• MAXMUR
  • MAXMUR HAJVIYoTI
  • «Lar hajvi Xuja Mir Asad», «¢azali qozi Muhammad Rajab»
  • Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»




    Download 0,59 Mb.
    bet4/11
    Sana09.10.2020
    Hajmi0,59 Mb.
    #12046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

    ILMIY MANBALAR


    1. Оzbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild, Toshkent, Fan, 1978.

    2. Abdullaev V.A. Оzbek adabiyoti tarixi, « kitob. Toshkent, 1980.

    3. Qayumov A. Maxmur. Toshkent, 1956. (tadqiqot, tekst, luo’at).

    4. Qayumov A. Qo’qon adabiy muhiti. Toshkent, 1961.


    MAXMUR

    Maxmur X1X asrda satirik poeziyani kuchli asarlari bilan boyitgan, feodal-klerikal reaktsiyaning ayrim namoyandalarini shafqatsiz tanqid qilgan, o’sha davrdagi mehnatkashlarning oo’ir va ayanchli ahvolini haqqoniy tasvirlagan talantli satirik shoirdir.

    Maxmurning adabiy tarixi bo’yicha tuzilgan dastlabki to’plamlariga uning faqat «hapalak» she’ri kiritilgan edi, xolos. «Оzbek adabiyoti xristomatiyasi», 1945.

    1950 yilda shoir she’rlarining bir qo’lyozma nusxasi topildi (Оz SSR FAShIda saql.) Bu qo’lyozmada Maxmurning muxammas, musatazod, masnaviy, ruboiy, qit’a kabi 69 asari (3417 misra0 mavjud.

    1956 yilda A.Qazmovning «Maxmur» asari nashr etildi. Bu asarda shoirning Uzbek va tojik tilida yozgan she’rlari hamda tojik tilida yozilgan asarlarining nasriy tarjimasi berilgan.

    Shoir Maxmur XUSh asr oxiri-X1X asr boshlarida Qo’qon shahrida yashab ijod etgan mashhur shoir Akmalning o’o’li edi. Buni Fazliy «M.Sh» da ko’rsatadi.

    Maxmur o’zining bir she’rida shunday yozadi:

    Shaho, kamina duogo’yi ibni Akmalro,

    Zi ro’m lutfu tarahhum (ibni) zi o’ussa soz raho.

    (Ey shoh, Akmalning o’o’li men duogo’yni lutfu tarahhul bilan o’ussadan qutqar).

    Aytishlaricha Maxmurning onasi o’z davrining tanilgan hattotlaridan bo’lgan Turdialining qizi bo’lgan va hapalak qishloo’ida istiqomat qilgan (she’).

    Ismi Mahmud bo’lib, Maxmur adabiy taxallusini qabul qilgan shoir taxminan XUSh asrning oxirgi choragida Qo’qonda tuo’ilgan.

    U Qo’qondagi madrasai Mirda o’qigan. Shoirning bolalik, yoshlik yillari to’o’risida etarli ma’lumot yo’q. Ammo quyidagi voqea uning yoshlik choo’laridayoq adabiyotga qiziqqani, she’rlar yoza boshlaganini, ustozlar orasida tanilganini tasdiqlaydi.

    Maxmur o’z otasi-shoir Akmal bilan birga bir guruh shoirlar majlisida-she’r bahsida ishtirok qiladi. Majlis ahli uncha ahamiyat bermaydi. She’r o’qish navbati Maxmurga kelganda, u o’zining bir she’rini o’qib beradi. She’rning mazmuni Maxmurning iste’dodli ekanini ko’rsatib turadi. Shundan so’ng majlis ahli unga ofarinlar aytadilar.

    Shoir ijodida uchraydigan qator she’rlar uning hayot tarzini oilaviy hayoti haqida ma’lumot beradi.

