Tabiat zonalligi va tabiat zonalari




Download 1,98 Mb.
bet51/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
Bog'liq
123, inklyuziv-madaniyat-inklyuziv-ta-lim-muvaffaqiyatining-asosiy-omili
Tabiat zonalligi va tabiat zonalari.
Geografik qobiqda tabiat komplekslarining ekvatordan qutblar tomon qonuniy almashinishi zonallik deyiladi. Zonallik geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zonallikning asosiy sababi Yer yuzasida issiqlik va namlikning notekis taqisimlanishidir. Yerning sharsimonligi tufayli geografik qobiqda Quyosh nuri va issiqligi notekis taqsimlanadi. Natijada geografik qobiqda harorat, bug’lanish, yog’inlar, shamollar, iqlim, nurash va tuproq hosil bo’lish jarayonlari, o’simlik va boshqalar ham kengliklar bo’yicha zona-zona bo’lib tarqalgan.
Yer yuzasi bir xil bo’lgan taqdirda, har bir tabiat zonasi g’arbdan sharqqa cho’zilgan uzun hududdan iborat bo’lgan bo’lar edi. Ammo quruqlik va dengizlarning bir xilda taqsimlanmaganligi, iliq va sovuq dengiz iqlimlarining mavjudligi va Yer yuzasi relyefining xilma-xilligi tabiat komplekslarini kengliklar bo’ylab joylanishini buzadi.
Zonallik qonuniga bo’ysunadigan hodisalarlan tashqari geografik qobiqda azonal hodisalar ham mavjud. Azonal hodisalarga Yer po’stidagi tebranma harakatlar, dengiz transgressiyalari va regressiyalari, uzilmalar, burmalar, tog’lar, intruziv jinslar, zilzilalar va vulkanlar kiradi. Mazkur jarayonlarning manbai Yerning ichki qismidagi hodisalardir.
Yer yuzasi landshaftining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va azonal omillarning yig’indisi va o’zaro ta’siri natijasidir. Geografik qobiqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchraydigan joy hech yerda yo’q. Zonal va azonal xususiyatlar hamma vaqt birga uchraydi.
Tabiiy zonallik geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir. Tabiat mintaqalarining va zonallikning mavjudligini grek olimlaridan eramizgacha bo’lgan V asrdayoq Gerodot (485-425 y mil.av.) va Evdoniks (400-347 y mil.av.) aniqlashgan. Ular Yer yuzasida beshta zonani ajratishgan: tropik, ikkita mo’’tadil va ikkita qutbiy. Rimlik faylasuf va geograf Posidoniy mil.av. II-I asrlarda (mil.av. 135-51 y) iqlimi, o’simligi, gidrografiyasi va aholining xo’jalik faoliyatiga qarab bir qancha zonalarni ajratadi.
Zonallik qonuniyatini rivojlanishida nemis olimi A.Gumbolьdtning xizmatlari juda katta.
Zonallik to’g’risidagi hozirgi ta’limot V.V.Dokuchaev ishlariga asoslanadi. V.V.Dokuchaev 1899 yili «K ucheniyu o zonax prirodo’. Gorizontalьno’e i vertikalьno’e pochvenno’e zono’» nomli risolasini chop etadi. Mazkur risolada zonallik qonuni asoslab beriladi. Zonallikni o’rganish bo’yicha A.A.Grigorьev juda muhim nazariy ishlarni amalga oshirdi. F.N.Milьkov (1990 y) tarkibli va landshaft zonalligini ajratadi.
Har bir iqlim mintaqasida namlikni va issiqlikni notekis taqsimlanishi natijasida qator tabiat zonalari vujudga keladi. Quyida tabiat zonalarining tavsifi qisqacha bayoni beriladi. Ekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Mazkur mintaqa ekvatorning har ikki tomonidagi tor hududni o’z ichiga oladi. SHimoliy yarimsharda 5-8o va janubiy yarimsharda 4-11o kenglikkacha davom etadi. Mazkur mintaqada harorat doimo yuqori (q24q28o), yog’inlar serob (1500-3000 mm), bioximik va geomorfologik jarayonlar faol bo’ladi. Ekvatorial mintaqada okean suvlari harorati ham yuqori, sho’rligi kam va chuqurdagi suvlarning kuchli ko’tarilma oqimlari mavjud.
