|
U podshohningki sifat daryosini kavlab chiqdim, aqldan hech narsa topmagach, undan yuz o’girdim. Lekin u o’ldirilgandan so’ng uning qora yozmishida «La’natlangan zolim» deb, vafotining tarixini topdim
|
bet | 5/11 | Sana | 09.10.2020 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #12046 |
U podshohningki sifat daryosini kavlab chiqdim, aqldan hech narsa topmagach, undan yuz o’girdim. Lekin u o’ldirilgandan so’ng uning qora yozmishida «La’natlangan zolim» deb, vafotining tarixini topdim. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, Maxmur o’z hajv nayzasini boylar, qozilar, xon amaldorlari va jamiyatdagi boshqa tekinxo’r elementlariga qaratish bilan cheklanib qolmadi, balki ularning boshlio’i va homiysi bo’lgan xon adresiga ham ana shunday o’azabli hajvlar yozib, uning zolimligi va yaramas qilmishlarini fosh qilib tashladi. Maxmur satirik asarlari ma’lum syujet chizio’iga ega bo’lib, fikrni izchil davom ettirish kompozitsiyasi asosida qurilgan: bularda ma’lum bir epizodning boshlanishi, rivoji va oxiriga etishi emas, balki ob’ektning xususiyatlarini satirik tarzda ochish asosiy o’rin egallaydi. Bunga shoirning «Dar hajvi xo’ja Mir Asad» nomli kichik satirik hikoyasini misol qilib ko’rsatish mumkin. Qasida umuman, biror hodisa, voqea, tarixiy shaxs va boshqalarni maqtash yoki tabiat manzaralarini tasvirlash maqsadida yozilar edi; Maxmur esa qasidalardan satirik ob’ektni tasvirlash uchun foydalanib satiraning janr jihatidan imkoniyatini kengaytirdi va boyitdi. Maxmur bu asarini ham mulammaot uslubida yaratib, undagi o’zbekcha va tojikcha misralarda satirik ob’ektning sirini fosh etdi, asl basharasini ochib tashladi va o’limtik xasis obrazini yaratdi. Shoir asarida keltirilgan voqea quyidagicha: irik qahramon-shoirning o’zi Mir Asad dargohiga borganda, u erdan nolayu faryod ovozi eshitiladi, kishilarning biri yoqasini yirtib, biri esa boshini devorga urib yio’lar edi. Bu holning sababini so’raganda birov: Guft: Ey shoiri Maxmur turo nest xobar? Xo’jai Mir Asad shud zi fano so’i baqo. Dedi: Ey hayrati, go’yo senga etmadi xobar? Xo’jamiz qildi fano mulkidin ohangi baqo,- deb javob beradi. Lirik qahramon-«men» bu holdan taajjublanadi, chunki u Xo’ja Mir Asadning ertalab otliq kezib yurganini ko’rgan edi. Biror kutilmagan, favqulodda hodisa bo’lib o’lgan degan qarorga kelib, o’limida ma’yuslangan bo’ladi va o’zining Xo’ja Mir Asadga bo’lgan munosabatini shunday ifoda etadi. Men kim ayladi ma’yus Asadning o’limi, Samoda, manzilu ma’vosini qil do’zaxaro... Yio’labon qullari birlan dedim, ey voh, xo’jam, Ketdi afsus o’lub, va’dasi yalo’on Asado... Vo dario’oki qayon ketdi o’shal mazhari jahl, Doo’, dardoki odam bo’ldi imom ul-juhalo... Shundan so’ng necha kun uning darvozasi yonida o’tirsa ham Mir Asadning o’ligini chiqarmadilar. Ehtimol uni uyida ko’mgan bo’lsalar kerak, deb shoir o’z uyiga qaytadi. Lekin bir kun yuo’lda otliq borayotgan Xo’ja Mir Asadni ko’rib qoladi: Necha kundan keyin oniki salomat ko’rdim, Dedim, ey xo’jam o’lgan, bu ahvol sango? Rosti birla boqib, menga dedi Xo’ja Asad, Botinim sirridin aylay senga bir lafz baj Dedi ul vaqtki