8
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan
referatlar tayyorlash va
uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
2. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
axborot, uni saqlash usullari,
qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining matematik va
dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo‘llash xususiyatlari,
kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari va xususiyatlari
haqida tasavvurga ega
bo‘lishi;
yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni,
dasturlash texnologiyalarini,
tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini tuzish,
obyektga
yo‘naltirilgan dasturlash konsepsiyalari,
inkapsulyasiya, vorislik,
polimorfizm qoidalarini
o‘rganish va amaliy masalalarni ular yordamida yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
tatbiqiy masalalarni yechish algoritmini tuzish, matematik (kompyuter)
modelini qurish va
uning dasturiy ta’minotini yaratish, chiziqli ro‘yhatlar hosil qilish, strukturada berilganlarni jamlash
va ko‘rsatkichlar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishi kerak.
3.
Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
individual topshiriqlar;
guruhlarda ishlash;
real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;
loyiha ishi bajarish;
mustaqil ishlarni bajarish
4.
Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, kichik amaliy masalalarni
yecha olish, mustaqil ravishda metodlar, strukturalar yarata olish va joriy, oraliq nazorat shakllarida
berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.