Mazkur iqlim mintaqasi doirasida ikkita tabiat zonasi ajratiladi: a) nam ekvatorial o’rmonlar va b) bargini to’kadigan doimiy yashil o’rmonlar
- nam ekvatorial o’rmonlarda iqlim doimiy nam va issiq, o’rtacha oylik harorat q25o dan pastga tushmaydi. Yog’in miqdori bug’lanuvchanlikdan ko’p, shuning uchun gidrografik tarmog’i sersuv va zich, botiqlarda ko’llar ko’p, grunt suvlari chuchuk va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Nurash jarayoni juda tez sodir bo’ladi. Natijada qalin nurash qobig’i hosil bo’ladi. Namlikning mo’lligi tufayli organik moddalarning parchalanishi tez kechadi, shuning uchun tuproqlarda gumus miqdori kam qizil tuproqlar hosil bo’lgan. Daraxtlar baland, turi ko’p, doimiy yashil. Daraxtlar qalin bo’lganligi uchun o’rmon tagi ko’lanka bilan qoplangan, shuning uchun o’t va butalar kam rivojlangan, daraxtlarga chirmashib o’sadigan lianalar va daraxtlarda yashaydigan epifit o’simliklar yaxshi rivojlangan. Hayvonot olami ham xilma-xil. Hayvonlarning ko’pi daraxtlarda yashaydi. Mazkur zona Janubiy Amerikada, Afrikada, Janubi-SHarqiy Osiyoda va Okeaniya orollarida tarqalgan:
- bargini to’kadigan doimiy yashil o’rmonlar zonasi. Tabiiy sharoiti doimiy yashil nam o’rmonlar zonasi bilan bir xil ammo floristik nuqtai nazardan turlicha. Qisqa yomg’irsiz davrda namgarchilik kamayadi, ba’zi daraxtlar bargini to’kadi, ba’zilari barg chiqaradi. Natijada o’rmon doimiy yashil bo’lib turaveradi. Daraxtlar bargi bir yildan o’n besh yilgacha yashaydi (mo’tadil mintaqada qarag’ayning barglari ikki yil, yelniki o’n ikki yil yashaydi). Agar mo’tadil mintaqada daraxtlar bargini qishda qurib qolmaslik uchun to’ksa (chunki daraxt tomirlari qishda namni torta olmaydi), tropik o’rmonlarda esa daraxtlar kremniy kislotasining ortiqchasidan xolos bo’lish uchun to’kadi. Kremniy kislotasi tuproqdan o’tib, barglarda to’planadi va ularni qotib qolishiga sabab bo’ladi.
Subekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Ekvatorning ikki tomonida shimoliy va janubiy yarim sharlarda joylashgan. Yoz sernam, issiq, qish quruq va yog’insiz. Mazkur mintaqada ikkita tabiat zonasi shakllangan: a) subekvatorial musson aralash o’rmonlar zonasi; b) savanna va siyrak o’rmonlar zonasi.

  1. Subekvatorial musson aralash o’rmonlar zonasi. Janubiy va Markziy Amerikada, Janubiy Osiyoda va SHimoli – sharqiy Avstraliyada tarqalgan. Ikkita fasl mavjud. Sernam va issiq yoz, qisqa yog’insiz quruq qish ajratiladi (2,5 – 4,5 oy). Qizil laterit tuproqlari tarqalgan. Aralash bargini to’kadigan doimiy yashil o’rmonlar va quruq qish faslida tamoman bargini to’kadigan o’rmonlardan iborat.

2. Savanna va siyrak o’rmonlar zonasi Janubiy Amerikada, Afrikada, Janubiy Osiyoda va SHimoliy Avstraliyada tarqalgan. O’rtacha oylik harorat +150+320. Ekvator yonidagi sernam yoz tropik yonidagi quruq fasl bilan almashinib turadi. Sernam fasl 8-9 oy davom etadigan joylarda baland o’tloqli savannalar, 6 oy davom etadigan joylarda tipik savannalar va quruq fasl uzoq davom etadigan joylarda cho’llashgan savannalar tarqalgan. Savannalar bu tropik kengliklardagi o’simliklar turi bo’lib, unda o’tloqlar bilan birga siyrak daraxtlar ham o’sadi. Asosan boshoqli o’tlar keng tarqalgan. Daraxtlari pakana, zontiksimon, ko’p daraxtlar tanasida suv saqlaydi (baobab, butulkasimon daraxt).
