|
-rasm. Mahalliy manfiy TAli kuchaytirgich kaskad sxemasi
|
bet | 4/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #250662 |
Bog'liq KURS ISHI NAMUNA5.2-rasm. Mahalliy manfiy TAli kuchaytirgich kaskad sxemasi
Diskret komponentlar asosida tayyorlangan kuchaytirgichlarda ning kamayishini oldini olish uchun CE kondensator kiritiladi. Bu kondensator o‘zgaruvchan tok bo‘yicha (ya’ni signal bo‘yicha) RE ni shuntlab, manfiy TAni yo‘qotadi. Bunda kaskad parametrlari ilgari ko‘rilgan ekvivalent sxemalar va formulalar asosida topiladi.
Umumiy kollektor ulangan kuchaytirgich kaskad (emitter qaytargich). Emitter qaytargichning prinsipial sxemasi 5.3-rasmda keltirilgan. Emitter qaytargichda chiqish signali ТА signaliga teng bo‘lgani uchun u chuqur (100 %li) ketma-ket manfiy TAli kaskad hisoblanadi.
Kuchaytirgich kaskadda tranzistorning kollektori o‘zgaruvchan tok bo‘yicha qarshiligi juda kichik kuchlanish manbai EM orqali yerga ulangan. Bunda kirish kuchlanishi baza bilan kollektorga ulangan, chiqish kuchlanishi esa tranzistorning emitteridan olinadi. Shunday qilib, kollektor elektrodi kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy nuqta bo‘lib qoladi, sxemani esa UK ulangan sxema deb hisoblash mumkin.
5.3-rasm. Emitter qaytargichning prinsipial sxemasi
UK ulangan kaskadda chiqish kuchlanishi fazasi kirish kuchlanishniki kabi bo‘ladi. Kirish kuchlanishi musbat orttirma olganda, baza toki ortib emitter tokining ortishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida RE qarshilikdan olingani uchun uning qiymati ham ortadi. Kirish kuchlanishiga manfiy orttirma berilganda chiqish kuchlanishi ham manfiy orttirma oladi.
Shunday qilib, chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishini ham amplituda, ham faza bo‘yicha qaytaradi. Shu sababli UK ulangan kuchaytirgich kaskad emitter qaytargich deb ataladi. Bu kaskadning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti qiymat jihatidan birga yaqin bo‘lishiga qaramasdan, qaytargich kuchaytirgichlar oilasiga kiritiladi.
Emitter qaytargich kaskad yuqori qarshilikli signal manbalarini kichik Omli yuklama bilan moslashtirish uchun eng qulay hisoblanadi (RKIR - yuqori qiymatga ega, RCHIQ - kichik, KI - yuqori qiymatlarga ega).
Ko‘p hollarda RKIR kirish qarshiligini kattalashtirish masalasi turadi. Diskret sxemotexnikada bu masala RE rezistorning qiymatini oshirish yoki ning qiymati katta bo‘lgan tranzistordan foydalanish bilan hal etiladi. Lekin bu usullarning birinchisi, sokinlik rejimida ilgarigi tok qiymatini saqlab qolish uchun, kuchlanish manbai EM ning kuchlanishini orttirish zarurligi bilan cheklangan. Integral sxemotexnikada RE rezistor o‘rniga emitter zanjirdagi I0 barqaror tok generatoridan (5.4-rasm) yoki
Darlington sxemasi asosida tuzilgan (5.5-rasm) tarkibiy tranzistorlardan foydalaniladi.
|
| |