- rasm. UE sxemada ulangan ВТ asosidagi kuchaytirgich sxemasi




Download 0,76 Mb.
bet2/8
Sana22.05.2024
Hajmi0,76 Mb.
#250662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA

5.1- rasm. UE sxemada ulangan ВТ asosidagi kuchaytirgich sxemasi


Kuchaytirgich kaskadning kirish kuchlanishi miqdorga o‘zgardi deb faraz qilaylik. Bu baza tokining ortishiga olib keladi. Tranzistorning emitter va kollektor toklari hamda kaskadning chiqish kuchlanishi orttirma oladi. Shunday qilib, kirish kuchlanishi (toki)ning har qanday o‘zgarishi chiqish kuchlanishi (toki)ning proporsional o‘zgarishiga olib keladi. Qiymat jihatdan ushbu o‘zgarishlar kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti bilan aniqlanadi.
Kichik signal rejimida kuchaytirgich kaskad kirish va chiqish qarshiliklarini, kuchaytirish koeffitsiyentini hisoblash uchun ekvivalent sxemalardan foydalanish qulay. Bunda tranzistorlar ekvivalent modellari orqali ifodalanadi. Elektr modellar qulayligi shundaki, tranzistorlar kuchaytirish xususiyatlari tahlili, ayniqsa, kichik signal rejimida, elektr zanjirlar nazariyasi qonuniyatlari asosida o‘tkazilishi mumkin. Tranzistorlar uchun bir qancha ekvivalent modellar va parametrlar tizimi taklif etilgan. Ularning har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega.
Barcha parametrlarni xususiy (yoki birlamchi) va ikkilamchilarga ajratish mumkin. Xususiy parametrlar tranzistorning ulanish usulidan qat’i nazar fizik xususiyatlarini xarakterlaydi. Ikkilamchi parametrlar tranzistorning fizik tuzilmasi bilan bevosita bog‘lanmagan va turli ulanish sxemalar uchun turlicha bo‘ladi.
Birlamchi asosiy parametrlar bo‘lib tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti , emitterning , kollektorning va bazaning o‘zgaruvchan tokka qarshiliklari, ya’ni ularning differensial qiymatlari xizmat qiladi. qarshilik EO‘ qarshiligi va emitter soha qarshiligidan, qarshilik esa KO‘ qarshiligi va kollektor soha qarshiligi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Emitter va kollektor sohalar qarshiligi o‘tishlar qarshiligiga nisbatan juda kichik qiymatga ega bo‘lgani sababli ular e’tiborga olinmaydi.
Ikkilamchi parametrlarning (h va y-parametrlar) barcha tizimi tranzistorni to‘rt qutbli sifatida ifodalashga asoslanadi.
UE ulangan kuchaytirgich kaskadning eng muhim parametrlarining qiymatlari 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval












Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. UE sxemada ulangan ВТ asosidagi kuchaytirgich sxemasi

Download 0,76 Mb.