Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»




Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/93
Sana29.01.2023
Hajmi3.42 Mb.
#40040
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Tolalar haqida
KXA56SHIXE, The Algorithm Design Manual, Mavzu Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usu-fayllar.org (1), Behzod Boltaboyev, САО005 оқими учун мустақил иш мавзулари, Do\'stmurodov Xusan, Коди cal 1316 Номи (1), Plitalar, 84078527a4, ciziqli1932, ehtimol yakuniy, Taklifnoma, Final Interview, Mustaqil ish qanday yoziladi. Is\'hoqova Z
 
 


149 
ZIG`IR TOLALI GAZLAMALAR ASSORTIMENTI. 
Zig`ir tolali gazlamalar ishllab chiqarish miqdori va sifati jixatidan Rossiya 
dunyoda birinchi o`rinni egallaydi. Zig`ir tolali gazlamalar assortimentining 28% ini 
maishiy gazlamalar, 40% ini urov gazlamalari, 32% ini texnik gazlamalar tashkil etadi. 
Urov gazlamalari juda puxta bo`ladi va buyumlarni o`rash uchun ishlatiladi. Zig`ir tolali 
texnik gazlamalarga brezent parusina, dag`alpolotno, bortovka va boshqalar kiradi. 
Texnik gazlamalardan maxsus kiyim-boshlar, palatkalar va boshqa buyumlar tiqiladi. 
Bortovka ustki kiyimlar tikishda miena sifatida ishlatiladi. Zig`ir tolali maishiy 
gazlamalar, asosan choyshablar, estik jildi va oshxona ashelari ( dasturxon, salfetka va 
sochiqlar) uchun ishlatiladi.
Zig`ir tolali-lavsan gazlamalar assortimenti kengayotganligi va bunday gazlamalar 
borgan sari ko`proq ishlab chiqarilaetganligi sababli ko`ylakli-kostyumlik zig`ir tolali 
gazlamalar yildan-yilga ko`proq qo`llanilmoqda.
Tarkibida 25-67% shtapel lavsan bo`lgan zig`ir tolali-lavsan gazlamalar va kompleks 
iplar tarzidagi viskoza lavsan yoki kapronli gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.
Zig`ir tolali porterabop va mebelbop-bezak gazlamalar assortimenti kengaymoqda. 
Ular turli o`rilishlarda to`qiladi. G`ijimlanmaydigan qilib ishlov berilgan gazlamalar ham 
ishlab chiqarilmoqda.
Yangi xil kimyoviy tolalarni tabiiy tolalarga aralashtirib, mayin, plastik, engillashtirilgan 
strukturalar yaratilishi xisobiga zig`ir tolali gazlamalar assortimenti kengayadi.
Zig`ir tolali gazzlamalar savdo preyskurantiga ko`ra gurux va kichik guruxlarga 
bo`linadi . Zig`ir tolali gazlama artikulidagi birinchi ikki raqam gazlama guruxining 
raqamini, uchinchi raqam kichik gurux raqamini bildiradi.
Agar artikuldagi uchinchi raqam 1 bo`lsa, gazlama sof zig`ir toladan to`qilgan, 
agar 2 bo`lsa, yarim zig`ir toladan to`qilgan bo`ladi. Artikuldagi to`rtinchi raqam va 
undan keyingi raqamlar (kichik guruxdagi gazlamaning tartib raqamlari) o`zgarib turishi 
mumkin. Masalan, art. 06101 – sof zig`ir tolali kostyumlik-ko`ylaklik gazlama; art 06201 
– yarim zig`ir tolali kostyumlik-ko`ylaklik gazlama. Bo`yalishi jixatidan zig`ir tolali 
gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirga bo`lishi mumkin. Guldor va gul 
bosilgan zig`ir tolali gazlamalar kamroq ishlab chiqariladi. erkin gulli zig`ir tolali 
ko`ylaklik gazlamalar ishlab chiqarish ko`paymoqda.
Zig`ir tolali gazlamalar ishlab chiqarish uchun ip gazlamalarga qaraganda dagalroq 
kalava ip ishlatiladi. Zig`ir tolali gazlamalar yo`g`onligi 18-166 teks (№ 55-6) li kalava 
ipdan to`qiladi. Ho`l (l/m) va quruq (l/s) yigirilgan, ho`l yigirilib taralgan (o/m), quruq 
yigirib taralgan (o/s) kalava iplar ishlatiladi. 1 m zig`ir tolali gazlamalarning massasi 140-
300 g.
Zig`ir tolali gazlamalarning strukturasi turgun bo`ladi, uncha cho`zilmaydi, pishik, 
tuzishga chidamli bo`lib, tovlanib turadi. Gigroskopikligi, issiq va havo o`tkazuvchanligi 
yaxshiligi, yuvish osonligi tufayli zig`ir tolali gazlamalar ko`rpa-estik jildi va yozgi 
assortmentdagi buyumlar tayyorlash uchun eng qimmatli material xisoblanadi. Zig`ir 
tolali gazlamalar oson taxlanadi, qiyshayib ketmaydi, lekin ularni qirqish qiyin. Lavsan 
qo`shish natijasida zig`ir tolali gazlamalarning g`ijimlanuvchaniligi kamayadi, 
tovlanuvchanligi ortadi.
Zig`ir tolali-lavsan gazlamalarni dazmollaganda xiyol ho`llash, dazmolning har 
oratsini 140S dan oshirmaslik kerak. Har orat bundan oshib ketsa va gazlama juda ho`llab 
yuborilsa, gazlamaning rangi aynishi va ketmaydigan qattiq doglar paydo bo`lishi 
mumkin. Quyida tikuvchilikda keng ishlatiladigan zig`ir tolali gazlamalarning tavsifi 
keltirilgan.


150 

Download 3.42 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»

Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish