Mavjudotlarning (organizmlarning) xillari va vazifalari




Download 1,98 Mb.
bet43/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Mavjudotlarning (organizmlarning) xillari va vazifalari
Sayyoramizdagi tirik moddaning elementar kimyoviy tirkibi bir qator kimyoviy elementlar, asosan H, S, O, R, N, S, kabi elementlardan iborat, shuning uchun bu elementlar biofil elementlar deyiladi. Bu elementlarning atomlari tirik organizmlarda suv va har xil mineral tuzlar bilan birgalikda murakkab molekulalarni vujudga keltiradi. Bunday molekulyar tuzilmalar uglevodlar, lipidlar, oqsillar va nuklein kislotalardan iborat.
Uglevodlar – S, N, O dan iborat organik modda bo’lib, umumiy kimyoviy tarkibi CnH2nOn formulasi sifatidagi kœrinishga ega. Uglevodlar sodda – monoshakar va murakkab yarimshakar shaklida bo’lishi mumkin. Uglevodlar har xil shakldagi ќujayralarning asosiy energiya manbai hisoblanadi. Ular o’simliklarda turђun to’qimalarni vujudga keltiradi va organizmlar uchun zaxiradagi ozuqa moddasi hisoblanadi. Uglevodlar yashil o’simliklardagi fotosintez jarayonini birlamchi mahsulidir.
Lipidlar – ular moy va moysimon moddalar bo’lib, suvda yomon eriydi, asosan N va S dan iborat. Hujayra devorchalari (membranalar) lipidlardan tuzilgan. Moy issiqlikni sekin o’tkazishligi sababli organizmlarda himoya funksiyasini bajaradi, zarur paytda organizmlar uchun zaxiradagi ozuqa siftida xizmat kiladi.
Oqsillar – organizdagi eng murakkab kimyoviy birikmalar bo’lib, 20 ga yaqin har xil aminokislotalar yig’indisidan iborat. Oqsillar molekulasi murakkab va xajmi katta, shuning uchun ularni makromalekulalar xam deyishadi. Xoxlagan aminokislotani molekulasi o’ziga xos bo’lgan qismdan yoki radikaldan (R) va hamda aminokislotalarga xos bo’lgan aminoguruxlar (NH2) va karboksil (SOON) guruxi qismidan iborat. Oqsil molekulalari o’nlab yoki yuzlab aminokislotali molekulalar zanjiridan iborat. Tirik organizmlarda oqsillarni ko’pligi kimyoviy reaksiyalarni o’nlab, yuzlab million marotaba tezlashtiruvchi tabiiy katalizator – ferment rolini o’ynaydi. Hozir minglab bunday fermentlar mavjud. Ularning tarkibiga oqsildan tashqari Ng, Fe, Mn va boshqa metal atomlari xam kiradi. Nuklein kislotalari – xujayralar yadrosida joylashgan bo’lib kislotalaring ikki xili – dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein ( RNK) kislotalaridan iborat. Organizmlarni tashqi muhit bilan aloqasi oziqlanish, nafas olish va elskrement ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Oziqlanishiga qarab hamma organizmlar avtotrof va geterotrof organizmlarga ajratiladi. Avtotrof organizmlar to’g’ridan – to’g’ri atrofdagi mineral moddalarni iste’mol qilish xususiyatiga ega bo’lib, unga asosan fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi o’simliklarning asosiy qismi kiradi. Geterotrof organizmlar tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchilar bo’lib unga mikroorganizmlarning ko’p qismi va xamma jonivorlvr kiradi. Ba’zan geterotrof va avtotrof organizmlar orasidagi chegarani o’tkazish qiyin, chunki ulardan ba’zilari xam avtotrof xam geterotrof oziqlanish imkoniyatiga ega. Bunday organizmlar miksotrof organizmlar deyilib, unga asosan suvdagi bir hujayrali organizmlar kiradi. Ular suvning yorug’lik darajasi yetarlicha bo’lsa avtotrof, suv qorong’i bo’lganda suvda erigan organik moddalarni iste’mol qiladi.