Tropik mintaqaning tabiat zonalari. SHimoliy va janubiy yarim sharlarning 20-300 kengliklari oralig’ida joylashgan. Yuqori harorat (o’rtacha oylik harorat q100), passat shamollari hukmronligi, yog’in miqdorining kamligi (<200mm) bilan ajralib turadi. Mazkur mintaqada quyidagi tabiat zonalari shakllangan: nam tropik o’rmonlar, tropik siyrak o’rmonlar, quruq o’rmonlar va savannalar zonasi, tropik chala cho’llar va cho’llar zonasi.
-nam tropik o’rmonlar uchun quyidagi xususiyatlar xos: doimiy issiq iqlim, o’rtacha, oylik harorat q18o S ga pasayishi mumkin. Yong’insiz quruq fasl ham ajratiladi, ammo u davr qisqa vaqt davom etadi, shunga qaramasdan mazkur davrda bug’lanish yog’in miqdoridan ko’p. Tropik o’rmonlar tog’larning sernam yonbag’irlarida keng tarqalgan. Grunt suvlari chuchuk va Yer yuzasiga yaqin joylashgan. Suv ayirg’ichlarida tarqalgan o’rmonlardagi daraxtlar quruq yog’insiz davrda bargini to’kadi. Bunday o’rmonlar musson o’rmonlari deb ataladi. Quruq
davrning qisqaligi tufayli daryo vodiylari bo’ylab doimiy yashil o’rmonlar rivojlangan (Hindiston yarim orolining g’arbiy qismi, Afrikaning Gviana qirg’oqlari, Braziliyaning sharqiy qirg’oqlari, Markaziy Amerika va Madagaskar orolining sharqiy qismi). Yog’in miqdoriga qarab va quruq yog’insiz faslning davom etishiga qarab tropik nam o’rmonlar, bargini to’kadigan quruq tropik o’rmonlar, doimiy yashil tropik o’rmonlar (kserofit dag’al bargli daraxtlardan iborat) ajratiladi. Hayvonot dunyosi ekvatorial o’rmonlar hayvonlardan farq qilmaydi. Qizil tuproqlar tarqalgan;
- tropik siyrak va quruq o’rmonlar va savannalar zonasi janubiy (Gran-CHako) va Markaziy Amerikaning sharqiy qismlarida, Afrikada (Kalahari) va Avstraliyada keng tarqalgan. Iqlimi quruq (o’rtacha oylik harorat q12oq30o), yillik yog’in miqdori 200 mm.dan 1000-1200 mm.gacha. Yog’inlarning 75% yozda yog’adi. Qish quruq, bu paytda daraxtlar yoppasiga bargini to’kadi, o’tlar qurib qoladi, kserofit butalar va sukkulentlar keng tarqalgan. Ancha quruq hududlarda siyrak o’rmonlar va cho’llashgan savannalar, sernamroq hududlarda quruq o’rmonlar va savannalar tarqalgan. Jigarrang – qizil, qizilqo’ng’ir va bo’z-jigarrang tuproqlar tarqalgan. Tropik siyrak o’rmonlar bir-biridan ancha uzoqda joylashgan va quruq faslda bargini to’kadigan daraxtlardan iborat. Daraxtlarning pastki yarusida tikonli o’simliklar keng tarqalgan. Siyrak o’rmonlarda savannalardan farq qilib boshoqli o’tlar uchramaydi yoki juda kam;
- tropik chala cho’llar zonasiga Afrika, Osiyo, Avstraliya, SHimoliy va Janubiy Amerikaning ichki kontinental va g’arbiy okean bo’yi qismlari kiradi. Iqlimi quruq va issiq (o’rtacha oylik harorat q32oS), yog’inlar yozda yog’adi (100-200 mm), yuza oqim miqdori kam, yupqa qizil qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Ko’p yillik boshoqli va butasimon o’simliklardan iborat;
- tropik cho’llar zonasi materiklarning ichki va g’arbiy okean bo’yi qismlarida tarqalgan. Afrikada (Sahroi Kabir, Namib), Osiyoda (Arabiston yarim
orolining 30o sh.k. janubiy qismlari), Avstraliyada (Kattaqum, Viktoriya cho’li) keng tarqalgan. SHimoliy va Janubiy Amerikada materiklarning g’arbiy qismlarida tarqalgan. Iqlim issiq, juda quruq va keskin kontinental, oqim umuman yo’q, o’simligi kserofit va juda siyrak, hayvonot olami kambag’al. G’arbiy okean bo’yi qirg’oqlarida (Namib va Atakama cho’li) nisbiy namlik juda yuqori, tumanlar ko’proq, harorat nisbatan past.