    Maxmurning uch bolasi bo’lgan. Uning oilasi haddan tashqari oo’ir iqtisodiy ahvolda yashagan. Maxmur o’zining bir she’rida bolalarining och va ular hatto hayit kunlarini ham kiyimsiz o’tkazganlari haqida zorlanib, bunday deb yozadi:

    Har se atfoli duogo’yo, ki hazrat donad,

    Har sero banda tasadduq kunam az hazrati xon.

    Ro’zi id ast, nadorand libose har se,

    Ongi zodand zamin nav hamon, tarz hamon. (Tarjimasi).(Bu duogo’yning har uch bolasini, hazrat biladilar, har uchalasini bunda xon hazratlariga tasadduq qiladi. Bugan hayit kuni har uchovida ham biror kiyim yo’q. Qanday holda tuo’ilgan bo’lsa, hozir ham o’sha turda, o’sha tarzda).

    Shoir oilaviy qashshoqligini uning bir qancha she’rlari tasdiklaydi:

    Kechalari yotgani na qo’shim bor,

    Kunduzi ichgani na no’shim bor.

    Bir hovuch na uyda o’allam bor,

    Ikki gaz na boshimda sallam bor.

    Boshimga gaz desamki, salam yo’q.

    Salla desam uyimda o’allam yo’q.

    Maxmur o’zining bir she’rida xon qo’shinida harbiy xizmatda ham bo’lganini aytadi.

    Maxmur yana b’ir she’rida bolalarining ochlik azobida qiy­nalganini zo’r yurak bilan, alamzoda holda tasvirlaydi, bir qizi va ikki o’o’lining ertalab uyqudan non deb uyo’onishini aytib yuragi eziladi.

    Subhkim partav urar dahr ichra mehri xovariy,

    Non deb o’rnidan turar bir xohar, ikki dodari.

    Yoki:


    Hech kishi olamda mendek tolibi non o’lmasun,

    Non so’roo’ida xaloyiq ichra sarson o’lmasin.

    Deb chidab bo’lmas muhtojlikdan o’azablanadi.

    Maxmurning ayanchli hayoti feodalizm davrida yashagan ko’plab ilo’or fikrli kishilarning keng mehnatkashlar ommasi bilan bir qatorda kechirgan oo’ir hayotining yaqqol kartinasidir.

    Maxmur 1844 yilda vafot etdi. Uning vafoti to’o’risida «Tavorixi manzuma» avtori Qori Kunduziy-Komiy shunday yozadi (tarjimasi): Boytuman qishloqli Mulla Sher Akmalning o’o’li, Faro’ona mulkining shoirlaridan badiha, qabiha, sare’ul-maqol va hajviyotda tengi yo’q shoiri Maxmur Mahmudning vafoti tarixi:

    Kimki uning vafoti yilini sendan Komiy so’rasa,

    Garchi yarashmasa ham aytginki, hayf, u Maxmur o’ldi.

    «Hayf, on Maxmur murd» iborasidan ta’rix kelib chiqadi. Mazkur

    jumlaning abjad hisobidagi son ma’nosi 1279 yil bo’lib, undan «zeb» (19) olib tashlansa, 1260 (1844) yil kelib chiqadi.

    MAXMUR HAJVIYoTI

    «Majmuai shoiron» avtori ko’p peshqadam, demokratik tendentsiyadagi shoirlar qatori Maxmurni ham «yaxshilardan past turuvchi shoir deb xarakterlab shunday yozadi:

    Hayoloti Maxmur bemarhabost,

    Hizogo’n o’iybat, qalb oshnost.

    Nayoyaz zi af’oli o’ o’ayri bad,

    Buvad harchi qavli nomo’’tamod.

    Shikoyat kunad az hamin bisyor,

    Za maxmuri nash’ai ko’knor,

    Buvad she’ri on ko’sa az loo’ary,

    Ba zulfi suxan xubi malihash hamin. (tarjimasi)

    (Maxmurning xayoloti marhamatli emas, uning Xajvgo’yligi o’iybat va qalloblikka yaqin. Uning faoliyatidan yomonlikdan boshqa narsa kelmaydi, barchasi so’ziga ishonish mumkin emas.

