• Zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi.
  • Geografik landshaftlar
  • Zonaliknig davriy qonuni va zonalikning umumsayyoraviy tuzilish




    Download 1,98 Mb.
    bet53/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #137276
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
    Zonaliknig davriy qonuni va zonalikning umumsayyoraviy tuzilish (modeli)
    XX arning o’rtalarida A.AGrigorьev va M.I.Budiko zonallik ta’limotini yanada rivojlantrib geografik zonallikning davriy qonunini ishlab chiqishdi. Ular tomonidan issiqlik va namlikning nisbatiga qarab bir xil tabiat zonalarini turli iqlim mintaqalarida qonuniy qaytarilishini aniqlashdi, Masalan, o’rmon zonalari ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo’’tadil mintaqada uchraydi. Xuddi shunday qaytarilishlarni boshqa tabiat zonalarida uchratish mumkin. Masalan, cho’l, chala cho’l va dashtlar ham turli mintaqalarda qaytariladi. Tabiat zonalarini turli mintaqalarda takrorlanishi issiqlik va namlik nisbatini takrorlanishi bilan bog’liq. Bunday nisbat issiqlik, yog’in, bug’lanish, tuproq namligi va boshqalarni nisbatini ifodalovchi koeffisientlarda aniq ifodalanadi. M.I.Budiko geografik zonallikning davriy qonuni asoslash maqsadida qurg’oqchilikning radiasion indeksi tushunchasini kiritadi. Mazkur indeks radiasion byudjetni yoqqan atmosfera yog’inlarini bug’latishga sarflangan issiqlik miqdoriga nisbatidan iborat.
    Zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi.
    Geografik zonallikni to’la tushunib olish uchun hamma joyi bir xil bo’lgan gipotetik materikda zonalarni joylanishini ko’rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Gipotetik materikning hajmi yer yuzasidagi quruqlik maydoning yarmiga, shakli esa quruqlikning kengliklar buylab joylashishiga to’g’ri kelsin deb faraz qilinadi. Bundan tashqari gipotetik materikda tog’lar ham yo’q deb faraz qilinadi. Gipotetik materikning qiyofasi shimoliy yarim sharda SHimoliy Amerika va Yevrosiyo bilan SHimoliy Afrika, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyaga o’xshab ketadi. Gipotetik materikda tabiat zonalarini joylanishi geografik zonalarni Yer yuzasida tarqalishi aniq qiyofasini beradi.
    Geografik landshaftlar
    Geografik qobiq doirasida juda ko’p tabiiy va akval majmualar mavjud. Landshaft atamasi fanga 1805 yilda nemis geografi A.Gommeer tomonidan olib kirildi. Ammo Germaniyada landshaftshunoslik XX asrdan boshlab shakllana boshladi. Yirik nemis landshaftshunoslari hisoblangan Z.Passerge, K.Trollь, E.Neef asarlari ko’p tillarga tarjima qilingan. Hozirgi paytda landshaftshunoslik muammolari bilan Buyuk Britaniya, Fransiya, AKSH, Rossiya, Ukraina, O’zbekiston va boshqa davlatlar geograflari shug’ullanishmokda.
    Landshaftshunoslikni rivojlanishida V.V.Dokuchaev, A.N.Krasnov, L.S.Berg, A.A.Grigorьev, B.B.Polinov, S.V.Kalesnik, L.G.Ramenskiy, F.N.Milkov, N.A.Gvozdeskiy, N.A.Kogay, D.A.Armand, Yu.K.Efremov, A.G.Isachenko va boshqalarning ishlari katta ahamiyatga ega.
    Ammo landshaftshunoslikning yuqori darajada rivojlanishiga qaramasdan, hamon landshaft tushunchasining mazmuni haqida olimlar orasida yagona bir fikr mavjud emas. Hozirgi paytda F.N.Milьkov (1990) fikricha landshaft tushunchasi haqida uchta fikr mavjud: a) landshaft deganda kelib chiqishiga ko’ra bir xil hamda tarkiblari o’zaro bir-biri bilan bog’langan Yer yuzasining aniq bir qismi tushuniladi. Mazkur fikrni A.A.Grigorev, N.A.Solnsev, S.V.Kalesnik, A.G.Isachenko olg’a surishgan. Landshaft bunday tor ma’noda tushunilganda, u tabiiy-geografik rayon tushunchasiga yaqin bo’lib qoladi; b) lanshaft tabiiy geografik majmualarning umumlashgan tipologik tushunchasidir. Landshaft tushunchasi bo’yicha bunday g’oya B.B.Polinov, N.A.Gvozdeskiy, E.M.Murzaev, N.A.Kogay, A.E.Fedina ishlarida rivojlantirildi. Bitta tipologik birlikka turli joylarda joylashgan; ammo o’xshash nisbatan bir xil koplekslar kiritiladi; v) landshaft bu umumiy tushuncha, har qanday darajadagi regional va tipologik koplekslarning sinonimidir. Masalan, iqlim, tuproq, relyef tushunchalari kabi. SHu nuqtai nazardan qaralganda landshafat deganda aniq geografik kompleks tushuniladi (F.N.Milkov, D.A.Armand, Yu.K.Yefremov va boshqalar.)
    Landshaftshunoslikda asosiy birlik bo’lib landshaft hisoblanadi. Landshaftning bu tuzilishida hamma tabiat tarkiblari bor bo’lgan tabiiy kompleks hududdir. Morfologik jihatdan landshaft fasiya, urochisha, joyga bo’linadi. Regional nuqtai nazardan quyidagi birliklar ajratiladi: Materik, mintaqa, o’lka, zona, provinsiya, rayon.


    Download 1,98 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zonaliknig davriy qonuni va zonalikning umumsayyoraviy tuzilish

    Download 1,98 Mb.