Umumiy tabiiy geografiya




Download 1,98 Mb.
bet45/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Okeandagi mavjudotlar
Okean tirik organizmlar vujudga kelgan birlamchi muhit hisoblanadi. Uning shakllanishi sayyoramizning ilk shakllanish davriga to’g’ri keladi. Okean muhiti hayotni rivojlanishi uchun qulay, o’ziga xos muhit hisoblanadi. Okeanda, suvda suv organizmlari uchun zarur bo’lgan xamma kimyoviy elementlar eritma tarkibida mavjud. Okean suvi doimo harakatda bo’lib, uning suvini almashib turishida dengiz oqimlarining ahamiyati juda katta. Gorizontal harakatdan tashqari suvning vertikal harakati ham mavjud. Bu harakatlar natijasida Dunyo okeaninig suvlari bir butun muhit, gidrosferani vujudga keltiradi.
Dunyo okeanining maydoni 361 mln.km2 atrofida bo’lib unda 1,37 mlrd.km3 suv to’plangan. Okean suvlarida 48 1015t har xil tuzlar eritma shaklida mavjud. Okean hayot muhitining chegarasi yo’q. SHuning uchun har xil organizmlar yashashi va shakllanishi uchun qulay. Eng qadimgi organizmlarning mikroqoldiqlari suvda yashovchi organizmlar bo’lganligi aniqlangan.
Hisob kitoblarga ko’ra okeanda 160 mingga yaqin hayvon va 10 mingga yaqin o’simlik turi mavjud. Hayvonlar ichida 16 ming baliq turi, 80 ming molyuskalar turi, 20 mingga yaqin qisqichbaqasimonlar turi, 15 mingga yaqin sodda organizmlar va boshqalar mavjud. Umurtqalilar orasida baliqlardan tashqari okeanda toshbaqa va ilonlar, 100 ga yaqin sutemizuvchi (kitsimonlar) hayvon turlari mavjud.
O’simliklar orasida Dunyo okeanida suv o’tlarining turi ko’p. Yashil suv o’tlarining 5000ga yaqin, diatomlarning ham 5000ga yaqin turi bor. Dengiz organizmlari, ayniqsa, ularning kattaligi juda xilma – xil. Hayvonot dunyosi tarkibida ham, o’simliklari orasida ham ko’zga ko’rinmaydigan mikroorganizmlardan tortib, uzunligi bir necha o’n metrga etuvchi organizmlar ham bor. Dengiz organizmlarini uchta ekologik guruh: plankton, nekton va bentosga ajratish mumkin. Ular asosan ikkita oblast – dengiz tubi va uning ustidagi suvda yashaydi.
Plankton (yunonchasiga – «muallaq suzuvchi») mikroskopik organizmlarning yirik guruhi bo’lib, suvda muallaq yuradi, dengiz oqimiga qarshi yura olmaydi. Suv tubiga cho’kib ketmasligi uchun ular moslashishiga harakat qiladilar. Moslashish oqim usulida yoki o’zining tanasini massasini kamaytirish kerak yoki ishqalanish kuchini orttirishi lozim. SHuning uchun ularning har xil shakllarini uchratishimiz mumkin. Ularning ba’zilarining hajmi juda kichik, ba’zilari disksimon yoki uzun tuklari, dumlari bor. Planktonlarning ba’zilari o’z massasini kamaytirish uchun tanasidagi suv miqdorini ko’paytirishi lozim, masalan, meduza tanasidagi suvning miqdori 95 – 98% gacha yetadi. Planktonlarning asosiy qismi 200 m gacha bo’lgan chuqurlikkacha, ayniqsa 25 – 40 m chuqurlikda yashaydi.
Nekton (yunonchasiga «suzuvchi») mustaqil harakat qiluvchi suv organizmlari baliqlar, sutemizuvchilar, molyuskalardan iborat. Ularning ba’zilari (har xil baliqlar, kitsimonlar, tyulenlar, dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, kalьmar va osminoglar) uzoq masofaga ko’chib yura oladilar.
Bentos (yunonchasiga «chuqurda yashovchi») dengiz tubida yashovchi organizmlardan iborat. Ulardan ba’zilari okean tubiga yopishib oladilar, ba’zilari o’troq (marjonlar, suv o’tlari va h.k.) yoki toshlar orasiga o’yib kirib ketuvchi (molyuskalar, ignali chuvalchanglar), o’rmalab yuruvchi (qisqichbaqasimonlar, ignaterili organizmlar), erkin suzib yuruvchi (kambala, skat) sifatida yashaydilar.


Download 1,98 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Download 1,98 Mb.