-MAVZU: GEOGRAFIK QOBIQNING GORIZONTAL TUZILISHI




Download 1,98 Mb.
bet48/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
7-MAVZU: GEOGRAFIK QOBIQNING GORIZONTAL TUZILISHI.
Reja:

  1. Geografik qobiqning ko’ndalang tabaqalanishining asosiy omillari.

  2. Mintaqaviy-zonal tizimlar.

    1. Issiqlik mintaqalari.

    2. Iqlim mintaqalari

    3. Tabiat zonalligi va tabiat zonalari.

    4. Zonallikning davriy qonunlari va zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi.

    5. Geografik landshaftlar.

Geografik qobiqning ko’ndalang (gorizontal) tuzilishi uning bo’ylama tuzilishidan keskin farq qiladi. Geografik qobiqning bo’ylama tuzilishining asosiy omili bo’lib moddaning zichligi va holati hisoblanadi.


Eng qattiq va zich moddalar litosferani, o’rtacha zichlikka ega bo’lgan suyuq holdagi moddalar gidrosferani, zichligi juda kam bo’lgan gaz holdagi moddalar atmosferani va tirik moddalar esa biosferani tashkil qiladi.
Geografik qobiqning ko’ndalang yo’nalishda tabaqalanishi geotizimlarni tarqalishiga bog’liq.
Geotizim, geomajmua (kompleks) yoki tabiiy hududiy majmua deb yaxlit bir butun tizimdan iborat bo’lgan geografik tarkiblarning qonuniy uyg’unligiga aytiladi.
Geografik qobiqning ko’ndalang yo’nalishda tabaqalanishi planetar, regional va mahalliy (lokal) miqyoslarda sodir bo’ladi. Planetar miqyosda geografik qobiqning tabaqalanishining asosiy omillari bo’lib qo’yidagilar hisoblanadi:

  1. Yerning sharsimonligi. Mazkur omil tabiiy geografik jarayonlarni mintaqaviy-zonal tarqalishini keltirib chiqaradi.

  2. Quruqlik, okean va muzliklarning tarqalishi ham geografik qobiqning tabaqalanishidagi muhim omil bo’lib, ular tufayli Yer yuzasini va tabiiy geografik jarayonlarni xilma-xilligi vujudga keladi. Koriolis kuchi geografik qobiqda moddaning harakat yo’nalishiga ta’sir ko’rsatadi. Mazkur omillar ta’sirida atmosfera va okeandagi harakatlarning umumiy xususiyatlari vujudga keladi.

Regional miqyosda geografik qobiqning tabaqalanishiga materik va okeanlarning joylanishi va qiyofasidagi farqlar, quruqlikning relyefidagi farqlari muhim o’rin tutadi. mazkur omillar ta’sirida nam va issiqlik taqsimlanadi, atmosfera va okean harakatlari turlari vujudga keladi, geografik zonalar o’ziga xos ravishda joylashadi.
Regional miqyosda hudud materikning qirg’og’ida, markazida joylanishi muhimdir. Ana shunday omillar ta’sirida regional geotizmlar orasidagi o’zaro ta’sirning o’ziga xos xususiyatlari vujudga keladi (dengiz yoki quruq iqlim, musson shamollari yoki g’arbiy shamollar va x.k.). Bunda reginal geotizmlarning qiyofasi, boshqa geotizmlar bilan chegarasi va bir-biri bilan farqlari muhim ahamiyatga ega.
Mahalliy miqyosda geografik qobiqning tabaqalanish omillari bo’lib relyefning tuzilishi (daryo vodiylari, suv ayirg’ich va x.k,), tog’ jinslarining tarkibi va ularning fizik va ximiyaviy xossalari, yonbag’irlarning shakli va ekspozisiyasi, namlanish turlari va h.k. hisoblanadi. Mazkur omillar ta’sirida kichik hududlarda turli xil xususiyatga ega bo’lgan geotizimchalar vujudga keladi.



Download 1,98 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU: GEOGRAFIK QOBIQNING GORIZONTAL TUZILISHI

Download 1,98 Mb.