Universiteti elektronika va avtomatika fakulteti analog va raqamli sxemotexnika
KURS ISHI NAMUNA
Kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti va boshqa parametrlari faqat temperatura o‘zgarishlariga emas, balki boshqa uyg‘otuvchi ta’sirlarga ham bog‘liq. Bundaylar ta’sirlarga kuchlanish manbai, yuklama qarshiligining o‘zgarishi va shunga o‘xshashlar kiradi. Bu o‘zgarishlami kuchaytirgich nolining o‘zgarishi tushunchasi bilan ifodalash qabul qilingan. Tashqi ta’sirlar sokinlik tokini o‘zgartirib kuchaytirgichni berilgan ish rejimidan chiqaradi. Bu ayniqsa, A sinf rejimi uchun xavfli, chunki tranzistor xarakteristikalarni nochiziqli sohasiga chiqarishi mumkin, bu esa nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentining oshishiga olib keladi. Shu sababli kuchaytirichlarni loyihalashda sokinlik rejimini barqarorlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Kaskad sokinlik rejimini barqarorlashning uchta asosiy usuli mavjud. Termokompensatsiya va parametrik barqarorlash usullari barqarorlikni buzuvchi omillardan faqat birini kompensatsiyalaydi. Bir kaskadli yoki ko‘p kaskadli kuchaytirgich parametrlarini barqarorlashning universal usuli teskari aloqa zanjirlarini kiritishdan iborat. Kuchaytirgich xarakteristika va parametrlarini yaxshilash uchun ataylab teskari aloqa kiritiladi. Yuklama toki bo‘yicha manfiy teskari aloqa (TA)ga ega kuchaytirgich kaskad sxemasi 5.2-rasmda keltirilgan bo‘lib, u mahalliy manfiy TAga ega. Temperatura o‘zgarganda tranzistorning sokinlik rejimini ta’minlovchi manfiy ТА kuchaytirgichning emitter zanjiriga RE rezistor kiritilishi bilan tashkil etilgan. Emitter toki rezistor orqali oqib, kuchlanish pasayishini hosil qiladi. Bu kuchlanish kirish kuchlanishiga teskari ta’sir etadi. Shu sababli, EO‘ga ta’sir etayotgan kuchlanish kamayib ga teng bo‘lib qoladi. Natijada, ushbu kaskad yuklama toki bo‘yicha ketma-ket manfiy ТА bilan ta’minlanganiga ishonch hosil qilamiz. Download 0,76 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Universiteti elektronika va avtomatika fakulteti analog va raqamli sxemotexnika
|