog’larning qaysi geografik mintaqada va sektorda joylashganligiga bog’liq. Oraliq sektorlarda balandlik mintaqalarining tuzulishida gumid va arid landshaftlar qatnashadi. Quruq sektorlarda cho’l va chala cho’l landshaftlari keng tarqalgan. Ekvatorial mintaqada quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan: Gileya o’rmonlari; tog’ gileya o’rmonlari; qing’ir-qiyshiq o’rmonlar; paramos; cho’llar. Okean bo’yi sektorida esa quyidagi tabiat zonalari shakllangan: gileya o’rmonlari; tog’ gileya o’rmonlari; aralash o’rmonlar; tumanli o’rmonlar; paramos cho’llar.
|
| |