|
Korxona va tashkilotlar bilan tanishish
|
bet | 4/6 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 2,74 Mb. | | #261683 |
Bog'liq Bobojonov Shahzod
3-kurs 211-guruh talabalari ishlab chiqarish amaliyotimiz umumiy davom etish davri 3 haftani tashkil etib shu 3 hafta davomida bitta tashkilotga biriktirildik. Men biriktirilgan tashkilot “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi davlat kadastrlari agentligi Amudaryo tumani bo’limi” korxonasida amaliyot oʼtashim kerak edi. Аmaliyot 13.05.2024 yildan 1.06.2024 yilgacha qadar shu ekspeditsiyasida koʼnikmalarimni oshirishim kerak edi.
2024-yil 13-may kuni biz umumjamoa bilan dastlab universitetga yig‘ildik, amaliyot davrida bajariladigan ishlarni rejalashtirib texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish to‘g‘risidagi yo’riqnoma bilan tanishib unga imzo chekdik.
13.05.2024 yil kuni men “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi davlat kadastrlari agentligi Amudaryo tumani bo’limi”ga yetib bordik u yerda meni X.Aminov kutib olishdi. Majlis o’tkazib tashkilot ichki tartib qoidalari hamda amaliyot davridagi qilinadigan ishlar to’g’risida tushuntirish ishlari olib borishdi va shu kundan amaliyot o’tash jarayoni boshlandi.
II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DAVLAT KADASTRLARI AGENTLIGI AMUDARYO TUMAN BOSHQARMASI
2.1 Kadastr agentlikning tuzilmasi
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Agentlikning Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar);
Agentlikning tuman (shahar) bo‘limlari;
Davlat kadastrlari palatasi;
Respublika aerogeodeziya markazi;
Davlat kartografiya-geodeziya fondi;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi;
“Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji.
Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita agentlikka bo‘ysunadi.
Agentlikning rasmiy nomi to‘liq nomi — o‘zbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, qisqartirilgan nomi — kadastr agentligi
Kadastr Agentligi maxsus belgisi.
|
| |