• Harorat
  • Havo haroratini kengliklar bo’ylab real va solyar taqsimlanishi




    Download 1,98 Mb.
    bet63/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #137276
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86
    Havo haroratini kengliklar bo’ylab real va solyar taqsimlanishi

    Harorat

    KENGLIKLAR, GRADUS


    0

    10

    20

    30

    40

    50

    60

    70

    80

    90

    Solyar

    39

    36

    32

    22

    8

    -6

    -20

    -32

    -41

    -44

    SHimoliy yarim shardagi faktik ko’rsatkich

    25,4

    26,0

    25,0

    20,4

    14,0

    5,4

    -0,6

    -10,4

    -17,2

    -19,0


    Solyar va faktik ko’rsatkichlar farqi

    -13,6

    -10,0

    -7,0

    -1,6

    6,0

    11,4

    19,4

    21,5

    23,8

    25,0


    Janubiy yarim shardagi faktik ko’rsatkich

    25,4

    24,7

    22,8

    18,3

    12,0

    5,3

    -3,4

    -13,6

    30,2

    -36,5


    Solyar va faktik ko’rsatkichlar farqi

    -13,6

    -11,3

    -9,2

    -3,7

    4,0

    11,3

    16,6

    18,4

    10,8



    7,5


    Atmosfera harakatlarining turlari
    Yil davomida, ba’zi vaqtlarda atmosferadagi zonal va meridional harakatlar orasidagi nisbat o’zgarib turadi. SHuni hisobga olgan holda atmosfera harakatlarining bir necha turlari ajratiladi, ulardan asosiylar zonal va meridional harakat turlari hisoblanadi.
    Havo massalarini kengliklar bo’ylab harakati ustun bo’lgan davrlarda quyi va yuqori kengliklar orasidagi farq katta bo’lib, ob-havo ancha turg’un, kam o’zgaruvchan bo’ladi. Havo massalarini meridional harakati ustun bo’lgan mavsumlarda issiq va sovuq havo massalarini yuqori kengliklardan quyi yoki quyi kengliklardan yuqori kengliklarga harakat qilishi ob-havoni tez-tez va keskin o’zgarib turishiga olib keladi. Natijada tabiiy-geografik jarayonlar ham keskin o’zgarib turadi.
    Atmosera harakatining turlari doimo bir-birini almashtirib turadi, lekin ba’zi davrlarda bir necha yillar davomida surinkasiga harakatning bitta turining nisbatan ustun bo’lishini kuzatish mumkin. Bu holat hali har tomonlama o’rganilgani yo’q, ba’zi fikrlarga ko’ra u Quyosh faolligi yoki atmosferaning o’zining ichki atmosfera – okean – Yer yuzasi tizimidagi davrlari bilan bog’lik bo’lishi mumkin.
    Keyingi 15-20 yil mobaynida Yerda ob-havoning keskin o’zgarishi qaytarilib turipti, tez-tez kuchli quyunlar, qurg’oqchilik, havoni keskin sovib yoki isib ketishi kuzatilmoqda. Ko’pgina olimlar uning sababi insonning tabiiy muhitga ko’rsatayotgan ta’sirining kuchayib borayotganidan deb biladilar. Boshqa bir guruh olimlar hozirgi davrda havo massalarining meridional harakati ustunroq bo’lgan davr bo’lganligi uchun bunday hodisalar ro’y bermokda deb hisoblaydilar.
    Bundan tashqari atmosferada havoni mahalliy harakatlari ham mavjud bo’lib, u relyef shakllari, muzliklar, suv havzalari va uni atrofidagi quruqlik orasidagi tafovut va boshqa omillar ta’sirida vujudga keladi. Ular tog’-vodiy, musson, briz, fyon va boshqa shamol turlariga ajratiladi. Ularning Yer yuzasidagi issiqlik, namlik va boshqa ko’rsatkichlarni qayta taqsimlanishidagi o’rni katta bo’lsada, asosan mahalliy ahamiyatga ega.
    Atmosfera havosi doimo harakatda bo’lishiga qaramasdan u nisbatan muvozanatda bo’ladi. Bir-biri bilan bog’lanib ketgan hamma harakatlar atmosferada ulkan o’rin almashishni amalga oshiradi.
    Atmosferaning mexanik energiyasi asta-sekin susayib issiqlik energiyasiga aylanadi, uzun to’lqinli nurlar sifatida koinotga yoki Yer yuzasiga tarqaladi. Mexanik energiyaning bir qismi havoni suv yuzasi bilan ishqalanishi natijasida okeanga o’tadi.
    Agar Yerga Quyosh energiyasi doimo tushib turmaganda va uni yuzasidagi issiqlik farqini keltirib chiqarmaganda edi atmosferadagi harakat tahminan 2 hafta mobaynida tugagan bo’lar edi. Agar Yer o’z o’qi atrofida aylanmaganda va Koriolis kuchi ta’sir qilmaganda ham bu holat kuzatilgan bo’lar edi. Yerga Quyosh radiatsiyasining doimo tushib turishi harakatni doimo yangilanib turishini ta’minlaydi.



    Download 1,98 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Havo haroratini kengliklar bo’ylab real va solyar taqsimlanishi

    Download 1,98 Mb.