Umumiy tabiiy geografiya




Download 1,98 Mb.
bet41/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
Havo massalari
Harorati, namligi va boshqa o’lchamlari bir xil bo’lgan havoning juda katta xajmdagi bo’laklari havo massalari deb ataladi. Ularning o’lchamlari materiklarning yoki okeanlarning ayrim qismlariga teng bo’ladi.
Troposfera kœndalang yo’nalishda havo massalariga bo’linadi. Troposferada bir paytning o’zida bir necha o’nlab havo massalari mavjud bo’lishi mumkin. Ular doimo xarakatda bo’ladi, shuning uchun ularining xossalari doimo o’zgarib turadi va issiq, quruq, yomg’irli, sovuq ob – havoni olib kelishi mumkin.
Ikki qo’shni havo massalari oralig’ida atmosfera frontlari vujudga keladi. Frontlar ikki havo massasini bir – biridan ajratib turadigan oraliq qatlamdir. Uning kengligi bir necha o’n kilometr bo’lishi mumkin. Atmosfera frortlarida havo tez suratlarda harakatlanadi, siklonlar va antisiklonlar hosil bo’ladi, yog’inlar yog’adi, ob – havo keskin o’zgaradi. Atmosfera frortlari troposferaning eng xarakatchan qismidir. Troposferada ekvatorial, tropik, mo’’tadil, arktika va antarktika havo massalari ajratiladi. Ular o’z navbatida kontinental va dengiz turlarga bo’linadi.
Ekvatorial havo massalari (EXM) ekvatorial kengliklarda vujudga keladi. Yil bo’yi xarorati va namligi yuqori. Okean va quruqlik havo massalari bir xil xususiyatga ega, shuning uchun bu yerda dengiz va quruqlik havo massalari ajratilmaydi. Yozda ekvatorial havo massalari subekvatorial mintaqaga bostirib kiradi va ko’p yog’in yog’ishiga sabab bo’ladi.
Tropik havo massalari. Tropik va subtropik kengliklarda okean va quruqlik ustida vujudga keladi (Saxroi Kabir, Arabiston yarim oroli, Meksika, Avstraliya). Yozda tropik xavo massalari mo’’tadil mintaqaning quruq xududlarida xam vujudga keladi (O’rta Osiyo, Mug’uliston, SHimoliy Xitoy, Katta xavza). Kontinental tropik havo yuqori harorat va namlikning kamligi bilan ajralib turadi. Quruq xududlardagi havo tarkibida changlar ko’proq bo’ladi. Dengiz tropik xavosida nam ko’proq bo’ladi, ammo haroratning yuqoriligi tufayli to’yinish chegarasidan ancha pastda. Natijada okeanlarning tropik kengliklarida bug’lanish ko’p bo’ladi.
Mo’’tadil havo massalari mo’’tadil kengliklarda vujudga keladi va xilma – hilligi bilan ajralib turadi. Mo’’tadil mintaqaning kontinental havosi materiklar ustida shakllanadi. Ular yil fasllari davomida o’zgarib turadi. Yozda havo kuchli qiziydi va sernam bo’lib qoladi. Qishda kuchli sovib ketadi va quruq bo’lib qoladi. Mo’’tadil dengiz havosi okeanlar ustida tarkib topadi, sernamligi va mo’’tadil harorati bilan ajralib turadi. Qishda mazkur havo massalari iliqlik va yomg’ir olib keladi, yozda esa salqin, yomg’irli ob – havoni olib keladi.
Arktika va Antarktika havo massalari muz va qorlar ustida shakllanadi. Qishda juda sovib ketadi, ayniqsa qutbiy tunlar davrida. Mazkur havolar past harorat, nisbiy namlikning kamligi va tiniqligi bilan ajralib turadi. Kontinental havo massalari Grenlandiya, Antarktida va qutbiy orollar ustida tarkib topadi. Dengiz havo massalari SHimoliy Muz okeani va janubiy okeanning ochiq joylarida vujudga keladi.


Download 1,98 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Download 1,98 Mb.