|
Biomassa va uning tarqalishi
|
bet | 46/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Biomassa va uning tarqalishi
Biosferadagi hamma tirik organizmlarning massasi biomassa deb yuritiladi va Yerning boshqa qismlariga taqqoslaganda u juda kichik ko’rsatkichga ega. Quruqlikdagi hamma tirik organizmlarning 99% ga yaqini o’simliklar massasidan iborat. SHuning uchun ko’pincha biosferadagi jarayonlar taxlil etilganda fitobiomassaning ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Biomassaning miqdoriga bir qator ekologik omillarning, ayniqsa, biotik va antropogen omillarning ta’siri juda katta, shuning uchun biomassaning Yer yuzasida tarqalishi geografik mintaqa va zonalar bilan chambarchas bog’liq. Geografik mintaqalar radiasion ko’rsatkich va atmosfera sirkulyasiyasi bilan bog’liq holda kengliklar bo’ylab joylashgan. Har bir geografik mintaqa ma’lum havo massalarining xukmronligi bilan ajralib turadi.
O’simliklarning ma’lum maydondagi massasini, Yerning geografik mintaqalari bo’ylab tarqalishi tahlil qilinganda eng ko’p miqdor ekvatorial va subekvatorial mintaqaga to’g’ri kelishini ko’ramiz. Bu mintaqalardagi biomassa arktika mintaqasidagi biomassadan qariyb 5 barobar ko’p. Ekvatorial mintaqadan tropik mintaqaga borgan sari biomassa miqdori keskin kamayib ketadi, mo’tadil mintaqada biomassa yana ko’payib subarktik va arktika mintaqalariga borgan sari kamayib boradi.
Tabiiy landshaftlarga antropogen ta’sirininig kuchayib borishi har bir ekotizmlarni shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglab olishni taqozo etadi, faqat shundagina tabiiy resurslardan oqila foydalanish va muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish mumkin. SHu nuqtai nazardan har bir tuproq – o’simlik tabiat zonalarining moddani birlamchi biologik o’rin almashish zanjiri sifatida biologik mahsuldorligini bilish muhim ahamiyatga ega. Bu sohada bir qator olimlar tomonidan ko’plab ma’lumotlar to’plangan.
Nurash qobig’i va tuproq qoplami
Tog’ jinslarini haroratning o’zgarishi, suv, shamol, muz, o’simliklar, hayvonot dunyosining mexanik, fizik yoki kimyoviy ta’sirida o’zgarishi va oxiri kelib butunlay o’zgarishi va maydalanishiga nurash jarayoni deyiladi.
Tog’ jinslari va minerallarni nurashga chidamliligi ularning ichki tuzilishi va shu joyning tabiiy geografik sharoitiga bog’liq. Minerallar ichida nurashi oson mineral dala shpati bo’lsa, nurashga chidamli mineral kvars hisoblanadi. Nurashga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy geografik sharoit deganda ma’lum joyda suvning mo’lligi yoki tansiqligi, uning xossasini o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi sharoitni o’zgarib turishi, tirik organizmlarning faoliyati, xavo harorati va namlik tushuniladi. Bu omillar ko’p jixatdan zonallik qonuniyatiga bo’ysunadi, shuning uchun quruqlikda mintaqaviy nurash qobig’i vujudga keladi.
Nurash ta’sirida minerallar qayta kristallashadi va uqalanadi. Geografik qobiq uchun moddaning eng mayda zarrachalari – gell va kolloidlar (loyqa, gumus va boshqalar) katta ahamiyaga ega.
Nurash faqat qattiq moddaga ta’sir ko’rsatib qolmasdan nurash qobig’idagi suv va xavoning xususiyatlarini ham o’zgartiradi. Eritmadagi ionlar suv bilan birga harakat kiladi, boshqa ionlar bilan birlashadi, cho’kindi hosil qiladi va kristallashadi.
