|
Universiteti farg’ona filiali
|
bet | 6/7 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #158853 |
Bog'liq It mutaxasisligiLoyihalashtirish. Loyihalashtirish oldindan belgilangan xususiyatlarga ega “ob’ektlar”ni tayyorlashga ixtisoslikni tayyorlashdan iboratdir. Ixtisoslik ostida zaruriy hujjatlar-rasm, izohli yozuv va x.k.ning butun majmuasi tushuniladi. Bu yerda asosiy muammolar - ob’ekt “haqidagi” bilimlarning aniq tarkibiy bayonni olish va “iz”ning muammosidir. Samarali loyihalashtirish va yanada ko’proq darajada qayta loyihalashtirishni tashkil qilish uchun nafaqat loyiha qarorlarini o’zini balki ularni qabul qilish sabablarini shakllantirish zarur. Shunday qilib loyihalashtirish vazifalarida tegishli ET doirasida bajariladigan ikkita asosiy jarayonlar: xulosalarni chiqarish jarayoni va izohlash jarayoni yaqindan bog’lanadi.
Rejalashtirish. Rejalashtirish ostida ba’zi bir vazifalarni bajarishga qodir ob’ektlarga tegishli harakatlar rejalarini topish tushuniladi. Bunday ETda rejalashtirilayotgan faoliyat natijalarini mantiqiy chiqarish uchun haqiqiy ob’ektlar xulqi modelidan foydalaniladi.
Monitoring. Monitoringning asosiy vazifasi vaqtning haqiqiy qo’llashida ma’lumotlarni uzluksiz interpritatsiyalangan va u yoki bu o’lchamlarni yo’l qo’yiladigan chegaradan tashqariga chiqishi haqida xabar berishdir. Asosiy muammolar tashvishli vaziyatni “o’tkazib yuborish” va “yolg’ondan” ishlab ketishning inversli vazifasidir. Bu muammolarni murakkabligi tashvishli vaziyatlar alomatlar (simptom)larini emirilib ketishi va vaqt kontekstini hisobga olishning zaruriyatidan iborat.
Bashoratlash. Loyihalashtirilayotgan tizimlar berilgan vaziyatlardan ehtimol bo’lgan oqibatlarni mantiqan keltirib chiqaradi. Loyihalashtirilayotgan tizimda odatda parametrik dinamik modeldan foydalaniladi, unda parametrlarning ma’nosi berilgan vaziyat ostiga to’g’rilanadi. Ushbu modeldan chiqarilayotgan natijalar ehtimollik baholarga ega bashoratlar uchun asosni tashkil qiladi.
O’qitish tizimi qandaydir fanni EHM yordamida o’rganishda xatolarni diagnostikalaydi va to’g’ri qarorlarni aytib beradi. U gipotetik “o’quvchi” va uning o’ziga xos xatolari haqidagi bilimlarni jamlaydi, keyin ishlashda o’qiyotganlar bilimlaridagi kuchsiz joylarni diagnostikalash va ularni bartaraf qilish uchun tegishli vositalarni topishga qodir. Bundan tashqari ular bilimlarni uzatish maqsadida o’quvchining muvaffaqiyatlariga ko’ra o’quvchi bilan muloqot qilish hujjatini rejalashtiradilar. Umumiy holda, bilimlarga asoslangan barcha tizimlarni tahlil vazifasini echuvchi tizimlar va sintez vazifasini echuvchi tizimlarga bo’lish mumkin.
Tahlil vazifalarining sintez vazifalaridan asosiy farqlari quyidagilardan iborat: agar tahlil vazifalarida ko’pchilik echimlarni sanash va tizimga kiritish mumkin bo’lsa, unda sintez vazifalarida echimlarning ko’pchiligi potentsial tarkibiy qismlari ning echimlaridan yoki muammo ostida quriladi.
|
| |