    Ko’knor nash’asiga xumor bo’lgani uchun, bu mulkchilikdan shikoyat qiladi. Bu ko’saning she’ri oriqlikdan hamisha soqol-mo’ylabga oro berish to’o’risida bo’ladi. So’z zulfiga shu ravishda taroo’ chekdi, uning chiroyli yaxshi she’ri mana bu).

    Ey siyah devrohi isqoty,

    Duzdi naqdi gunoh isqoty.

    Dar jahonnam miyonai juhalo,

    Sadri olijanob, isqoti. (tarjimasi)

    (Ey qora dev yo’lidan yuruvchi isqotiy, naqd gunohning o’o’risi, isqotiy, Jahonnamda johillar orasida bosh o’rnini olar isqotiy).

    Оlgan kishilarning gunohlarini marhumning mollaridan bir hissasi barovariga o’z bo’yniga oluvchi kishini isqotiy deb atar edilar. Demak, jamiyatdagi eng tekinxo’r, haromxo’r kishlar isqotiy deb atalar edi.

    Shoir «Amakim» radifli she’rida Fazliyning To’raquro’on va Namanganda isqotiylik kasbi bilan nom chiqarganini eslatib o’tib, uning o’lik chiqadigan joyni doimo axtarib yurganini zaharxanda bilan so’zlaydi:

    To’raqo’ro’on bilan Namanganda,

    Xush edi mansabi ravon amakim.

    Kecha-kunlar so’rab yurar erdi

    Murdalar jam’idan nishon amakim,

    Bo’ldi zar bo’lmasal bu boisdan

    Piri isqotin zamon amakim.

    U Fazliyning laganbardorligini ham ayovsiz fosh etadi:

    Shohi Sulton Umarni yo’ldin urub,

    Ayladi shoiri shahon amakim.

    Hamo ash’orini berib anga,

    Oldi dunyoni becharon, amakim.

    Fazliy nomiga yozilgan «o’lo’ay» radifli she’rida Maxmur bunday muttaham, noinsof, tuban va laganbardor shaxslarga o’zining nafrat va qaro’ishlarini yo’qlab, Fazliyning xalq o’rtasida qilmishlari bilan sharmanda bo’lishini istaydi.

    Tavqi la’natni gardaniga osib,

    Bobi zallatga nomdor o’lo’ay.

    Ikki olamda bul mazallat kin,

    Qobili qahri kirdikor o’lo’ay.

    Botini xalq ichida erdi ola,

    Zohiri dahr aro pifor o’lo’ay.

    To abad naqdi la’natu nafrin,

    Jami avqotio’a nisor o’lo’ay.

    Maxmur va Fazliy o’rtasidagi bu qarama-qarshilik shaxsiy adovat yoki o’zaro kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan emas, albatta. Fazliy bilan Maxmur o’rtasidagi o’zaro tanqidni feodal-klerikal adabiyot bilan... ilo’or, demokratik yo’nalishdagi adabiyot o’rtasidagi keskin va printsipial ziddiyatning bir ko’rinishi deb hisoblash kerak.

    Maxmurning tanqidiy va hajviy she’rlari orasida uning «aylading» radifli munojat she’ri ayniqsa diqqatga sazovordir. Odatda, munojatlarda tangri nomiga maqtovlar aytilsa, uning sifatlari yoz etilar edi. Maxmurning bu she’ri esa o’azab, shikoyat va nolishlarga to’la. (Maxmurning bu she’ri esa) U tangri nomiga xitob qilib, she’r yozadi:

    Dar panohi zilli altofi gu, ey parvardigor,

    Mo za lilu, xoru, zoru, xoksoru bemador,

    Jurmi osiylar uchun fayzingni boron aylading.

    (ma’nosi: Sening lutflaring panohida, ey parvardigor, biz tubanlashtirilganmiz, xormiz, zormiz.