Subtropik mintaqa tabiat zonalari shimoliy va janubiy yarimsharlarning 30-40o kengliklarning oralig’ida joylashgan qishda mo’’tadil, yozda tropik havo massalari hukmron. O’simliklar vegetasiyasi yil bo’yi davom etadi. Fasliy o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’lgan. Subtropik mintaqada quyidagi tabiat zonalari ajratiladi: Subtropik musson o’rmonlari, subtropik doimiy yashil o’rmonlar va butalar, subtropik o’rmon-dasht; subtropik chala cho’l; subtropik cho’llar.
Subtropik doimiy yashil o’rmonlar va butalar (O’rta dengiz bo’yi) zonasi Yevrosiyoning subtropik hududlarida, SHimoliy Afrikada (O’rta dengiz bo’yi), janubi-g’arbiy Afrikada, SHimoliy Amerikada (Kaliforniya), Janubiy Amerikada (O’rta CHili), Janubiy va janubi-g’arbiy Avstraliyada tarqalgan. O’rta dengiz iqlimi hukmron, yozi issiq, qishi yumshoq, fasllar yaqqol ifodalangan. Jigarrang va qo’ng’ir tuproqlar ustida kserofit doimiy yashil dag’al o’rmonlar va butalar keng tarqalgan.
Aralash musson o’rmonlar zonasi Osiyo (SHarqiy Xitoy, Yapon orollari), SHimoliy Amerika (qirg’oq tekisliklarining sharqiy qismi, Markaziy tekisliklarning janubi, Appalachi tog’ oldi), Janubiy Amerika (Braliziyaning janubi-sharqi), Afrika va Avstraliyaning (janubi-sharqi) subtropik mintaqalarining sharqiy qismlari kiradi. Musson iqlim hukmron bo’lgan joylarda (o’rtacha oylik harorat q2o dan q27oS), yog’in yozda yog’adi (800-1200 mm), qizil va sariq tuproqlar tarqalgan. Doimiy yashil mezofilь keng va ignabargli o’rmonlar keng tarqalgan.
O’rmon-dasht zonasi materiklarning sharqiy qismlarida rivojlangan: SHimoliy Amerikaning markaziy va Meksika bo’yi tekisliklarining g’arbiy qismlari, janubiy Amerikada Braziliya yassi tog’ligining janubida, sharqiy Pampada, ikki daryo oralig’ida, Afrikaning janubi-sharqida, SHarqiy Avstraliya tog’larining g’arbiy tog’ oldi qismi. Iqlimi mo’’tadil quruq, baland o’tloqli o’simliklardan iborat, siyrak daraxtlar va butalar ham rivojlangan. Qora tuproklar tarqalgan.
Subtropik dasht zonasi materiklarning ichki qismlarida tarqalgan. SHimoliy Amerikada va Osiyoning g’arbiy qismida katta maydonini egallaydi. Iklimi nisbatan quruq (yog’in 500- 600 mm, bug’lanishdan 3 marta kam), yozi issiq, boshoqli o’tlar va butalar keng tarqalgan. Bo’z-jigarrang tuproqlar tarqalgan.
Subtropik chala cho’llar zonasi ham materiklarning ichki qismlarida rivojlangan, janubi-g’arbiy Osiyoda va shimoliy Amerikada (katta havza 380sh.k dan janubda) keng tarqalgan. bundan tashkari Janubiy Amerikada (Pampaning janubi-g’arbi, Pampa s’erralari), Afrika va Avstraliyada ham uchraydi. Iqlimi quruq (100-300 mm), issiq davr uzoq davom etadi, qishi qisqa va mu’tadil sovuq, siyrak kserofit boshoqli o’tlar va butalardan iborat, bo’z -jigarrang tuproqlar tarqalgan.
Subtrropik cho’llar zonasi ham materiklarning ichki qismlarida rivojlangan va Osiyoda, SHimoliy va Janubiy Amerikada, Avstraliya va Afrikada tarqalgan. Keskin quruq iqlimi bilan ajralib turadi, qish salqin, yog’inlar miqdori yiliga 100 mm. dan kam. Siyrak kserofit o’simliklar rivojlangan.