daro’ohima bording ba tama’, Ketdi jonim xabaringni eshitib tandin aro... Shul zamon ruh duyum bor menga berdi shifo. Shunday qilib tirilgan murda o’z sirini lirik qahramonga-shoirga aytadi. Shoir va’da qilingan narsani so’oaganida, Mir Asad kelgusi yil ekiladigan paxta hosilidan biror narsa berishga va’da qildi. Bunda tasvirlangan shaxs bir xabba (qatra) uchun jonini berishga tayyor turgan va shoirga va’da qilgan ozgina in’omni berishdan qutilish maqsadida o’zini o’ldiga chiqargan kishi, albatta, insonparvarlik, xususiyatidan ham, insoniy mehrevolyutsiya-muhabbat tuyo’usidan ham mahrum bo’lgan molparast shaxs obrazidir. Xasislar umumlashgan obrazi... Shoir Maxmur o’z asarlarini o’zbek va tojik tillarida yozdi. Maxmur bir she’rini o’zbek tilida, boshqasini tojik tilida yozish bilan cheklanib qolmay, bir she’rda har ikkala tilni ham erkin qo’llaydi. Masalan, agar uning ba’zi muxammaslarida birinchi beshlik o’zbek tilida yozilgan bo’lsa, ikkinchi beshlikning to’rt misrai tojik tilida yozilgan, muxammasning oxirgi misrai o’zbek tilida yozilgandir. Shunisi xarakterliki, Maxmur muhammaslarining deyarli hammasida birinchi beshlik o’zbek tilida, ikkinchi beshlik tojik tilida yozilgan. o’zbek va tojik tilining bir-biri bilan chambarchas boo’lanib ketganligi Maxmur devonidagi muxammaslardingina emas, balki ayrim baytlarning har ikkala tilda yozilganligidan ham ko’rinib turadi. Masalan: «¢azali xovubol dar borai xud» sarlavhali she’r bunday boshlanadi: Fio’on zi gardishi ayyomu tolei vojun, Ba bori foqa alif qomatimni ayladi nun. Zamona ichra chunon notavoni ma’lumam, Qaerda menga duchor o’lsa zano’ari mal’un Bu hol Maxmurning ikki tilni... mukammal bilib, har ikki tilda erkin ijod qilganidan darak beradi. Maxmur ijodi faqat satirik asarlardangina iborat bo’lmay, balki u lirik she’rlar ham yaratdi. Hozirgi uning 10 ga yaqin lirik she’rlari topilgan. Ayniqsa shoirning tojik tilidagi yuksak mahorati, dilrabo asarlar yozish qobiliyati uning lirik asarlarida alohida yarqirab turadi. Masalan: Qasdi dil burdan kunand bo chashmi shahlo dilbaron, Dil chi boshad jon barond bo qaddu bo ruxsor gul. (Go’zallar shahlo ko’zlari bilan ko’ngilni olishni maqsad qiladilar; ular o’zlarining gulday yuzi va nozik qaddi bilan ko’ngilnigina emas, balki jonni ham o’z qo’llariga oladilar). Yoki: Bodo muborak idi gu ey nuri har du didaam, Javlangahat na bar zamin bayad ki andar didaam. (Hayiting qutluo’ bo’lsin, ey ko’zlarimning nuri, sening joying erda emas, balki mening quz qorachio’imda bo’lishi kerak). Bu satrlarda, asosan, dilbar va unga bo’lgan muhabbat tasvirlangan bo’lsa, ba’zi o’azallarida shoirning qiyin ahvolda yashaganini ifodalaydi: Chun xo’ram o’am bahri ro’zi bomani zahrobano’sh, Har sahar az koni qismat zahri mor omad burun. (Men rizku ro’z uchun o’am eyman, ammo har sahar taqdir dasturxonidan menga ilon zahri keladi).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
U podshohningki sifat daryosini kavlab chiqdim, aqldan hech narsa topmagach, undan yuz o’girdim. Lekin u o’ldirilgandan so’ng uning qora yozmishida «La’natlangan zolim» deb, vafotining tarixini topdim
|