    Tuproq bilan barobar qilinganmiz, madorsizmiz, gunohkorlarga ularning jinoyatlari uchun yaxshiligingni yoo’dirding).

    Maxmur ijodi uchun xarakterli bo’lgan bu muxammasda shoirning qo’revolyutsiyaqmas, dadil fikrli kishi ekani, uning o’z zamonasidagi tengsizlik huquqsizlik, zulm va xo’rliklardan nihoyat darajada bezor bo’lib, qattiq qahr-o’azab bilan shu she’rni yozadi.

    Maxmurning mashhur she’rlaridan bir «hapalak». (aniqroo’i «dar sifati qishloqi Hapalakki ba Maxmur taalluq yofta) nomli o’azalidir. Bu o’azal nihoyatda o’tkir va real yozilganligi sababli Maxmur zamonasidagi qishloqlarning xarobaligini va undagi aholining xon va beklar zulmi ostida ezilib yotganini aks ettirib, xalq manfaatini himoya (qilayotganini aks) qiluvchi bu holga, bir tomondan, o’oyat achinadi, ikkinchi tomondan esa oo’ir ahvolni engillashtirish maqsadida xondan adolat, iltifot qilishni talab etadi. Оquvchi ko’z o’ngida Hapalak qishloo’i «bir kapa, ikki kapa, uch olachuq, to’rt katalak»dan iborat ekanligi namoyon bo’ladi:

    Dema ey, balki zamindandur, agar kirsa kishi,

    Har taraf betiga urgaylar aning ko’rshapalak.

    Ya’ni qop-qorono’i erto’ladan boshqa narsa emasli zo’revolyutsiya achinish hosil qiladi. Bu tasvirlan ma’lumki, Hapalak qishloo’i X1X asrning birinchi yarmiga kelib, amaldorlarning zolimligi, hokimlarning lak-lak soliqlari tufayli xarobazorga va chordevorga aylangan:

    Xalqini ko’rsang agar o’lsa-yu qoqu xarob,

    Ochligidan egilib qomati misli kamalak...

    Ajrio’ tomirini o’o’urida mayda tuyub,

    Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

    Shunday qilib, Maxmur Hapalak qishloo’ining o’oyat achinarli manzarasini, undagi aholining nihoyatda qashshoqlik bilan azob chekib yashashini, suvsizlikdan qiynalishini tasvirlaydi.

    Maxmur tasvirlagan Hapalak o’sha davrdagi qishloqlarning tipik misolidir. Garchi adabiyotdagi tipiklashtirish masalasini

    hozir biz ko’zda tutayotgan tushuncha darajasida chuqur anglamagan bo’lsa, ham, ammo u mazkur asari bilan o’z tushunchasi doirasida X1X asrning birinchi yarmidagi qishloqlar ahvolini umumlashtira olgan edi. (Antologiya-3 tom, 198-bet).

    Shoirning xuddi shu mavzudagi asarlaridan biri «Ta’rifi viloyati Qurama va az devoni Kandir tuzashtan» nomli muxammasidir. Bu asar o’ziga xos xarakteri bilan, sayohatnoma janri xususiyatiga egadir. Chunki unda avtor o’zining «Qirovchi» va «Dashti qiyomat» cho’lini bosib o’tganini, «Qandir» davonidan oshgani va nihoyat, «Qurama» viloyatiga safar qilganini, «yo’l azobi-Go’r azobi»ni chekkani hamda bu sayohatdan olgan taassurotlarini yozadi:

    Samado, saqla digar bora Qirovchi yo’lidin,

    Solma yozimga ani ashti qiyomat cho’lidin.

    Talx kom aylama lutfing bila Achchiq ko’lidin,

    Shikvagar, to bo’lmayin qumi Qaroqchi cho’lidin,

    Bir yurib yo’lida, ming cho’kma saroyi Qurama.