Mo’tadil mintaqa tabiat zonalari shimoliy yarim sharning 400-650 kengliklarida, janubiy yarim sharning 420-480 kengliklari oralig’ida tarqalgan. Fasllar yaqqol namoyon bo’lgan. Issiqlik va namlikning fasliy o’zgarishi bu yerda xilma-xil landshaftlarni shakllanishiga olib kelgan. Mazkur mintaqada quyidagi tabiat zonalari vujudga kelgan: tayga, aralash o’rmonlar, keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht, dasht, chala cho’l va cho’l.
Tayga yoki igna bargli o’rmonlar zonasi Yevrosiyo va SHimoliy Amerikada keng tarkalgan. Iklimi mo’’tadil, yozi iliq, qishi qorli, yog’in miqdori (300-600 mm) bug’lanishdan ko’p. Asosan igna bargli daraxtlar keng tarqalgan. Tarkibi bir xil, o’rmon ostida o’simlik kam yoki umuman yo’q. O’t va butalar ham bir xil. Tekislikda daraxtlar qarag’ay, pista, kedr va qora qarag’aydan iborat. SHarqiy Sibirda esa tilog’ochlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Podzol tuproqlari tarqalgan.
Aralash o’rmonlar zonasi okean buylarida va oraliq mintaqalarida tarqalgan. Qish sovuq va qorli, yozi ilik, yog’inlar (400-1000 mm) bug’lanishdan bir oz ko’proq. O’rmonlar igna va keng bargli daraxtlardan iborat. CHim-podzol tuproqlar tarqalgan. Quruqroq hududlarda igna bargli va mayda bargli daraxtlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Janubiy Amerikada, Tasmaniya va Yangi Zelandiya orollarida juda qalin nam bargli o’rmonlar keng tarqalgan. Ularning ichida doimiy yashil bargli o’rmonlar ko’pchilikni tashkil qiladi.
Keng bargli o’rmonlar zonasi Yevrosiyo va SHimoliy Amerikada okean buyi xududlarida aralash o’rmonlarning janubiy qismlarida tarqalgan. Qishi iliqroq. Yillik yog’in miqdori bug’lanish miqdoriga teng. Mo’’tadil dengiz iqlimi xukmron, yoz nisbatan uzoq davom etadi, daryolar sersuv va zich. Asosan bargli daraxtlardan iborat. Qo’ng’ir o’rmon va bo’z o’rmon tuproqlari tarqalgan. Janubiy Amerikda – CHilida uchraydi.
O’rmon- dasht zonasi faqat shimoliy yarim sharda shakllangan. Asosan materiklarning ichki qismlarida o’rmon va dasht zonalarining oralig’ida tarqalgan. Yevrosiyoda O’rta Dunay tekisliklaridan Oltoygacha; alohida–alohida holda Janubiy Sibirda, Mug’ulistonda va Uzoq sharqda tarqalgan. SHimoliy Amerikada Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida va Markaziy tekisliklarning g’arbida uchraydi. Mo’’tadil quruq iqlim hukmron, (yog’in miqdori 400-1000 mm), qishi sovuq, qor qalin yog’adi, yozi iliq va sernam (iyulning o’rtacha harorati q18 q250). O’rmon va o’t o’simliklari uyg’unlashib ketgan, bo’z o’rmon tuproqlari tarqalgan, ayrim joylarda qora tuproqlar ham uchrab turadi. O’rmonlari asosan keng bargli (Rossiyaning Yevropa qismi), qayinli (g’arbiy va O’rta Sibir), bargli (SHarqiy Sibir).
Dasht zonasi Yevrosiyo va SHimoliy Amerikaning ichki qismlarida uchraydi. Iqlimi quruq, yoz issiq, qishi sovuq, yog’in miqdori 450 mm. (buglanishdan 2-3 marotaba kam), ba’zida qurg’oqchilik ham bo’lib turadi. Daryolar oqimi keskin o’zgarib turadi. O’simliklari ko’p yillik boshoqlardan va turli o’tlardan iborat, qora tuproqlar keng tarqalgan. Quruqroq hududlarda qora – kashtan va kashtan tuproqlar tarqalgan. Dasht bu kserofit va mezokserofit o’simlik qoplamidan iborat tabiat kompleksidir.
CHala cho’llar zonasi Yevrosiyo (Kaspiy bo’yi past tekisligining g’arbi, Qozog’iston, Markaziy Osiyo) va SHimoliy Amerika (Katta havza) materiklarining ichki qismlarida hamda Janubiy Amerikaning Patogoniyasida (41-520 j.k) tarqalgan. Iqlimi quruq, qishi sovuq, yozi issiq, yog’in miqdori yiliga 100 – 300 mm. O’simlik qoplami siyrak (boshoqlilar, yarim butalar, och kashtan va qo’ng’ir tuproklar).
CHo’l zonasi faqat shimoliy yarim sharda Yevrosiyo va SHimoliy Amerikada (Katta havza) rivojlangan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi juda issiq, yog’in miqdori kam (200 mm), bug’lanishdan 7 – 30 marta kam. O’simlik qoplami juda siyrak, ular asosan ko’p yillik butachalar, sho’rxok qo’ng’ir tuproklar, sho’rxoklardan iborat. CHo’llar uchun efemerlar, efemeroidlar, sukkulentlar va galofitlar xos. Hayvonlari asosan kechasi faol bo’ladi, kunduzi uyquga ketadi.
Subarktika va Subantarktika mintaqasi tabat zonalari. Subarktika mintaqasi 600-650sh.k. bilan 67-730sh.k. oralig’ida joylashgan. Iqlimi sovuq, yanvarning o’rtacha harorati – 50S dan – 400gacha, iyulniki q50dan –00 gacha. O’simliklarning vegetasiya davri 70 – 110 kun davom etadi, yillik yog’in miqdori (300 – 500 mm) bug’lanishdan ko’p. Subantarktika mintaqasi Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining 580 -600 va 65 – 670 j.k. oralig’idagi hududlarnin o’z ichiga oladi. Iqlimi sovuq, kuchli shamollar va tumanlar xos. Yog’in miqdori yiliga 500 mm. Qishda okean suvlari suzib yuruvchi muzlar bilan yoppasiga qoplanadi. Mazkur mintaqada tundra, o’rmon – tundra va okean o’tloqlari zonalari shakllangan.
Tundra Yevrosiyoning va SHimoliy Amerikaning shimoliy hududlarida rivojlangan. Yoz salqin va qisqa, qish qattiq va uzoq davom etadi (7-9 oy). Yoppasiga ko’p yillik muzloqlar tarqalgan, yillik yog’in miqdori 200-500 mm, ba’zi joylarda 750 mm. Yer usti suvlari serob. O’simliklardan mox, lishaynik, past bo’yli ko’p yillik o’tlar va butalar tarqalgan. O’tlardan osoka, lyutik, lolaqizg’aldoq va boshoqlilar ko’proq. Butalardan mojjevelnik, bagulnik, vodyanika, tol, qayin, olxa ko’p uchraydi.
O’rmon-tundra Yevrosiyo va SHimoliy Amerikada rivojlangan. Subarktika iqlimi hukmron, iyulning o’rtacha harorati +100S, +140S, yanvarniki – 10 0S dan -400S gacha, yog’in miqdori 400 mm, ko’p yillik muzloqlar ko’p. Yer usti suvlari serob. Suv ayirg’ichlarida o’rmonlar va tundralar almashinib turadi.
Okean o’tloqlari zonasi subanktarktika mintaqasidagi orollarda tarqalgan. Salqin okean iqlimi hukmron, yog’inlar mo’l, havo harorati farqlari kam. Boshoqlilar va o’tloqlar tarqalgan.
Arktika va Antarktika mintaqasi tabiat zonalari. Arktika mintaqasiga arktikaning katta qismi kiradi. Iqlimi qattiq, yoz qisqa, qish uzoq davom etadi. Antarktika mintaqasiga Antarktida kiradi. Muz bilan qoplangan mazkur mintaqada muz cho’llari zonasi rivojlangan.
Arktika cho’llari zonasi Arktika orollarini va materik qismini va Antarktidani o’z ichiga oladi. Muz bilan qoplangan shimolda ko’p yillik muzloqlar, janubda esa qoplama muzliklar tarqalgan. O’simligi mox, lishaynik, hayvonlari oq ayiq, lemming, bo’ri, janubda pingvinglar.

Download 1,98 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiat zonalligi va tabiat zonalari

Download 1,98 Mb.