Biosferada moddaning o’rin almashishi Ozuqa zanjiri orqali bir – biri bilan bog’langan organizmlar ta’sirida amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha organizmlar produsent, Konsument va Redusentlarga ajratiladi. Produsentlar biosferada yashovchi hamma organizmlarni organik modda bilan ta’minlovchi yashil o’simliklardan iborat bo’lsa, Konsumentlar geterotrof organizmlardan iborat. Redusentlar organik moddani parchalovchi organizmlardan iborat bo’lib ular asosan bakteriyalar, zamburug’lar, sodda organizmlardan iborat.
Biosferadagi organizmlarning ko’pchiligi erkin kislorod mavjud muhitda yashovchi aerob organizmlardan iborat. Qolgan qismi kislorodsiz muhitda yashovchi organizmlar bo’lib, ular asosan mikroorganizmlardan iborat.
Sayyoramizdagi organik dunyo qadimdan o’simliklar va xayvonot dunyosiga ajratiladi, hozir tirik organizmlarning xujayralar darajasida o’rganish natijasida ular ikkita yirik guruxga ajratish imkoni yaratdi. Ular prokariot va eukariot guruhlardan iborat. Prokariot organizmlarga bakteriyalar va ko’k yashil suv o’simliklari kiradi. Biosferada eng ko’p tarqalgan organizmlar bakteriyalar bo’lib, eng kichik sharsimon bakteriyalarning diametri 0,1 mkm atrofida bo’ladi. Bakteriyalarning ko’pchiligi cho’zinchoq, yo’g’onligi 0,5 – 1 mkm, uzunligi 2 – 3 mkm keluvchi tayoqcha shaklidagi organizmlardan iborat. Bakteriyalar hamma joyda uchraydi, lekin eng ko’p tuproq qatlamida to’plangan. 1 gr tuproqda 200 – 500 mln, hosildor qora tuproqlarning 1 grammida 2 mlrld.dan ortiq bakteriya uchraydi. Toza suvning 1 grammida 100 – 200 bakteriya bo’lsa, iflosroq suvda uning soni 100 – 300 mingga yetishi mumkin. Ko’k – yashil o’simliklar asosan chuchuk suv havzalarida ko’proq uchraydi.
Eukariot organizmlar o’simliklar, qo’ziqorinlar, hayvonlardan iborat.
O’simliklar biosferadagi shakli, kattaligi xaddan tashqari xilma – xil organizmlardan iborat bo’lib, asosan fotosintez jarayoni bilan bog’liq avtotrof organizmlar hisoblanadi. Ular ning alohida katta bir guruhi suv o’simliklari bo’lib ular xlorofill hujayrali sodda changli o’simliklardir. Suv œtlari sayyoramizdagi eng qadimgi suv va karbonat angidridi hisobiga fotosintez jaryoni amalga oshirgan organizmlar bo’lib azot, oltingugurt, fosfor, qaliy va boshqa tirik hujayra uchun zarur elementlarni o’zlashtirish imkoniga ega.
Boshqa oliy tabaqali o’simliklar quruklikda keng tarqalgan bo’lib, ulardan eng katta guruhi yopiq urug’li o’simliklarning 250 mingga yaqin turi mavjud.
Qo’ziqorinlar guruhining 100 mingga yaqin turi mavjud bo’lib, xlorofilsiz sodda organizmlardan iborat. Xamma qo’ziqorinlar geterotrof organizmlar bo’lib oziqlanishiga qarab parazitlar, saprofitlar va simbiontlarga ajratiladi. Ulardan 75% ga yaqin o’simliklarni chirindisi bilan oziqlanuvchi saprofitlar hisoblanadi.
Hayvonlar geterotrof organizmlardan iborat bo’lib ularni shakli juda xilma – xildir. Eng ko’p tarqalgan guruh chlenistonogiylar bo’lib, xashoratlar sinfi shu guruhga kiradi. Quruqlikning organik dunyosi suvning organik dunyosiga nisbatan ancha xilma – xil va boy. Agar quruqlikdagi hayvonot dunyosining turlari 93% ni tashkil etsa, suvdagilari 3% ni, o’simlik turlaridan 92% quruqlikda, 8% suvda yashaydi. SHundan organizmlarni quruqlikka geologiya tarixida ko’chishi evolyusion taraqqiyotni tezlashtirib yuborganini ko’rishimiz mumkin.



Download 1,98 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavjudotlarning (organizmlarning) xillari va vazifalari

Download 1,98 Mb.