|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 44/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Quruqlikdagi mavjudotlar
Hisob kitoblarga qaraganda yerdagi tirik organizmlarning umumiy massasi 2,42x1012t. quruqlikdagi tirik organizmlarning massasi dunyo okeanidagidan qariyb 800 barobar ko’proq. Agar dunyo okeanidagi tirik organizmlar massasining asosiy qismi hayvonot dunyosiga to’g’ri kelsa, quruqlikda aksincha biomassaning 99% ga yaqini yashil o’simliklar massasiga to’g’ri keladi. Okeanlarda organizmlar notekis taqsimlangan bo’lsada, ularni qariyb hamma joyda, okean yuzasidan uning tubigacha bo’lgan joyda uchratishimiz mumkin. Materiklarda o’simliklar yupqa parda sifatida tarqalgan bo’lib, ba’zi joylarda, masalan materik muzliklari tarqalgan joylarda deyarli yo’q.
Atrof – muhitni sharoitiga moslashgan holda organizmlar o’ziga xos tashqi ko’rinishga, fiziologik xususiyatlarga, ichki tuzilisha ega bo’lganlar. O’simlik va hayvonot dunyosini tarqalishiga har xil ekologik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Ular uch guruh omillaridan iborat bo’lib, abiotik, biotik va antropogen omillarga ajratiladi. Abiotik omillar ichida iqlimiy, tuproq omillari muhim ahamiyatga ega. O’simliklar tanasidagi asosiy jarayonlar – fotosintez, transpirasiya modda almashishi faqat ma’lum sharoitda issiqlik, namlik yorug’lik yetarlicha bo’lgandagina amalga oshadi. O’simliklarni geografik tarqalishida ayniqsa haroratning ta’siri juda katta. Quruklikdagi har xil landshaft turlarining tarqalishi xam shu omil bilan bog’liq. Masalan, Yevropada kengbargli dub daraxtining tarqalish chegarasi yanvar oyining 00 izotermasi bilan chegaralangan bo’lsa, xurmo daraxtining shimoliy chegarasi yillik +190 izoterma bilan cheklangan. Havo harorati bilan hayvonlarning fiziologik va morfologik tuzilishida, o’simliklarning tashqi ko’rinishiga shamolning ta’siri xaqida ko’plab ma’lumotlar mavjud.
Yer osti o’simliklari uchun namlikning ahamiyati juda katta. O’simliklar o’ziga kerakli suvni tuproqdan tomirlari orqali so’rib oladi va yashil qismi orqali bug’latadi. Masalan, bitta oq qayin sutkasiga 75 l, buk daraxti 100 l, lipa daraxti 200 l gacha suvni bug’latadi. Suvga bo’lgan munosabatiga qarab o’simliklar gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlarga ajratiladi.
Organizmlar hayotida biotik omillar xam muxim ahamiyatga ega. Har bir tirik organizm boshqa organizmlar mavjud muhitda, ular bilan chambarchas bog’langan xolda yashaydi. Natijada bir – biri bilan bog’langan organizmlar to’plami vujudga kelib ular biogeosenozni vujudga keltiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan omillar natijasida materiklarda geografik jarayonlarni bo’ylama va ko’ndalang zonalari vujudga kelgan. O’simliklar massasini geografik mintaqalar bo’ylab tarqalishida o’ziga xos qonuniyat mavjud bo’lib, u asosan atmosfera sirkulyasiyasi va radiasion chegaralar bilan bog’liq. Olingan ma’lumotlarga qaraganda biomassaning eng ko’p miqdori ekvatorial mintaqaga to’g’ri keladi. Tropik mintaqaga borgan sari uni miqdori kamayib, mo’tadil mintaqada yana biroz ko’payadi.
|
| |