Umumiy tabiiy geografiya




Download 1,98 Mb.
bet50/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
Iqlim mintaqalari
Yer yuzasida haroratning notekis taqsimlanishi natijasida iqlim mintaqalari vujudga keladi. Yer yuzasida asosiy va oraliq iqlim mintaqalari hosil bo’ladi. Asosiy iqlim mintaqalarida yil bo’yi bir xil havo massalari hukmron bo’ladi. Oraliq iqlim mintaqalarida havo massalari fasllar bo’yicha o’zgarib turadi. Geografik qobiqda 13 ta iqlim mintaqasi ajratiladi: ekvatorial, ikkita subekvatorial, ikkita tropik, ikkita subtropik, ikkita mo’’tadil, subarktika va subantarktika, arktika va antarktika.
Ekvatoril iqlim mintaqasi. Ekvatordan har ikki tomondagi 5-10o kengliklarni o’z ichiga oladi. Mazkur mintaqada yil davomida doimo harorat va namlik yuqori bo’ladi. Havo harorati 24oSdan 28oSga o’zgaradi. Yiliga 1000-3000 mm yog’in yog’adi. Ko’pincha havo issiq hamda rutubatli bo’lib, tez-tez momaqaldiroq turib, jala quyadi (Amazonka havzasining g’arbiy qismi, Kongo havzasi, Malayya to’plam orollari).
Mazkur iqlim quyidagi omillar ta’sirida tarkib topadi: a) yil bo’yi issiqlik balansi yuqori. Bu yerda Quyosh radiatsiyasining 60% dan 75% gacha bo’lgan qismi, ya’ni yiliga 80-120 kkalg’sm2 issiqlik sarf bo’ladi; b) atmosferaning 10-12 kmli qalin qismida havo massalarining issiqlik konveksiyasi uzluksiz davom etadi. Issiqlikning 75% i bug’lanishga sarflanganligi tufayli harorat uncha baland bo’lmaydi. Kechasi havo sovib, bug’ hosil bo’lishiga ketgan yashirin issiqlik ajralib chiqishi tufayli sutkalik harorat farqi katta emas. Tuproqning juda sernamligi, o’simliklarning qalinligi, daryolarning juda ko’pligi ham haroratning bir me’yorda turishiga yordam beradi. Havoning mutlaq namligi 30 gg’sm3 gacha, nisbiy namlik 70-90% ga boradi. Bulutlik ancha katta, to’p-to’p va to’p-to’p momaqaldiroqli bulutlar ko’pchilikni tashkil etadi. Daryo tarmoqlari zich, sersuv. Okean va materik iqlimi bir xil.
Subekvatoril iqlim mintaqasi. Havo massalari mavsumga qarab o’zgaradi. Yozda ekvatorial havo massalari, qishda tropik havo massalari kirib keladi. Yozda ekvatorial havo massalari kirib kelgani uchun mo’l yomg’ir yog’adi. Qishda esa tropik havo massalari kirib keladi, shuning uchun qish quruq va yog’insiz bo’ladi, harorati yoznikidan deyarli farq qilmaydi. Materiklarning ichki qismlarida 1000-1500 mm, mussonlarga ro’para tog’ yonbag’irlarida yillik yog’in miqdori 5000-10000 mm.ga yetadi. Yog’inlar asosan yozda yog’adi. Qish quruq bo’lib havo ochiq bo’ladi. Subekvatorial iqlim mintaqasi ekvatorial iqlim mintaqasiga nisbatan katta maydoni egallab, ekvatorial iqlim mintaqasini har tomondan xalqa sifatida o’rab turadi. Ushbu iqlim mintaqasiga Janubiy Amerikada Gviana va Braziliya tog’liklari, Markaziy Afrikaning Kongo daryosi havzasidan shimol, sharq va janubdagi qismi, Hindiston, Hindixitoy va SHimoliy Avstraliya kiradi.
Tropik iqlim mintaqasi. Har ikkala yarim sharda joylashgan. Havo ko’p vaqt ochiq bo’ladi. Qish iliq bo’lsa ham, yozdan ko’ra ancha salqin bo’ladi. Mazkur iqlim mintaqasi doirasida uch xil iqlim turi vujudga kelgan: materiklar markazidagi, materiklarning g’arbiy chekkasi va sharqiy sohildagi iqlim.