    Bundan ko’rinadiki, Maxmur Quramaga etguncha ko’p joylardan o’tgan

    Ammo ularning birortasi ham obod bo’lmagan. Qurama esa xaroba va vayrona, suvsiz va noobod joy bo’lib, u ham Hapalak tipidagi qishloqlardan bir edi:

    Turfa shahrekiy aning sar-sari monandi samum,

    Kuydirar shiddati sarmosi xaloyiqni chu mum.

    Har taraf anda olib xayli balo favji hujum,

    Suvi zahrobai o’am, chashmalari ayni zaqum.

    Hosili mahsuli ofoti baqoyi Qurama.

    Feodalizm-hukmronligi sharoitida mamlakatda vayrongarchilik kuchaygan, suo’oriy inshoatlari bino qilinmas, butun boshli qishloqlar, viloyatlar tabiat stixiyasi oldida ojiz edi. Qurama viloyati dehqonlarining ahvoli Hapalak dehqonlarining ahvolidin engil bo’lmagan. Chashmalari zaqqumdan iborat bu viloyatning suvga zorligini ifodalab, shoir «To’la qatroni jahannam hamma soyi Qurama», deb yozadi. Shoir badiiy tasvirga mohir. M: u Kadir dovonidan qish vaqtida o’tmoqchi bo’lgan kishini sovuq shunday qiynaydiki, u odam yo’lida do’zax uchrab qolsa ham, xuddi bir pari tal’at mahbubni ko’rganday quchoo’iga tortar edi, kabi kontrastlar, mubolao’alarni ustalik bilan ishlatadi.

    Chillayu qishda kim ul kilsa Kondirga yurush,

    Aylagay ul kishi beshak jo’li astarni badush,

    Olo’ay andin asari shiddati sarmo dilu xush,

    Ul zamon do’zax agar bo’lsa qilur dar oo’ush.

    Misli mahbubi pari tal’ati mohi Qurama.

    Maxmur «Aylading» radifli muxammasida asosan dono kishilar, ilm-hunar ahlining feodal qulligi zanjiri ostida oo’ir hayotini tasvirlaydi.

    X1X asrda Qo’qon xonligida boshqa joylardagi kabi mehnatkash dehqonlar ochlik, yalano’ochlik, qashshoqlikda yashar edilar. Xonlar va beklar ularni xohlagancha talar edi. Bu haqda kichik bir voqea ham guvohlik berib turadi:

    Qo’qon atrofida uchta qishloq bor. Ularning nomlari Elash, To’lash, Tovush (Topish) deb atalgan. Ilgari bu qishloqlar boqqacha nomlar bilan atalar ekan. Bir mahal xonning oilasi shu qishloqlar tomoniga qumga tushgani boradi. Shunda xon xotinlaridan birining isiro’asi qumga tushib ketib yo’qoladi. Xon uchala qishloqning aholisiga shu isiro’ani axtarib topishni byuuradi. Aks holda ulardan katta soliq undirib olinishini aytadi. Bu qishloqlarning xalqi qumloqlarga chiqib, isiro’ani axtara boshlaydilar. Ular butun qumloqdagi qumlarni birma-bir elab chiqadilar. Bir qishloq aholisi isiro’ani topa olmasligini ishongach, soliqni to’lashga majbur bo’ladi. Shundan so’ng bu qishloq «To’lash» deb atalgan. Ikkinchi qishloq aholisi esa hamon qumlarni elash bilan masho’ul edi. «Elash» deb ataydilar. Uchinchi Qishloq aholisi esa isiro’ani axtarib topadi. Sh/u bu qishloqni Tovush (Topish) deb ataganlar. Xonlarning xalq ustidan hukmronligi ularni xohlaganlaricha zulm iskanjasida tutganlari shundan ham ko’rinib turibdi. Maxmur tasvirlagan Hapalak qishloo’i, Qurama xalqi ham ana shunday fojialarga duch kelgan joylar edi.

