Mashg’ulot turi
Baxolashlar soni
Amaliy
1 marta
Tajriba
1 marta
Mustaqil ta’lim
1 marta (referat)
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 1 ta nazariy
savolga yozma ish javobi
bahosi (baholash mezonida nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv
mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo’yiladi.
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va
amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash
mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o’tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy(yoki nazariy)
Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi,
ijodiy fikrlay oladi,
mustaqil mushohada yuritadi,
olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi,
ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5
(a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha
tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi,
ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3
(qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan
(mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan
baholanadi.
Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat, Fizika matematika fakulteti fakultet dekani tomonidan ishlab
chiqilgan (o’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish
jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.
10
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini
baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi
tomonidan amalga
oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy
nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan nazorat turlarini o’tkazilish tartibi
buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining
natijalari bekor qilinishi
hamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin.
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq
nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz)
baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha
«2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda
ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi
asosida ruxsat beriladi.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o’ta
olmagan
taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi.
Komissiya tarkibi tegishli
fan bo’yicha professor-o’qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani baholash
mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan muddat davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo’yicha
fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig’ini, filial direktorini)
xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug’i asosida kursdan
qoldiriladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan
vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan
apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasi tomonidan
2 kun ichida ko’rib chiqiladi. Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok
etish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning
natijasi bo’yicha ushbu semestrda fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatilib
qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5»
(a’lo) baho
bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Tuzuvchi X. E. Abdikarimov