Muhitninng xususiyatlarini anglatuvchi asosiy ko’rsatkichlardan biri suvdagi vodorod ionlarining miqdori – rN va oksidlanish – qaytarilish imkoniyatini ko’rsatuvchi Yeh ko’rsatkich hisoblanadi. Oksidlanish – qaytarilish imkoniyati har xil ionlarni vujudga keltiruvchi elementlarni, muhitni xususiyatlariga qarab har xil shaklda bo’lishi mumkinligini belgilab beradi. Suvning va eritmaning rN va Yeh ko’rsatkichlari kimyoviy birikmalarning turg’unligi va har xil element ionlarining harakat qilish darajasi bog’liq, rN ko’rsatkichi qancha baland bo’lsa, eritmaning nordonlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Tabiatdagi suvlarning rN ko’rsatkichi 4 -5 (nordon suv)dan 10 – 14 (ishkorli suv)gacha bo’lishi mumkin. Agar rN ko’rsatkich 7,5 bo’lsa bunday suvlar neytral suvlar deyiladi. Yuqorida ko’rsatilgandek kimyoviy elementlarning harakati ko’p jihatdan suvning rN ko’rsatkichi bilan bog’liq. Masalan, botqoqlarda suvning rN ko’rsatkichi 4, Yeh ko’rsatkichi esa 0,4 – 0,5V bo’lganligi uchun temir elementining atomlari eritma tarkibida bo’ladi. Botqoqlikdan oqib chiquvchi suv boshqa muhitga o’tadi, kislorodga boyiydi, nordonligi ortadi va temir elementining atomlari erimaydigan birikma hosil qilib cho’kadi. SHunday jarayon natijasida botqoqlarda temir rudasi to’planishi, g’ovak tog’ jinslari temirga boyishi mumkin. Eritmadagi temirni bir geokimyoviy sharoitdan ikkinchi geokimyoviy sharoitga o’tishi natijasida qadim eralarda, jumladan, proterozoyda ulkan temir ruda konlari to’plangan. Misol tariqasida Kursk magnit anomaliyasi va Krivoyrog konlarini ko’rsatishimiz mumkin.
Nurash jaryonida Yer yuzasida o’ziga xos qatlam nurash po’sti – geologik farmasiyani vujudga keltiradi. Nurash po’sti parchalangan (oksidlanish, gidrasiya va gidroliz ta’sirida maydalangan) mahsulotlardan va ishqorsizlangan tog’ jinslaridan tashkil topadi. Agar ular dastlab hosil bo’lgan joyda qolsa uni qoldiq nurash po’sti, agar biror joydan boshqa joyga olib ketilgan bo’lsa qayta yotkizilgan nurash po’sti hosil bo’ladi.
Nurash po’stining qalinligi odatda 30 – 60 m, ba’zan 200 m.gacha yetadi. Tog’lar va baland teksliklarda nurash po’sti sidirg’a bo’lmay, faqat pastqam joylardagina uchraydi.
Nurash po’sti barcha geologik davrlarda hosil bo’lgan. Nurash tezligi, uning kimyoviy xususiyatlari va qalinligi bir qator geologik, geografik va biologik omillarga bog’liq. Nurash po’stining xususiyatlari ham asosiy geografik qonuniyat-geografik zonallik qonuniyatiga bo’ysungan holda shakllanadi, uni 6- jadval tahlilidan ko’rish mumkin.
Nurash po’stining eng yuqori qismi tuproq qoplamidan iborat. Tuproq o’ziga xos tabiat mahsuli bo’lib, u hosildorlik xususiyatiga ega, ya’ni o’simliklar hosil berishi uchun ularni kerakli ozuqa moddalar va namlik bilan ta’minlab turuvchi qatlam hisoblanadi. Tuproqda ko’plab har xil organizmlar, bakteriyalar, tuproq mikrofaunasi, zamburug’lar, o’simliklarning tomirlari joylashgan, ba’zi bir jonivorlar istiqomat qiladi. Tuproq hosil bo’lgan tog’ jinslari tuproq ona jinsi deyiladi. Tuproq hosil bo’lish jarayoniga tog’ jinslaridan tashqari iqlim, relyef, o’simliklar va hayvonot dunyosi katta ta’sir ko’rsatadi. Tuproq qonuniy ravishda joylashgan qatlamlardan iborat murakkab tuzilishga ega.