    Shoirning bizgacha etib kelgan satirik merosida shahar va qishloqlarni vayron va chordevorga aylantirgan, aholisining esa qashshoqlik va yalono’ochlikka giriftor etgan hokim tabaqalarning tanqid ostiga olinishi alohida o’rin tutadi. Bu asarlar xon va vazirdan boshlab, beklar begi, oo’aliq, mehtar, xazinachi, munshi kabi amaldorlarni, qozi, mullo, hoji kabi din arboblarini, tabib va saroy shoirlarini tanqid qilishga, ularning zolimligi, fosiq va ahloqiy buzuqligi, nodonligi va poraxo’rligi, hiylakorligini ochib tashlashga bao’ishlangan.

    Bu maqsadni amalga oshirishda shoir turli uslublarni qo’llaydi: goh qahramon sifatini uning hatti-harakati orqali fosh etadi, goh ularning o’zlarini so’zlatish bilan tanqid qiladi:


    «Lar hajvi Xuja Mir Asad», «¢azali qozi Muhammad Rajab»,


    «Dor sifati Hakim Turobiy hazar xalta» va b.

    Maxmur «Dar sifati Hakim Turobiy hazar xalta» she’rida xalqni aldovchi ilmsiz, johil tabibni fosh qiladi. Feodal tutqunligi ostida yashovchi mehnatkash xalq antisanitar sharoitda, ochlik, yalangochlik bilan turmush kechirgan va eng oddiy meditsina xizmatidan ham mahrum bo’lgani shubhasizdir. Maxmur xalqni davolashdek sharafli vazifani pul topish vositasiga aylantirgan, davolash o’rniga kasallarni o’ldiradigan savodsiz, johil tabibni tasvirlashga kirishar ekan, o’quvchiga bu tabibning salomiga la’nat bilan javob berish kerakligini uqtirib, uni quyidagicha xarakterlaydi: (Antologiya Sh tom 207-bet ( 1).

    Shoirning aytishicha, Hakim Turobiy hazar xalta qalbaki usullar bilan xalqni aldab, o’zi tushunmagan holda har turli «dor»larni notob kishilarga beraveradi va shunday qilib, ularning o’limiga sababchi bo’ladi: (Оsha asar 208-bet (2).

    Ana shunday johil va nodon shaxs shaharning katta tabiblaridan hisoblanadi. Maxmur bu tabibning qilmishlarini uning o’z tilidan yozilgan bir she’rida, ayniqsa, zo’revolyutsiya mahorat bilan ochib tashlaydi: (Оsha asar 209-bet (3). Shoir hakim Turobiy xaloyiqning bir jallodi ekanligini ko’rsatib, uning tilidan bunday deb yozadi: (4)

    Feojalizm jamiyatda din ekspluatatorlar sinfi qo’lidagi asosiy qurollardan biri bo’lib, bu qurol orqali u keng mehnatkashlar ommosini johillik va qorono’ulikda tutar edi. Din ahllari ekspluatatorlarga xizmat qilar, ularga o’z zulm va talonchiligini keng ravishda davom ettirishga yordamlashar o’zlari ham xalq ommasini o’shalar bilan qo’shilib talar edilar.

    Maxmur hajviy she’rlarining ko’pi an shunday «shariat homiylari qozilarni tanqid qilishga bao’ishlangan. Qozilar mamlakatda hukm chiqaruvchi va jazolovchi organlarni boshqarar va feodalizm tartiblarini himoya qilar, shariat qonunlarining amalga oshirilishini nazorat qilib turar edilar. Ular yirik feodallar huquqini himoya qilib, mehnatkash aholining feodalizm tartibidan noroziligini har turli hiylalar bilan bosib turishga intilar edilar. Maxmur ana shunday qozilar to’o’risida qator tanqidiy she’rlar yaratdi.

    «Avsofi qozi Muhammad rajabi Avj» (Qozi Muhammadrajab Avj sifatlari) she’ri shu jumladandir.