Materiklarning markaziy qismlarida cho’l iqlimi vujudga kelgan (Sahroi Kabir, Arabiston, Taar cho’li va Avstraliya). Havo bulutsiz bo’lganligidan bu yerda Quyosh issiqligi ekvatordagiga qaraganda katta bo’ladi, biroq qumning nurni qaytarishi katta bo’lgani uchun radiatsiya balansi 60 kkalg’sm2dan oshmaydi. CHo’llarning yuzasi quruq bo’lganidan bug’lanishga kam issiqlik sarflanadi, natijada issiqlikning 70% atmosferaga o’tadi. SHu sababli cho’llarda yoz jazirama bo’ladi, juda katta hududni 30oSli izoterma o’rab turadi. Iyulning o’rtacha harorati 36,3oS (Barbera), hatto 39oS gacha (Ajal vodiysi) yetadi. Havoning sutkalik farqi katta (70o), qum yuzasida 80o ga yetadi.
Materiklarning g’arbiy qismlarida havo salqin bo’lib, deyarli yomg’ir yog’maydi, havo juda nam bo’ladi, sohillarga tez-tez quyuq tushib, kuchli briz shamollari esib turadi (Atakama cho’li, Sahroi Kabir cho’lining g’arbiy sohili, Namib cho’li, Avstraliyaning g’arbiy sohili).
Materiklarning yomg’ir yog’ib o’tadigan sharqiy qismlari (Markaziy Amerika, Vest-Indiya, Madagaskar, Avstraliyaning sharqiy sohili va boshqa joylar).
Subtropik iqlim mintaqasi. SHimoliy va janubiy yarim sharlarda 30o va 40o kengliklar oralig’idagi hududlarni o’z ichiga oladi. Uning chegaralari qutbiy frontining shimoliy va janubiy chegaralari bilan aniqlanadi. Yozda qutbiy front shimolga, o’rta kengliklarga siljiganda subtropik mintaqaning hamma qismlarida subtropik antisiklonning issiq va quruq tropik havosi hukmron bo’ladi. Qishda qutbiy front janubga siljigan paytda mazkur mintaqada salqin va nam mo’’tadil havo massalari hukmron bo’ladi. Eng sovuq oyning harorati musbat bo’ladi, shuning uchun o’simliklar vegetasiyasi yil bo’yi davom etadi.
Subtropik iqlim mintaqasida to’rtta iqlim turi ajratiladi: materiklarning ichki qismidagi arid, O’rta Dengiz, musson va okean iqlimlari.
Materiklarning ichki qismlaridagi subtropik arid iqlim uchun jazirama va quruq yoz xos (iyulning o’rtacha harorati 30-32oS). Haroratning mutlaq maksimumi tropik cho’llarnikidan farq qilmaydi. Ajal vodiysida (AQSH, Kaliforniya shtati) harorat 56,7oS ga ko’tarilgan. Yillik yog’in miqdori 250-100 mm. Termizda esa bulutsiz kunlar 207 kun davom etadi, bulutli kunlar esa 37 kungina. SHuning uchun bu yerda cho’llar va chala cho’llar keng tarqalgan.
O’rta dengiz iqlimi yozi issiq va quruq, qishi iliq va yomg’irli. Mazkur iqlim turi O’rta dengiz sohillarida, AQSHning Tinch okean sohillarida (janubi-g’arbida), Avstraliyaning janubi-g’arbida, CHilida, Qrimning janubida tarqalgan.
Subtropik musson iqlimi Osiyo va SHimoliy Amerikaning sharqiy qismlarida tarkib topadi. Qutbiy front janubga katta masofada kirib boradi. SHuning uchun subtropik kengliklar sovuq va quruq mo’’tadil havo massalari bilan ishg’ol qilinadi. Qish sovuq va quruq bo’ladi. Yozda esa mazkur hududlarga okeandan nam tropik havosi kirib keladi va kuchli yomg’ir yog’ishiga sabab bo’ladi. Pekinda yillik yog’in 612 mm, ammo dekabrda 2 mm, iyulda 235 mm yog’in yog’adi.