6 – jadval
Nurash po’stidagi geokimyoviy jarayonlarning geografik zonalligi
Geografik zonalar
|
Nurash po’stining geokimyoviy turlari
|
Geokimyoviy jarayon
|
Nurash sharoiti va elementlar migrasiyasi
|
Grunt suvlarining zonalligi va minerallanish darajasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Qutb cho’llari, tundra
|
Litogen (bo’lakli)
|
Emirilgan jinslarni mexanik aralashmasi, kimyoviy elementlar sust yuviladi.
|
Nurash past haroratli muhitda ro’y beradi. Kimyoviy va biologik nurash sust. Tuproq suvlari nordon
|
Ulьtrachuchuk, gidrokabonatli tuzlar miqdori 0,1 gg’l
|
Mo’tadil mintaqa o’rmonlari
|
Siallit- gilli
|
SiO2, Al2O3, Fe2O3 gidratlari (siallitlar) aralashmasini vujudga kelishi; SiO2 ni podzol gorizontda to’planishi va Al2O3, Fe2O3 ni quyi gorizontlarga yuvilishi; Cl, Na, Ca, Mg, K va boshqa elementlarni yuvilib ketishi
|
Nurash o’rta nam va issiq sharoitda amal-ga oshadi. Gumus kislota-lari bu jarayonda faol ishtirok etadi, eritmalarni quyi qatlam-lariga yuvilishi. Tuproq eritmalari nordon.
|
Gidrokarbo nat-kalsiyli. Tuzlar miqdori 0,1-1 gg’l.
|
Mo’tadil mintaqa-ning dashtlari va chalacho’l lari
|
Siallit karbonatli
|
SiO2, Al2O3, Fe2O3 gidrat-lari (siallitlar) aralashmasini vujudga keli-shi; Ca, Mg, K va nisbatan Na ni to’planishi. Ayniqsa, Sa ko’p to’planadi.
|
Nurash o’rtacha issiq, o’rtacha nam muhitda amalga oshadi. Tuproq erit-masi neytral
|
|
Subtropik va tropik mintaqa
larning cho’llari va chala cho’llari.
|
Siallit – xlorid – sulfatli
|
Nurashning gidratlangan maxsulotlarni (siallitlarni)vujudga kelishi;SiO2 ni harakatchanligi va Cl, Na, Ca,Ng tuzlarni yig’ilishi.
|
Nurashning issiq va nam yetishmaydigan muhitda amalga oshishi. Yer yuzasiga past-dan ishqorli eritmalarni harkat qilishi. Organik dunyoning nurashga ta’sirining sustligi.
|
Xloridli, tuzlar miqdori 10 gg’l dan ko’p
|
Issiq mintaqa-larning nam o’rmon lari.
|
Siallit – ferralitli va allitli
|
Sifferritlar va allitlarni vujudga kelishi, SiO2, Ca, Mg, Na, K va boshqa elementlarni yuvilishi, Al2O3, Fe2O3 ni to’planishi.
|
Nurashni issiq va nam muhitda amalga oshishi, yuvilish jarayonini faol amalga oshishi. Tuproq eritmalari biroz nordon yoki neytral.
|
CHuchuk organik- kremniyli, tuzlar miqdori 0,1 gg’l
|
Bu qatlamlar bir-biridan o’zlarining rangi, zichligi, namligi, mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Hosil bo’lgan sharoitga qarab asosiy tuproq turlari zonal joylashganini ko’rishimiz mumkin. Bunday zonal tuproqlar asosan 4 guruh: 1) mo’tadil mintaqa o’rmonlarining podzol tuproqlari; 2) mo’tadil mintaqa dashtlarining qora tuproqlari; 3) mo’tadil mintaqaning dasht-cho’l tuproqlari va 4) issiq mintaqalarning laterit tipidagi tuproqlar guruhiga ajratsa bo’ladi. Ba’zi tuproqlar Yer sharida alohida zonalar vujudga keltirmasdan joylashadi. Ular introzonal tuproqlar deyilib, unga botqoq tuproqlari, sho’rxok tuproqlar va boshqa bir qator tuproq turlari kiradi.
|
| |