    Bu she’r Muhammadrajab qozini fosh etuvchi ikkinchi bir she’rning muqadimmasidir. Uning so’ngidan qozining o’z tilidan aytilgan ikkinchi bir she’r boshlanadi. Bu she’rda qozi o’z turmushi, shubhali ishlari haqida o’zi himoya qiladi.

    She’r boshida qozini kishilar ko’ziga vahimali qilib ko’rsatuvchi salla uning muttahamligini, iflos kirdikorlarini xalq ko’zidan yashirib turuvchi vosita ekanini Maxmur qozining o’ziga iqror qildiradi:

    Gohkim boshimda sallam bo’lmasa, uldam qarab,

    Rasmi rohi tuhmatu shaltoq kirdorimni ko’r.

    So’ngra qozining o’z mansabidan foydalanib, xalqni talash orqali qo’lga kiritgan boyligi to’o’risida so’z boradi. Bu qozining ochko’z, tekinxo’revolyutsiya, xalqni talash hisobiga yashovchi unsur ekanini ko’rsatib, shoir qozining tilidan shunday deydi. (Antologiya 202-bet).

    Shoir an shunday kuchli ifodalarda bu qozining tepsa tebranmas, ochko’zligini o’azab bilan fosh etib tashlaydi. Unga xalqning la’natlarini yo’lladi. Shu bilan birga, shoir bu qozining tasvirini tasvirini mubolao’a to’la misralarda yuayon qilib, uning karikaturasini chizib beradi: (Antologiya 200-bet (1).

    Shoir tanqid qilinuvchi qozining bo’yini «osmonga ustun» bo’ladigan darajadagi terak kabi uzunligini, uning har ikki oyoo’ining barmoo’ini kesib, Amudaryo va Sirdaryoga ko’proq yasash mumkin ekanligini aytadi. Bu mubolao’a ancha orginal bo’lib, shoirning hajv ob’ektiga nisbatan cheksiz nafratini bildirib turadi.

    Maxmur karikaturasini davom ettirib, qozining savlatini bunday tasvirlaydi: (200-bet (2).

    Qozilarning tashqi ko’rinishlarini shoir an shunday masxarali tasvirlaydi. Achchiq kulgi, kinoya, istehzo, o’azab shoirning ana shunday shaxslarga nisbatan yozgan she’rlarida ko’p uchraydi.

    Shoirning «Dar sifati qozi xo’ja sagbon» (It boqar qozi sifati to’o’risida) deb yozilgan she’ri xarakterli.

    Itlar ichida yurib, qozining ham itlarning odatini o’rganganini, ya’ni it kabi hurajagini shoir «bular afo’on gar etsa, men huraman» degan misra orqali ifodalaydi.

    She’rda qozining jirkanch qiyofasi, jamiyat hayotidan ajralib qolgan hayvon qatori kishi ekani juda real tasvirlanadi.

    Aslimi harchand odamzod derlar asli om,

    Banda derlar kuchuku so’zimni yolo’on deb xama...

    Nega kim men ham bajon itlarga boshu rahnoma

    Kecha-kun mendin ayurmaslar padarxon deb hamo.

    Ishimizdur bir tubanda, bir yaloqda boshimiz,

    Bir katakda etamiz yo’ldoshu yoron deb hamo...

    Maxmur satirasi faqat ayrim qozilar, boylar, xon amaldorlarigagina qarshi qaratilib qolmay, hatto xonlarning ham xalq ustidan yurgizgan qonli siyosatini qattiq qoralagan edi. Bu jihatldan uning Qo’qon xoni Olimxon vafotiga yozgan ikki she’ri, ayniqsa diqqatga sazovordir. Ma’lumki, o’zining mehnatkashlar boshiga solgan oo’ir kulfat va azoblari, haddan oshgan zulmi evaziga xalq tomonidan «Zolimxon» degan laqabni olgan edi. Ana shu Zolimxonning zolimligi va qonxo’rligi Maxmurning «Dar sifati amir Olimxon, tarixi o’! Deb yozilgan she’rida aniq ko’ga tashlanib turadi.

