|
Geografik qobiqning radiasion va issiqlik muvozanati
|
bet | 58/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Geografik qobiqning radiasion va issiqlik muvozanati
Yer yuzasiga kelayotgan va qaytayotgan radiatsiya o’rtasidagi farq geografik qobiqning radiasion muvozanati deb ataladi. Geografik qobiqning radiasion muvozanati Yer yuzasining va atmosferaning radiasion muvozanatlari yig’indisidan iborat. Yer yuzasiga kelgan radiatsiyani yalpi radiatsiya tashkil qiladi, Yer yuzasidan ketayotgan radiatsiyani esa alьbedo va effektiv nurlanish tashkil qiladi.
Radiasion muvozanat quyidagi tenglik orqali ifodalanadi:
Rq Q (1-) – Eef
R- radiasion muvozanat, Q- yalpi radiatsiya, - alьbedo, effektiv nurlanish.
Agar geografik qobiqqa kelgan radiatsiya qaytgan radiatsiyadan ortiq bo’lsa, radiasion muvozanat musbat bo’ladi, agar kam bo’lsa manfiy bo’ladi.
Tunda hamma kengliklarda radiasion muvozanat manfiy bo’ladi, kunduzi esa musbat bo’ladi. Sutka davomida radiasion muvozanat musbat ham, manfiy ham bo’lishi mumkin.
Quruqlikda va okeanlarda yillik radiatsiya muvozanati miqdori Yer yuzasi bo’yicha turlicha taqsimlanadi. Quruqlikda radiatsiya muvozanati miqdori ekvatorial va tropik kengliklarda eng katta (1 sm2ga 60-90 kkal). Ayniqsa barcha tropik o’rmonlarda, savannalarda juda yuqori, bulutlik yuqori va quruq hududlarda kamroq. Mo’tadil va yuqori kengliklarda geografik kenglik bo’yicha kamayib boradi. Antarktidaning markaziy qismlarida yillik radiatsiya muvozanati manfiy, Arktikada esa 0 atrofida. Dunyo okeanida yillik radiatsiya muvozanati quruqlikka nisbatan yuqori va uning taqsimlanishi zonal qonuniga bo’ysunadi.
Geografik qobiqning yillik radiatsiya muvozanati musbat. Demak, Yer yuzasida ortiqcha issiqlik vujudga keladi. Mazkur issiqlik geografik qobiqda turli jarayonlarda sarflanadi. Mazkur issiqlikning nimalarga sarflanishini issiqlik muvozanati orqali tushuntiriladi.
Issiqlik muvozanati tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
Agar Quyoshdan Yer yuzasiga kelayotgan issiqlikni 100% deb olsak,
uning 31%i atmosferadan fazoga qaytariladi (7% sochilib ketadi, 24% bulutlardan qaytariladi),
kelayotgan issiqlikni 17% atmosfera tomonidan yutiladi (3% azon qatlami tomonidan,
13% suv bug’lari va 1% bulutlar tomonidan yutiladi).
Qolgan 52% (to’g’ri va sochilgan) radiatsiya Yer yuzasiga yetib keladi. Uning 4%i qaytariladi, 48% yutiladi.
Yutilgan (48%) radiatsiyaning 18% effektiv nurlanishga sarflanadi. Bunda Yer yuzasining radiatsiya muvozanati (qoldiq radiatsiya) 30% (52%-4%-22%) ni tashkil qiladi.
Bug’lanishga 22% radiatsiya sarflanadi, atmosfera bilan issiqlik almashinuviga esa 8%.
Unda Yer yuzasining issiqlik muvozanati:
30%-22%-8% = 0
|
| |