Subtropik okean iqlimi yumshoq va nisbatan namroq. Yozda havo musaffo, qishda esa yomg’irli va shamolli bo’ladi. Mazkur iqlim okeanlarning subtropik kengliklarida tarqalgan.
Mo’tadil mintaqa har ikkala yarim sharning 40 va 65o kengliklari oralig’idagi hududlarni o’z ichiga oladi. Mazkur iqlimning eng muhim xususiyatlari yil davomida mo’’tadil havo massalarining va g’arbiy shamollarning hukmronligi, siklonlar harakatining faolligi, iliq yoz va sovuq qish, qalin qor qoplami, okeaanlarda esa suzib yuruvchi muzlarning ko’pligidir. Haroratning o’rtacha farqi shimolda 29oS, janubda 12oS.
Mo’tadil iqlim doirasida ham to’rtta iqlim turi ajratiladi: materik ichkarisidagi kontinental, materik sohillaridagi yumshoq (dengiz), musson va okean iqlimlari.
Materik ichkarisidagi kontinental iqlim Yevrosiy va SHimoliy Amerikada keng tarqalgan. Yoz iliq (shimolda) va issiq (janubda). Qish sovuq, qor qoplami qalin. SHarqiy Sibirda yanvarning o’rtacha harorati – 40oS ga tushadi. Yillik harorat farqi 60o va undan yuqoriroq. Atmosfera yog’inlarining miqdori ko’p emas. SHimolda yog’inlar bug’lanishdan ko’p, janubda esa bug’lanish yog’in miqdoridan ortiq. Yog’inlar yil davomida yog’adi, ammo ularning ancha qismi shimolda qishda yog’sa, janubda esa bahorga to’g’ri keladi. SHuning uchun o’rmonlar janubda cho’l bilan almashinadi.
Materiklar chekkalaridagi yumshoq («dengiz») iqlim Yevrosiyo va SHimoliy Amerikaning g’arbiy qirg’oqlarida tarkib topgan. Yil davomida okeandan nam g’arbiy shamollar esib turadi. G’arbiy shamollar qishda iliq, yozda salqin bo’ladi, yanvarning o’rtacha harorati 0oS atrofida, doimiy qor qoplami hosil bo’lmaydi. Yog’in miqdori ko’proq va yil davomida bir tekis taqsimlangan. Bu yerda keng bargli o’rmonlar yaxshi rivojlangan.
Mo’’tadil musson iqlimi. Yevrosiyoning Tinch okean sohillarida tarqalgan (shimoli-sharqiy Xitoy, Yaponiya, Rossiyaning Primorьe o’lkasi va Saxalin). Yoz seryog’in, qish sovuq, qor qoplami qalin. Yog’inlarning 85-95% i yozga to’g’ri keladi.
Mo’tadil okean iqlimi sernam, bulutli, harorat farqlari kam, g’arbiy shamollar hukmron. janubiy yarim sharda g’arbiy shamollarning tezligi 10-15 mg’sek.
Subarktika va Subantarktika iqlim mintaqalari. Yil davomida muz bilan qoplanib yotadi. Yog’inlar kam, fasllar bo’yicha haroratning farqi katta. Yozi salqin, tuman bo’lib turadi. Quyidagi iqlim turlari ajratiladi: a) qishi nisbatan iliq iqlim (Bofort dengizi sohili, Baffin Yeri, Severnaya Zemlya, Novaya Zemlya, SHpisbergen orollari, Taymir, Yamal yarimorollari); b) qishi sovuq iqlim (Kanada to’plab orollari, Novaya Sibirь orollari, SHarqiy Sibirь va Laptevlar dengizi sohillari); v) qishi juda sovuq iqlim. Yoz harorati 0o dan past iqlim (Grenlandiya, Antarktida).
Balandlik iqlim mintaqalari. Traposferada yuqoriga ko’tarilgan sari harorat pasayib boradi. CHunki atmosfera qatlamlari issiqlikni Yer yuzasidan oladi.
Yer yuzasining relyefi yetarli darajada baland bo’lgan joylarda yuqoriga ko’tarilgan sari harorat pasaya borishi natijasida balandlik iqlim mintaqalari hosil bo’ladi.

Download 1,98 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Download 1,98 Mb.