    Maxmur bu xonning zulmini va u hukmronlik qilgan davrdagi xalqning oo’ir va musibatli turmushini tasvirlab, bunday deb yozadi:

    Shohki, xislati o’ ma’ruf bud, ma’lum,

    Sangdon zi haybati o’ megasht ob chun mum.

    Dar davri revolyutsiyao’zo’orash on qohiri yagona,

    Budand xalqi olam payvasta zoru mao’mum.

    Tarjimasi:

    Podshohkim uning xislati bilingan va ma’lum edi, Uning Xaybatidan sangdon mum kabi erib ketar edi. U yagona yozuvchining davrida olam xalqi, butkul zorlik va o’amginlikda edi.

    Xalqning Olimxon zulmi ostida ovqat o’rniga zahar-zuqqum eganini shoir quyidagi misralarda tasvirlaydi.

    Dar ahdi o’rkoe har luqmaski mexo’rd,

    Bud on taom bar vay monandi zahri zaqqum, ya’ni

    Uning zamonida aholi qanchaki luqma egan bo’lsa, o’sha taomlarning hammasi aholi uchun zahar-zaqqum edi.

    Maxmur bunday zolimning jazolanishini istar, garchi uni kuch bilan ao’darib tashlash kerakligini mutlaqo tushunmasa-da, podshoh o’z jinoiy kirdikorlariga yarasha jazo tortishi kerak, deb o’ylar edi. Sh/u ham Olimxonning yovuz qilmishlariga yarasha jazo tortganini bunday hikoya qiladi:

    Chun shud ziyoda az had buo’zi sharorati o’,

    Dar boram xaloyiq az avliyo mazmum.

    Nogoh qahri yazdon gardid musallati o’,

    Yakbora soxt o’ra az mulku choh maxrum, ya’ni

    U va uning hokimlarining xalkk nisbatan yovuzlik alangasi haddan oshib ketgandan so’ng, to’satdan xudoning qahri uning ustiga yopirilib, birdan mulk va podshohlikdan mahrum qildi.

    Bu she’r, bir tomondan, zolim podshohning yovuz qiyofasini olib bersa, ikkinchi tomondan, boshqa zolimlarni ham o’z zulmiga yarasha jazo tortishidan ogohlantiradi. Bu fikrini shoir Olimxonning barcha shohlik davlati, askar va dabdabadan ayrilganini tasvirlash orkali beradi:

    On lashkaru zalodast, on nusratu saodat

    Dar yak nafas tamoman mavhum gasht, ma’lum.

    Az shahri shosh omad zamon ro’yi bahri Sayhun,

    Boyak tufang nogoh ma’lum gasht mavhum.

    Tarjimasi: U lashkar va dabdaba, u o’alaba va saodat , Bir nafasda butunlay ishochsiz bo’ldi va yo’qolib bitdi. Shosh (Toshkent ) shahridan, Sirdaryo yoqasidan kelayotganda, bir to’fang o’qi bilan to’satdan yo’qolib, yo’q bo’lib ketdi.

    Maxmur bu she’rida Olimxon vafotiga ta’rix yozadi. Maxmurning Olimxonga bo’lgan munosabatini aniqlash maqsadida uning bu podshoh vafotiga yozgan ikkinchi bir boshqa kichik she’rini ham keltirish mumkin. Bu she’r «Ta’rixi luvvumi amir Olimxon» (Amir Olimxonning ikkinchi tarixi) deb ataladi:

    Podshoheroki darei sifatash koftam,

    Tsuz xirod chize nadidam ruy az ona bartoftam.

    Lek ba’daz maqtali o’ dar siyohi nomaash

    «Zolimi mardum» tarixi vafotash yoftam. Tarjimasi:



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»

    Download 0,59 Mb.